Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o
HTML – gipermatnli belgilash tili
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)
14. HTML – gipermatnli belgilash tili
1989-yilda Tim Berners-Li Yuqori Energiyalar Xalqaro markazi (CERN) rahbariyatiga o„zining World Wide Web (WWW) deb nomlangan taqsimlangan gipermatnli tizimi loyihasini taklif qildi. Bunda birlamchi g„oya gipermatnli navigatsion tizim yordamida CERNning barcha axborot manbalari to„plamini yagona axborot tizimiga birlashtirish edi. Texnologiya shunday samarali bo„ldiki, jahonda eng ommaviy bo„lgan global axborot tizimining rivojlanishiga turtki bo„ldi. Internet global kompyuter tarmog„ini yaratish asosan uchta asosiy axborot texnologiyalariga tayanadi: elektron pochta (e-mail); faylli arxivlar FTP; World Wide Web. Hozirgi kunga kelib so„nggi keltirilgan texnologiya birinchi o„ringa ko„tarilib bormoqda. World Wide Web texnologiyasining muvaffaqiyati ikki asosiy omil bilan belgilanadi: soddalik va Internet asosi bo„lgan TCP/IP (Transmission Control Protocol / Internet Protocol – uzatishlarni boshqarish protokoli / Internet protokoli) tarmoqlararo almashinuv protokollari oilasini qo„llash. Amaliy jihatdan, tarmoqning barcha foydalanuvchilari o„zlarini bir vaqtda xalqaro to„rda chop qilingan axborot materiallarining yaratuvchi va o„quvchi hisoblanadilar. Internetning ommaviylashuvi foydalanuvchilarga turli tarmoq manbalariga kirish uchun sodda zamionaviy interfeys taqdim etgan birinchi tarmoq texnologiyasi World Wide Web ning yuzaga kelishi bilan bog„liq. WWWni qo„llashning soddaligi va qulayligi undan foydalanuvchilar sonining ortishiga olib keldi va o„z navbatida tijorat faoliyati bilan shug„ullanuvchi tashkilotlarning e‟tiborni jalb etdi. So„ngra, foydalanuvchilar sonining ortishi jarayoni juda tezlashib ketdi va hozirda ham ortib bormoqda. www.ziyouz.com kutubxonasi 158 Texnologiya boshlang„ich bosqichda juda sodda edi. Gap shundaki, texnologiyaning turli tashkil etuvchilarini ishlab chiqishda (HTML (HyperText Markup Language) – gipermatnli belgilash tili, HTTP – gipermatnli axborotlarni almashish protokoli, CGI amaliy dasturiy ta‟minotni ishlab chiqish va boshqalar) axborot manbalari mualliflari malakasi va ularning hisoblash texnikasi vositalari bilan ta‟minlanganliik darajasi minimal bo„ladi, deb qaralgan edi. World Wide Web taqsimlangan gipermatnli tizimini yaratish texnologiyasining asosiy tashkil etuvchilaridan biri chop qilish hujjatlarini belgilash tili standarti – SGML (Standard Generalised Markup Language, umumlashgan standart belgilash tili) asosida Tim Berners-Li tomonidan ishlab chiqilgan HTML gipermatnli belgilash tili bo„ldi. Tilning birinchi talqini (HTML 1.0) uning imkoniyatlarini bayon etuvchi tavsifiy xarakterga ega bo„lgan tilni taqdim etishga yo„naltirilgan edi. Ikkinchi talqini (HTML 2.0) tilning konstruksiyalaridan foydalanish amaliyotini o„z ichiga olgan. ++ (HTML++) talqini tilning teglari to„plamini kengaytirgan holda ilmiy axborot va jadvallarni tasvirlashning yangi imkoniyatlarini taqdim etdi. HTML 3.2 talqini barcha kiritilgan yangiliklarni mavjud bo„lgan amaliyot bilan moslashtirdi va tartibladi. HTML 3.2 jadvallardan foydalanish Java tili kodlarini bajarish, grafikaning matn bilan bog„lanishini ta‟minlash, hamda yuqori va quyi indekslar (ko„rsatkichlar) ni tasvirlash imkonini berdi. World Wide Web Consortium (W3C) – xalqaro tashkilot, HTML yangi talqinlarining bayonlari hujjatlarini tayyorlash va tarqatish bilan shug„ullanmoqda. Hozirda HTML 4.01 talqini materiallari chop qilindi. HTML ning avvalgi talqinlarida mavjud bo„lgan imkoniyatlari (matnni belgilash, mul‟timedia, gipermatnli bog„lanishlar yaratish) bilan birga mul‟timedia bilan ishlash bo„yicha qo„shimcha vositalar, dasturlash tillari, stillar jadvali, tasvir va hujjatlarni chop qilishning soddalashtirilgan vositalari kiritilgan. Website sahifalarini ko„rish ssenariysini boshqarish uchun (WWW texnologiyasida bajarilgan gipermatnli berilganlar bazasi) dasturlash tillaridan foydalanish mumkin, masalan, JavaScript, Java va VBScript. HTMLning murakkablashishi va dasturlash tillarining yaratilishi natijasida Web-bo„g„inlarni yaratish yuqori malakali mutaxassislarning ishiga aylandi. Internetning imkoniyatlari HTML tili asosiga ega bo„lgan foydalanuvchilarga katta harajatlarsiz o„z Web-bo„g„inlarini yaratish va joylashtirish imkoniyatini beradi. Yakuniy hujjat o„z ichiga turli-tuman belgilarni, illyustratsiyalarni, www.ziyouz.com kutubxonasi 159 audio- va videoparchalari olishi mumkin. Bundan tashqari, til tarkibiga turli darajadagi sarlavhalarni yaratish, shriftli belgilashlar, turli ro„yxatlar, jadvalar, fayllar va boshqa axborot manbalari (gipermatnli murojaatlar) o„rtasidagi bog„lanishlar uchun rivojlangan vositalar kiritildi. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling