Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


Kompyuter virusi klassifikatsiyasi


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/97
Sana13.09.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1676892
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   97
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Kompyuter virusi klassifikatsiyasi 
Ekspertlarning hisoblariga ko„ra, hozirgi kunda mavjud bo„lgan 
viruslar soni 800.000 dan ortib ketdi. Har kuni 8-10 ta yangi viruslar 
yaratilmoqda. Hozirgi kunda amalda harakatda bo„lgan viruslarning soni 
www.ziyouz.com kutubxonasi


151 
300 ga yaqin deb hisoblanmoqda. 
Taniqli virusologlardan biri Yevgeniy Kasperskiy viruslarni 
belgilari bo„yicha quyidagicha tasniflashni taklif qiladi: 
1.
Virusning yashash muhiti bo‘yicha
1.1.
Tarmoq – kompyuter tarmog„i bo„yicha tarqaladi. 
1.2.
Fayl – bajarilayotgan fayllarga tadbiq qilinadi. 
1.3.
Yuklanuvchi – diskning yuklash sektori (Boot-sektor)ga tadbiq 
qilinadi. 
2.
Yashash muhitini zararlash usuli bo‘yicha
rezident – kompyuter xotirasida joylashadi va kompyuter 
o„chirilgunga qadar faol bo„ladi; 
norezident – xotirani zararlamaydi, ma‟lum bir vaqt oralig„ida 
faol bo„ladi. 
3.
Destruktiv imkoniyatlari bo‘yicha
zararsiz – ishga ta‟sir qilmaydi; tarqalishi natijasida diskning 
bo„sh xotirasini kamaytiradi; 
xavfsiz – diskning bo„sh xotirasini kamaytiradi, ovoz, grafik va 
boshqa effektlar yaratadi; 
xavfli – ish jarayonida jiddiy uzilishlarni keltirib chiqarishi 
mumkin; 
o‘ta xavfli – dasturlar yoki tizim ma‟lumotlarining yo„qolishiga 
olib kelishi mumkin. 
4.
Virus algoritmining o‘zgachaligi bo‘yicha
«Yo‘ldosh» viruslar – fayllarni o„zgartirmaydi, EXE-fayllar 
uchun yo„ldosh bo„lgan SOM-fayllar yaratadi. 
«Chuvalchang» viruslar – tarmoq bo„yicha tarqaladi, tarmoq 
manzillarini hisoblagan holda o„z nusxalarini jo„natadi. 
«Parazit» – disk sektorlari yoki fayllar tarkibini o„zgartiradi. 
«Talaba» – ko„plab xatoliklarga ega bo„lgan viruslar. 
«Stels» (ko„rinmas) viruslar –zararlangan fayl yoki sektorlarga 
DOS murojaatini tutib oladi va o„zining o„rniga zararlanmagan 
qismlarni qo„yadi. 
«Sharpa» viruslar – hech qanday doimiy kodga ega emas, 
topish qiyin, virusning asosiy tanasi shifrlangan. 
Makroviruslar – mashina kodlarida emas, Word Basic tilida 
yoziladi, Word hujjatlarida yashaydi, o„zini Normal.dotga 
yozadi). 
Kompyuterga viruslar kirishining asosiy yo„li egiluvchan va lazerli 
disklar va kompyuter tarmoqlari hisoblanadi. Virusga ega bo„lgan 
www.ziyouz.com kutubxonasi


152 
dasturni diskdan yuklash orqali qattiq diskni virus bilan zararlash 
mumkin. Bunday zararlanish tasodifiy bo„lishi mumkin. Bunda disk 
tizimli bo„lishi shart emas. Uni zararlangan kompyuter disk 
yurituvchisiga qo„yish bilan virus tushushi mumkin. Kompyuter virus 
bilan zararlanganda uni aniqlash muhim. Buning uchun virus 
mavjudligining asosiy belgilarini bilish zarur. 
Ularga quyidagilarni kiritish mumkin: 
ishning to„xtashi yoki normal ishlab turgan dasturlarning 
noto„g„ri ishlashi; 
kompyuterning sekin ishlashi; 
operatsion tizimni yuklash imkoniyatining yo„qligi; 
fayl va kataloglarning yo„qolishi yoki ular mazmunining 
o„zgarishi; 
fayllar vaqti va kunining o„zgarib qolishi; fayllar o„lchamining 
o„zgarishi; 
diskda kutilmagan holda fayllar sonining sezilarli ortib ketishi; 
ekranga kutilmagan axborotlar yoki tasvirlarning chiqarilishi; 
ko„zda tutilmagan ovoz signallarining uzatilishi; 
kompyuter ishida tez-tez uzilishlarning yuzaga kelishi. 
Shuni e‟tiborga olish lozimki, yuqorida keltirilgan o„zgarishlar virus 
mavjudligi tufayli yuzaga kelishi shart emas, boshqa kamchiliklar tufayli 
ham sodir bo„lishi mumkin. Shu sababli, kompyuterga tashxis qo„yish 
doimo qiyinchilik tug„diradi. 
Virus qanday bo„lishidan qat‟iy nazar, foydalanuvchi kompyuter 
viruslaridan himoyalanishning asosiy usullarini bilishi lozim. 
Viruslardan himoyalanish uchun quyidagilardan foydalanish 
mumkin: 
diskning fizik buzilishidan, foydalanuvchining noto„g„ri 
harakatlaridan yoki noto„g„ri ishlayotgan dasturlardan 
himoyalanish uchun foydali bo„lgan axborotni himoyalash 
umumiy vositalari; 
virus bilan zararlanish ehtimolligini kamaytiruvchi profilaktik 
choralar; 
virusdan himoyalanish uchun maxsuslashtirilgan dasturlar. 
Axborotni himoyalash umumiy vositalari nafaqat viruslardan 
himoyalanish uchun foydali. Bu vositalarning ikkita asosiy turi mavjud: 
Axborotni nusxalash – diskning tizim sohalarini va fayllar 
nusxalarini yaratish. 
Axborotni ruxsatsiz foydalanishdan chegaralash, xususan, 
www.ziyouz.com kutubxonasi


153 
dasturlar va ma‟lumotlarning viruslar, noto„g„ri ishlayotgan 
dasturlar, 
foydalanuvchining 
noto„g„ri 
harakatlaridan 
himoyalash. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling