Axborot tizimlari
Download 2.86 Mb. Pdf ko'rish
|
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)
5 -bob bo’yicha xulosalar Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini joriy etishda axborot ta’minoti muxim o’rin egallaydi. Boshqaruv jarayonini aniq, etarli va tezkor axborot bilan ta’minlanishi sifatli qaror qabul qilish uchun zamin bo’lib xizmat qiladi. Zaruriy axborotni foydalanuvchiga tezkor taqdim etilishda ma’lumotlar bazasining imkoniyatlari cheksizdir. Ma’lumotlar bazasi – ma’lumotlar bankining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasi – zaruriy axborotni tezkor olish va modifikatsiyalash, axborotning minimal ortiqchaligi, amaliy dasturlarga bog’liq emasligi, izlash usulining umumiy boshqarilish imkoniyatlariga ega o’zaro bog’liq ma’lumotlar yig’indisidir. Ma’lumotlar bazasini yaratish va yuritishda ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi alohida ahamiyat kasb etadi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi ma’lumotlar bankining tashkil etuvchi elementi hisoblanadi. Ma’lumotlar banki – zaruriy axborotni olish maqsadida ma’lumotlarni markazlashgan holda saqlash va jamoa bo’lib foydalanish uchun mo’ljallangan axborotli, tematik, dasturiy, tillar, tashkiliy va texnik (saqlanayotgan ma’lumotlar hamda texnologik jarayonda band personalni qo’shganda) vositalarining tizimi sifatida ifodalanishi mumkin. Ma’lumotlar banki uni ishlashi va qo’llanilishini ta’minlab beruvchi dasturiy to’plamlari bilan birgalikda avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki deb ataladi. 89 6 bob Kompyuter tarmoqlarining modellari va texnologiyalari 6.1 Kompyuter tarmoqlarining turlari O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy informatikani rivojlantirish tamoyillari quyidagilardan iborat: Birinchidan, zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlantirish, davlat muassasalari va xo’jalik su’ektlari, muassa va tashkilotlar, xususiy shaxslar uchun axborot xizmatlarini yo’lga qo’yish; Ikkinchidan, iqtisodiyot, fan, ta’lim, ijtimoiy sohada axborot tizimlarini shakllantirishga ko’maklashish; Uchinchidan, respublikaning jahon axborot tizimlari va xalqaro tarmoqlarga ulanishni ta’minlash. Axborot texnologiyalarini zamonaviy texnika yutuqlari bilan o’zaro bog’lash ehtiyoji global kompyuter tarmoqlarini mamlakatlararo hamkorlik dasturini amalga oshirishning ajralmas qismi qilib qo’ydi. Ilmiy va maorif maqsadlari va biznes uchun ko’plab kompyuter tarmoqlari tashkil etilgan. Ko’proq tarmoqlarni birlashtira oluvchi va dunyo hamjamiyatiga kirish imkoniyatini beruvchi tarmoq – bu Internet. Internet foydalanuvchilarga cheksiz resurslarni taqdim etadi. Bu esa ish unumdorligini oshiradi. Unga ulangan odamlar dunyoda sodir bo’layotgan hodisalar haqida qisqa muddatda ma’lumotga ega bo’lishadi. Quyidagi rasmlarda kompyuter tarmoqlarini hosil qilishning uch xil usullari kœrsatilgan. Kompyuterlarni bir-biriga bog’lashda Etherrnet, HPNA va simsiz bog’lanish adapterlaridan foydalanilgan[24,25] 1) Kontsentrator yordamida tarmoq hosil qilish. Bu usulda barcha kompyuterlar tarmoq kontsentratoriga bog’lanadi. Buning uchun barcha kompyuterlarda tarmoq adapteri mavjud bœlishi kerak. 2) Barcha kompyuterlarda tarmoq adapteri œrnatiladi. Telefon kabellari yordamida tarmoq hosil qilinadi. 90 3) Barcha kompyuterlarda simsiz tarmoq adapteri œrnatiladi. Tarmoqdagi kompyuterlar bir-biri bilan signallar orqali ma’lumot almashadi. SHuning uchun bu tarmoqlardan foydalana olishni o’rganish maqsadida biz quyida telekommunikatsiya va Internet Explorer dan foydalanish usullarini aytib o’tamiz. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling