Axborot tizimlari
Download 2.86 Mb. Pdf ko'rish
|
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)
Plastik kartochkalardan foydalanish mijozlarga xizmat ko’rsatishning
samarali shakli hisoblanadi. Plastik kartalar qisqa muddatli davlat obligatsiyalar mamlakatimizdagi davlatning qisqa muddatli obligatsiyasi ta’minlanishining turlari bo’yicha debetli, kreditli, debit-kreditligiga bo’linadi. Uning bilan bir qator plastik kartalar asosida vazifalarni amalga oshirish ham mumkin: magnitli kartalar, smart- kartalar, lazerli kartalar, mikroprotsessorli kartalar. Mikroprotsessorli kartalar bilan ishlash eng ilg’or va qimmat texnologiya bo’ladi. Savdo shahobchalari tegishli dasturiy-texnik vositalar (savdo terminallari) bilan jihozlanadi. 14.3-rasm. Bank tizimida mijozlarga oddiy xizmat ko’rsatish m u x r im zo h is o b v ara g ’i d an k o ’c h irm a m ij o zg a o g ’z ak i x ab ar b eri sh Mijoz («Timur» firmasi) bank (mas’ul xodim) to’lov talabnomasida muxr, imzoni tekshirish qabul qilish ATB Bank arxivi rad etish to’lov talabnomasi noto’g’ri 196 «Mijoz-bank» dasturiy-texnologik majmuasi «bank» va «mijoz» modullaridan tashkil topgan, ular bankdagi va mijozning iqtisodiy ob’ektlaridagi kommunikatsion SHKga o’rnatiladilar. Mijozga idoradan chiqmasdan turib andozaviy bank operatsiyalarini o’tkazish imkoniyatlari beriladi. Majmua odatda to’lov hujjatlarini jo’natish va olish, schyotlar, buyurtmalar qimmatbaho qog’ozlar bilan operatsiyalar bo’yicha ko’chirmalarni olish bo’yicha va ma’lumotnomaviy materialni olish uchun o’zaro hamkorlik vazifasini bajaradi. Buni quydagi misol orqali ko’rishimiz mumkin. Bank misolida O’zR TIF Milliy Bankini, mijoz sifatida «Kvant» firmasini olamiz. «Kvant» firmasi Milliy Bankda o’z hisob raqamiga ega bo’lib, bu hisob raqamidan turli harajatlarga to’lov to’lashi mumkin. Naqd pulsiz yo’l bilan to’lov to’layotganda «Kvant» firmasi xodimi to’lov hujjatini bankka olib keladi va shu asosda bank uning hisob raqamidan ma’lum summani tovar etkazib beruvchining bankdagi hisob raqamiga o’tkazadi. Bu jarayonning axborot texnologiyasi 14.3-rasmda berilgan. Oddiy xizmat ko’rsatishning axborot texnologiyasi quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi: 1. «Kvant» firmasi buxgalteri to’lov hujjatini tayyorlaydi. Unda firmaning o’z muhri va firma rahbarining imzosi qo’yiladi. 2. Bu to’lov hujjatini firmadan vakil bankka olib kelib beradi. To’lov hujjati 4 nusxada olib kelinishi shart. 3. Bank mas’ul xodimi «Kvant» firmasining buxgalterini qabul qilib, hujjatlarini ko’zdan kechiradi. To’lov hujjatida muhr va imzolar tekshiriladi. 4. Bank mas’ul xodimi hujjatda xatolar yo’qligiga amin bo’lsa, uning hisob raqamidagi mablag’i to’lovni amalga oshirishga etarli, qarzlari yo’q bo’lsa, to’lov hujjatlarining bir nusxasiga bank shtampi va imzosini qo’yib, «Kvant» firmasi buxgalteriga beradi. 5. Qolgan to’lov hujjatlari bankning bosh buxgalteri tomonidan tekshirilib, imzolanadi. Hujjat qabul qilinadi. 6. Qabul qilingan hujjatlar bankning Back-office ga beriladi. U erda hujjatlar avtomatlashtirilgan bank tizimiga kiritiladi. 7. Pullar o’tkazilganidan so’ng, o’tgan operatsiyalar haqida «Kvant» firmasining xodimi tiket yoki «Hisob varag’idan ko’chirma»ning bir nusxasini olishi mumkin. Ikkinchi nusxasi bankda qoladi. 8. Operatsiyalar o’tqazilgandan so’ng bankdagi hujjatlar bank arxiviga topshiriladi. Bank tizimida mijozlarga oddiy xizmat ko’rsatish jarayonini ko’rib chikdik. Endi «Bank-Mijoz» (R-Bank) tizimida mijozlarga masofali elektron xizmat ko’rsatish jarayonini (14.4-rasm) ko’rib chiqamiz. «Kvant» firmasi R-Bank tizimida, On-Line rejimida («on-line» ingliz tilidan «hozir tizimda» degani) o’z schyotlarining o’zi boshqarishi, turli xildagi to’lov hujjatlarini tayyorlashi , Milliy Bankdan o’z hisob raqamini qoldiqlar va pul aylanishlari to’g’risida axborot olishi , xoxlagan davrga o’z hisob raqamidan ko’chirmalarni chop etib olishi, hamda boshqa moliyaviy hisobotlarni olishi mumkin bo’ladi. Bu esa mijoz va bank uchun bir qancha afzalliklar keltiradi. Buni 14.1- jadvaldagi solishtirma tahlil orqali ham ko’rishimiz mumkin. 197 14.4-rasm. R-Bank tizimida masofaviy elektron xizmat ko’rsatish jarayoni to ’l o v a m al g a o sh iri lg an li g i x aq id a x ab ar b eri sh Elektron xujjatni tekshirish qabul qilish «Kvant» firmasi Elektron xujjat Elektron raqamli imzo O’z R TIF Mil.banki rad etish O’z R TIF mil.banki ATB O’z R TIF mil. bankining ma’lumotlar bazasi « bank-mijoz» tizimiga kirish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling