Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/97
Sana13.09.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1676892
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   97
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Kompyuter virusi tushinchasi 
Kompyuter virusi – bu o„lchami jihatidan katta bo„lmagan va 
maxsus yozilgan dastur (ya‟ni bajariluvchi kodning ma‟lum bir ketma-
ketligi) bo„lib, o„zini boshqa dasturlarga «yozib» qo„yishi (ularni 
«kasallantiradi»), 
nusxalarini 
yaratishi 
va 
ularni 
fayllarga, 
kompyuterning tizim sohalariga tadbiq qilishi mumkin. Bundan tashqari, 
www.ziyouz.com kutubxonasi


150 
kompyuterda nazarda tutilmagan turli amallarni bajarishi mumkin. 
Ichida virus bo„lgan dastur «zararlangan» deyiladi. Bunday dastur 
ishni boshlaganda boshqaruvni avval virus oladi. Virus boshqa 
dasturlarni topadi va ularni «zararlaydi» hamda qandaydir zararli 
amallarni (masalan, fayllarni yoki diskda fayllarning joylashish tartibini 
buzadi, tezkor xotirani «ifloslantiradi» va h.k) bajaradi. Viruslar boshqa 
dasturlarga har doim zarar yetkazmasligi, balki, ma‟lum shartlar 
bajarilgandagina ishga tushishi mumkin. Masalan, Anti-MIT virusi har 
yilning 1-dekabrida qattiq diskdagi barcha axborotni buzadi, Tea Time 
virusi 15:10 dan 15:13 gacha klaviaturadan axborot kiritishga xalaqit 
beradi. 2003-yilda shaharda «kezib yurgan» mashhur bo„lgan One Half 
virusi qattiq diskdagi ma‟lumotlarni sezilmagan holda shifrlaydi. 1989-
yilda amerikalik talaba virus yaratishga muvaffaq bo„ldi va bu virus 
AQSh Mudofaa Vazirligining 6.000 ga yaqin kompyuterini ishdan 
chiqardi. Taniqli Dir-II virusi epidyemiyasi 1991-yilda tarqaldi. Virusda 
original, yangi texnologiyadan foydalanildi va an‟anaviy antivirus 
vositalarining rivojlanmaganligi hisobiga keng tarqaldi. Kristofer Payn 
Pathogen hamda Smeg viruslarini yaratishga erishdi. Aynan oxirgisi juda 
xavfli, uni avvalgi ikkita virusga ulash mumkin edi. Har dastur ishga 
tushirilganda ular konfiguratsiyasini o„zgartiradi. Shu sababli, ularni 
yo„qotish mumkin emas edi. Payn kompyuter o„yinlari va dasturlarini 
ko„chirib, ularni virus bilan zararlantirar va tarmoqqa jo„natar edi. 
Foydalanuvchilar o„z kompyuterlariga zararlangan dasturni ko„chirib, 
diskni zararlantirganlar. Payn shu darajada ishga berilib ketdiki, natijada 
viruslarni virusga qarshi kurashuvchi dasturlarga ham kiritishga 
muvaffaq bo„ldi. Uni ishga tushurish bilan yana bir yangi virus olinar 
edi. Buning natijasida ko„pgina firmalar fayllari yo„qotildi va ko„rilgan 
zarar millionlab funt sterlingga yetdi. Amerikalik dasturchi Morris virus 
yaratuvchi sifatida tanilgan. U yaratgan virus 1988-yilda Internetga 
ulangan yetti mingga yaqin shaxsiy kompyuterni ishdan chiqardi. 
Sun‟iy o„zi ko„payuvchi konstruktsiyalarni tekshirish XX asrning 
o„rtalarida amalga oshirildi. «Kompyuter virusi» termini keyinroq 
yuzaga keldi. Uning muallifi Lexay universiteti xodimi F. Koen (AQSh) 
(1984-yil, axborot xavfsizligi bo„yicha yettinchi konferentsiya) 
hisoblanadi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling