Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)
Matnni formatlash
Matnni formatlash – HTMLning eng sodda va shu bilan birga eng kuchli qismi hisoblanadi. HTML hujjatlarni formatlash va ularga Internet orqali kirish mumkin bo„lishi uchun ishlab chiqilgan. Eng katta yutug„i – bu hujjatlarda gipermurojaat yaratish imkoniyatidir. Matnni formatlashning ko„plab konsepsiyalari sodda: standart sarlavhalar, uzishlar, abzaslar va matn stillari (yarim qalin, og„ma, ostiga chizish). Matnni formatlash uchun bir qator teglardan foydalanish mumkin: ...‚...– sarlavha teglari diapozoni (oralig„i),sarlavha va salavha ostlarini ifodalash uchun qo„llaniladi. – uzish tegi, karetkaning bir marotaba qaytishiga teng, ya‟ni abzasni uzmagan holda yangi satrdan boshlash. ... – abzasni ochish/yopish yordamida belgilash. ... – matnni qo„shimcha formatlash tegi. hoxlaganda foydalaniladigan uzilmaslik tegidan foydalaniladi. Bu HTML 4.0 ga rasman kirmaydi, ammo ta‟minlanadi va keng qo„llaniladi. www.ziyouz.com kutubxonasi 163 ... – matnni yarim qalin ko„rinishda berish tegi. ... – og„ma shriftni berish uchun qo„llaniladigan teg. ... – matnning ostiga chizish uchun teg. Web-bo„g„inning matnli mazmuni bilan ishlashga kirishishdan avval bir qator foydali maslahatlarni e‟tiborga olish lozim. Har qanday professional darajadagi matnli hujjatni tayyorlashdagi kabi, Web uchun mo„ljallangan barcha matnlar grammatik va orfografik hatoliklarsiz bo„lishi lozim. Ularni kim o„qishini e‟tiborga olgan holda yozish lozim, har qanday holatda ham, tushunarli va qisqacha bo„lishi kerak. Optimal usuli quyidagicha: kirish, so„ngra bir necha abzas materialning kengroq bayoni va hulosa. Webda ayrim vizual cheklanishlar mavjud. Juda uzun matnli sahifalar ko„zni toliqtirishini unutmaslik kerak. Bundan tashqari, qisqa abzaslar Web-sahifalarda uzoq qolishni xohlamaydigan foydalanuvchilarga axborotni yetkazishga yordam beradi. Matn mantiqan tartiblangan bo„lishi kerak. Agar yaxshi tartiblangan bo„lsa, uning alohida qismlarini sarlavhalar va matnni ajratish yordamida belgilash mumkin. Sarlavhalar uchun mantiqiy tartib mavjud: birinchi darajali sarlavhalar eng katta o„lchamga ega, so„ngra kichik o„lchamlarga o„tiladi. Matn stillar (yarim qalin, og„ma, ostiga chizish) orqali ajratilganda kam miqdorda qo„llanilishi lozim. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling