Investitsion portfelning mohiyati, uni shakllantirishning maqsadlari va tamoyillari
Download 139.31 Kb.
|
06,05,2021
MUNDARIJA Kirish Investitsion portfelning mohiyati, uni shakllantirishning maqsadlari va tamoyillari Investitsiya xavfi: mohiyati va tushunchasi Investitsion portfelni shakllantirish modellari To'g'ridan-to'g'ri va portfel investitsiyalarini aniqlash va ularni farqi Qimmatli qog'ozlarni tahlil qilish mexanizmi Xalqaro portfel KIRISH
Faqat investitsiyalar bazasidagina asosiy kapitalni yangilash hamda shu asosda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va sifatini yaxshilash evaziga maxsulotning raqobatbardoshligini oshirish mumkin. Biroq bu hozirgi yuksak darajada integratsiyalashgan xo’jalik sharoitida davlatning muvofiqlashtiruvchi roli ob`ektiv ravishda ancha salmoqli bo’lib qolmoqda. SHu munosabat bilan investitsiya sohasiga davlatning faol aralashuviga yaqin yillar mobaynidagi makroiqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi sifatida qaramoq darkor. Bu esa strategik maqsad – iqtisodiy o’sishni ta`minlash uchun amalga oshirilmog’i, bu raqobatbardoshlik va milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi mezonlariga javob berishi lozim. Strategik maqsadga erishish makroiqtisodiy rejalashtirish asosida ta`minlanishi mumkinki, investitsiya jarayonlarini davlat yo’li bilan makroboshqarib turish bunday rejalab turishning eng muhim bo’g’inlaridan biri bo’lib hisoblanadi. I.A. Karimov ta`kidlashicha, «Xorijiy investitsiyalarni jalb etmay, ayniqsa, yetakchi tarmoqlarda chet el sarmoyasi ishtirokini kengaytirmay turib, iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va modernizatsiyalash, korxonalarimizni zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash hamda raqobatga bardoshli mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin emas». 3Investitsiya faoliyatidagi burilishlarni ta`kidlangan vazifalarni echish; investitsiyalashning davlat mexanizmini erkinlashtirib borish va bozor mexanizmlari qo’llaniladigan sohalarni kengaytirish; investitsiyalashni o’z jamg’armalari hisobidan ta`minlashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy qilish; loyihaviy, korporativ moliyalashtirish, sinditsiyalashtirilgan kreditlash, lizing kabi yangi usullardan foydalanish sohalarini kengaytirish talab qilinadi. Investitsion qarorlarni qabul qilish va samaradorligini baholashda, ayniqsa moliyalashda xorijiy manbalarning kengayib borishi munosabati bilan, tashqaridan jalb etiladigan manbalarning narx va qiymatlarini hisobga olish zarurati paydo bo’ladi Boy rivojlangan mamlakatlardan kiradigan kapital rivojlanayotgan, bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlar tomonidan qabul qilinishi kerak. Chunki xorijiy kapitallar investitsiyani moliyalashtiradi hamda iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi va bu orqali mamlakat aholisi turmush tarzini yaxshilashga yordam beradi. Kapital oqimi rivojlangan mamlakatlarga esa portfellarini diversifikatsiya qilish imkoniyatini yaratadi. Biroq kutilmagan qisqa muddatli katta hajmdagi kapital salbiy makroiqtisodiy ta’sir kuchiga ega. Issiq pulning kutilmaganda chiqib ketish holati iqtisodiyotga o’z salbiy ta’sirini o’tkazadi. Bu, albatta, sodir bo’lishi aniq bo’lgan holatdir. Oqibatda, asosiy vositalar narxi tushadi va shu mamlakat valyutasi muvozanati buziladi. Download 139.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling