Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- OSI o‘rta daraja protokollari
OSI quyi daraja protokollari tarmoq apparat vositalari va tarmoq
dasturiy ta‟minoti quyi darajasiga mos keladi. Darajaning keng tarqalgan standartlariga quyidagilar kiradi: NDIS (Network Driver Interface Specificatoin – tarmoq drayverlari interfeysi spesifikatsiyasi), Microsoft va 3 Com firmalari hamkorligida ishlab chiqilgan. ODI (Open Datalink Interface – aloqaning ochiq interfeysi) Novell va Apple Computer firmalari hamkorligida ishlab chiqilgan. Bu standartlar, tarmoq apparat vositalaridan qat‟iy nazar, o„rta daraja protokollarini bajarish imkonini beradi va daraja turli tip protokollarining hamkorlikda bajarilishini ta‟minlaydi. Odatda tarmoq apparat vositalarini ishlab chiqaruvchilar ikkala standartni qanoatlantiruvchi drayverlarni ishlab chiqaradilar. OSI o‘rta daraja protokollari etalon modelning tarmoq, transport va seansli darajalariga ajratiladi. Kompyuterlar o„rtasidagi almashinuv turiga qarab, bu protokollarni quyidagicha tasniflash mumkin: seans protokollari (virtual bog„lanish protokollari); deytagram protokollar. Seans protokollarda uzatishda paketlar tartibi xabarnomaning boshlang„ich tartibiga mos keladi. Uzatish yetkazilganlik haqida xabarni tasdiqlash bilan amalga oshiriladi. Agar jo„natilgan paketlar yo„qolsa, ular takroriy uzatiladi. Deytagram protokollardan foydalanilganda xabarnomalar paketlari bir biriga bog„liq bo„lmagan holda, ya‟ni deytagram ko„rinishda uzatiladi. Shu sababli, har bir xabarnomalar paketini yetkazish tartibi xabarnomaning boshlang„ich tartibiga mos kelmasligi mumkin. Bundan tashqari, xabarnomalar paketlari tasdiqsiz jo„natiladi. Ishonchlilik nuqtai nazaridan, seans protokollari qulay, ammo deytagram protokollardan foydalanilganda uzatish tezligi ancha yuqori. O„rta darajada asosan quyidagi protokollardan foydalaniladi: SPX/IPX protokollar to„plami – Net Ware tarmoq operatsion tizimi boshqaruvida ishlovchi lokal tarmoqlarda qo„llaniladi; Net BIOS va Net BEUI protokollari –IBM firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va faqat lokal kompyuter tarmoqlari uchun mo„ljallangan; www.ziyouz.com kutubxonasi 19 TCP/IP – Internet tarmog„i uchun standart bo„lib, lokal tarmoqlarda foydalaniladi va ko„pgina tarmoq operatsion tizimlarida qo„llash mumkin. OSI modeli o„rta va boshqa darajalariga tegishli bo„lgan protokollarni o„z ichiga oladi. Protokollarning qulayliklari: manzillashning qulayligi, yuqori darajada samaradorligi, o„zi sozlanuvchanligi va hatoliklardan himoyalanganligi, tezkor xotiradan tejamli foydalanish imkoniyatining mavjudligi. Global tarmoqqa nisbatan kamchiliklari: manzillashtirish funksiyalarini qo„llashning mavjud emasligi, samaradorlikning pastligi. TCP (Transmission Control Protocol) protokoli tarmoq darajasi protokoli hisoblanadi va almashinuv virtual kanalini tashkillashtirgan holda ikki kompyuter o„rtasida ma‟lumotlar uzatishning ishonchliligini ta‟minlaydi. Katta hajmli ma‟lumotlarni uzatish uchun bu kanaldan foydalaniladi. IP (Internet Protocol) deytagram protokoli tarmoq darajasi uchun asosiy protokol hisoblanadi va uzatilayotgan xabarnomalar paketini manzillashtirishni ta‟minlaydi. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling