Axborot tizimlari
Download 2.86 Mb. Pdf ko'rish
|
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)
Axborot
mahsulotlari va xizmatlari marketingida kompyuter texnologiyalarini qo’llash – davr talabi. Marketing ma’lumotlarini doimo kuzatish va saqlash tizimida axborotlarni yig’ish boshqa marketing operatsiyalari orasida katta o’rinni egallaydi, chunki u axborotlarning xususiyatlari bo’yicha turli- tuman manbalar bilan bog’liqdir. Marketing korxonaning ishlab chiqarish va sotish faoliyatini boshqarish tamoyili sifatida tashkil qilinadi. SHuning uchun iste’molchilarning talablarini qanoatlantirish va eng katta foyda olish maqsadlarida bozor ehtiyojlarini har taraflama o’rnatish nuqtai nazaridan muhitning quyidagi qismlari haqidagi bilimlarga suyanadi: - tovar va xizmatlar bozori; - tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish; - ishlab chiqarish va sotish bozori bilan bog’liq tashqi makroiqtisodiy ko’rsatkichlar. Marketing boshqarish tizimidagi axborotlarni shakllantirish va foydalanishning asosiy tamoyillari quyidagilardir: 1. Axborotlarning muhimligi marketing muhitining holatini, vaqtning har bir lahzasida aks ettirilishini bildiradi. 2. Ma’lumotlarning ishonchliligi, ishlab chiqarish, bozor va tashqi muhitni ob’ektiv holati va rivojlanishini aniq katta tiklanishiga asoslangan. 3. Ma’lumotlarning relevantligi axborotlarni shakllantirgan talablarga to’liq mosligini va keraksiz ma’lumotlar bilan ishlashdan qutilishga imkon beradi. 4. Tavsiflarning to’liqligi marketing muhitining holati va rivojlanishiga ta’sirini shakllantiruvchi va ko’rsatuvchi barcha omillarning ob’ektiv hisobi uchun muhimdir. 5. Ma’lumotlarning maqsadga muvofiqligi ularni ichki va tashqi bozorlarda mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish sohasidagi aniq maqsadlar va vazifalarga qaratadi. 6. Muvofiqlashtirilganlik va axborot birligi xulosalarda ziddiyatlar, birlamchi va ishlab chiqilgan ma’lumotlarda moslashtirilganlik imkoniyatini yo’qotuvchi ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqishni talab qiladi. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling