Axborot tizimlari
Bank faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari
Download 2.86 Mb. Pdf ko'rish
|
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston Respublikasi bank tizimining bosh maqsadi
14.3 Bank faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari
Milliy iqtisodiyotning yanada rivojlanishi banklarning va bank tizimining rolini kuchaytirishni taqazo etmoqda. Bank - bu mamlakatdagi pul mablag’larini boshqarish uchun yaratilgan moliya institutidir [14,18]. O’zbekiston Respublikasi bank tizimining bosh maqsadi jahon talabiga mos keluvchi, rivojlangan milliy kredit tizimiga ega bo’lish, xo’jaliklar va aholining bo’sh turgan mablag’larini jalb qilish, uni samarali taqsimlash asosida aholining talablarini qondirish uchun zamin yaratish va yashash sharoitini yaxshilashga erishishdan iborat. Bu maqsadga erishishni ta’minlash uchun davlatimiz tomonidan mamlakatimiz bank sektorining rivojlanishini ta’minlovchi zaruriy makroiqtisodiy sharoitlarni hamda bank tizimi barqarorligini ta’minlash, shuningdek, bank nazorati tizimini va banklar faoliyatini boshqarish usullarini takomillashtirish, banklarning depozit, kredit va investitsiya faoliyatining yanada rivojlantirishga erishish va banklar o’rtasida raqobat bo’lishini ta’minlashga asos yaratishdan, nobank tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish, moliya-kredit sektorining huquqiy bazasini yaxshilash, ularning moddiy-texnik jihatdan samarali ta’minlanganligiga erishish kabi choralarni amalga oshirish ko’zda tutadi. Mujassamlashgan bank avtomalashtirilgan axborot tizimlari (BAAT) mablag’ kiritish va kredit berishning berilgan shartlari bo’yicha nazorat qilinadigan mablag’larni o’zlashtirish, qaytarilishi va muvafiqlashtirilishini jadallashtirish vositasi bo’lgan yagona dasturiy texnologik majmuadan iborat bo’ladi. 190 Mujassamlashgan BAAT bank vazifalari aloqalarining butun murakkabligini o’zida aks ettirilgan holda majmuaviy qamrab oladi. Bu mukammal avtomatlashtirilgan vazifalar majmuasi emas, balki murakkab tizimning xususiyalari: ierarxik tuzilishining murakkabligi, emerjmentlik, vazifaviy maqsadlarning ko’pligi; stoxastik (ehtimollik) harakteriga ega jarayonlarni boshqarishni ta’minlashda ishning o’zgaruvchanligi va ko’p vazifalikka xos bo’lgan dasturlar majmuasidir. SHuning uchun ham mujassamlashgan BAAT ni ishlab chiqishda uning tarkibiy tuzilishi va mazmuniga ta’sir qiluvchi ko’p sonli omillar: - bankning umumiy ta’riflari, hozirgi va kelgusidagi maqsadlari va uni rivojlanishining strategik yo’nalishlarini, boshqaruvning vujudga kelgan tuzilishining xususiyatlari; - tizimning arxitekturasi va avtomatlashtirish kerak bo’lgan vazifalarining tarkibi; - kiruvchi va chiquvchi hujjatlarning miqdori; - axborot xavfsizligiga talablarni tahlil qilish talab qilinadi. Bunday tahlil asosida bo’lg’usi tizimning asosiy tamoyillari ishlab chiqiladi. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling