Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Seans darajasi
- Ifodalashni boshqarish
- Amaliy daraja
Transport (jo‘natish) darajasi. Birinchi uch daraja ko„plab
foydalanuvchilar jamoa bo„lib ishlashi mumkin bo„lgan umumiy tarmoqni tashkil etadi. Transport darajasida ma‟lumotlar paketlari tartibi va ularning aloqadorligi nazorat qilinadi. Kompyuterlar o„rtasida almashinuv jarayonida telefon kommutatsiyasiga o„xshash virtual aloqa ta‟minlanadi. Seans darajasi. Ayrim hollarda foydalanuvchilar o„rtasida aloqalarning ko„pligi sababli, bunday jarayonni tashkillashtirish murakkab bo„ladi. Bunday murakkabliklarni bartaraf etish uchun bu darajada ma‟lumotlar paketlarini uzatish va qabul qilish, seansni www.ziyouz.com kutubxonasi 17 o„rnatish va tugatish jarayonlari standartlashtiriladi. Seans darajasida kompyuterlar o„rtasida virtual aloqa telefon aloqasi kabi o„rnatiladi va tugallanadi. Ifodalashni boshqarish. Bu daraja dasturiy vositalari, agar formatlar bir biridan farq qilsa, ma‟lumotlarni uzatayotgan kompyuter ichki formatidan qabul qiluvchi kompyuter ichki formatiga almashtirish amalini bajaradi (masalan, IBM va DEC). Bu daraja o„z ichiga ma‟lumotlarni kodlash, foydalanilayotgan belgilar to„plami funksiyalari va displey ekranida yoki chop qilishda ma‟lumotlarni ifodalash usullarini oladi. Bulardan tashqari, uzatilayotgan ma‟lumotlarni siqish va ochish ham amalga oshiriladi. Amaliy daraja yuqori amaliy va tizim darajalarida foydalanuvchilarni qo„llashni ta‟minlovchi funksiyalarga kiradi. Masalan: umumiy tarmoq manbalariga kirishni tashkillashtirish: axborotlarga, diskli xotiraga, tashqi qurilmalarga (printer, skaner va h.k.); tarmoqni umumiy boshqarish (tarmoq umumiy manbalariga kirishni chegaralash, konfiguratsiya, nosozliklardan so„ng ish qobiliyatini tiklash, samaradorlikni boshqarish); elektron xabarlarni uzatish (elektron pochtani ham o„z ichiga oladi); elektron konferensiyalarni tashkillashtirsh; yuqori daraja muloqot funksiyalari. Elektrotexnika va radioelektronika Xalqaro muxandislik instituti (IEEE)da lokal tarmoqlarda ma‟lumotlarni uzatish protokollari uchun standartlar ishlab chiqilgan. Tarmoq kanallari ma‟lumotlariga kirish www.ziyouz.com kutubxonasi 18 usullarini ifodalovchi bu standartlar IEEE 802 nomini olgan. Fizik sohaga ma‟lumotlarni uzatish yaqinligiga qarab, tarmoqlararo bog„lanuvchi protokollarni quyidagicha ajratish mumkin: quyi, o„rta va yuqori daraja protokollari. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling