Axborot tizimlari
Download 2.86 Mb. Pdf ko'rish
|
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)
Bayonnomalar. Internet tarmog’iga turli xil apparat platformalarida,
ma’lumotlar formatlarida, har xil operatsion sistemalar boshqaruvi ostida ishlovchi millionlab kompьterlar va kompyuterlar tarmoqlari kiradi. Biroq hamma kompyuterlar axborot almashish paytida ma’lumotni shakllantirish va uzatishning yagona kelishuvidan (bayonnomalardan) foydalanishlari kerak (YA’ni yagona “interfeysdan”). Bayonnoma – bu tarmoq abonentlari o’rtasidagi axborot almashinuvi usullari xamda Internet maьlumotlarini shakllantirish qonun qoidalari va formatlari to’g’risidagi kelishuvlar to’plamidan iborat. Internet bayonnomalarining ikki xil turini ajratish mumkin: 93 Bazisli bayonnomalar. Bu bayonnomalar komьyuterlar o’rtasidagi ixtiyoriy turdagi elektron axborotlarning fizik uzatilishiga javob beradi (IP va TCP). Bu bayonnomalar bir – biri bilan kuchli bog’liq bo’lganligi uchun, ularni ko’pincha “TCP/ IP bayonnomasi” deb ham atashadi. Amaliy bayonnomalar. Bu bayonnomalar Internet ning ixtisoslashgan xizmatlarining ishlashini nazorat qiladi (ta’minlaydi ). Masalan: NTTR bayonnomasi (giper matnli ma’lumotlarni uzatish), FTP bayonnomasi (fayllarni uzatish), elektron pochta bayonnomalari va boshqalar. Amaliy bayonnomalar bazisli bayonnomalar “ustida” joylashadi, agar TCP/IP o’rnatilmagan bo’lsa, sizning kompyuteringiz tarmoqda ishlay olmaydi. Biroq, amaliy bayonnomalarning ma’lum bir qismi kompyuteringizda bo’lmasligi mumkin. Internet ning asosiy xizmat turlari. Bu erda biz tarmoqda faoliyat ko’rsatuvchi asosiy xizmat turlariga qisqacha tavsif berib o’tamiz. Keyinchalik tarmoqning eng asosiy xizmat turi bo’lmish xalqaro axborot tarmog’i (WWW) haqida to’xtalib o’tamiz. Telnet. Bu termin bilan mijozning olisdagi server – kompyuteri bilan aloqasini ta’minlovchi bayonnoma va dasturlar ataladi. Aloqa o’rnatilgandan so’ng, olisdagi kompyuterning operatsion sistemasi muhitiga tushadi va u erda bemalol uning dasturi bilan xuddi o’zining - dasturi bilan ishlaganday ishlayveradi. FTP. (File Transfer Protokol – fayllarni uzatish bayonnomasi). Olisdagi kompyuterlarning fayllari va dasturlari bilan ishlashni ta’minlovchi dastur va bayonnomalar shu termin bilan ataladi. FTP vositalari serverning fayllari va kataloglarini ko’rib chiqishga hamda bir katalogdan boshqa katalogga o’tishga, nusxa olish va fayllarning Internet Explorer muhitida ishlashini ko’rib chiqamiz. Gopher. Bu so’z inglizcha so’z bo’lib “kovlamoq” degan ma’noni bildiradi. Gopher – bu FTP ga nisbatan taraqqiy etgan qidirish va axborotlarni chiqarib olish vositalari bilan ta’minlovchi bayonnoma va dasturlari kiradi. Gopher bayonnomalari zamonaviy navigator – dasturlarida qo’llaniladi. Archie. Internet uzellarida FTP – server tarkibi to’g’risidagi qidirilgan axborotlarni yig’uvchi va saqlovchi maxsus serverlar shunday ataladi. Agar o’zimiz biladigan faylni qidirayotgan bo’lsak u holda mijoz Archie ni ishga tushiramiz va u bizga FTP serverdagi mos adresni ko’rsatadi. WAIS Wide Area Information Servers – bu tarmoqlardagi ma’lumotlar bazasi va kutubxonalarda axborot qidiruvini amalga oshiruvchi taqsimlangan axborot tizimidir. Xususan, WAIS Internet dagi tuzilishiga keltirilmagan hujjatlarni indekslashtirish va ularda qidiruvchi tashkil etish qo’llaniladi. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling