Axborot tizimlari
Neyron to’rlarini kompyuter dasturi sifatida namoyon bo’lishi
Download 2.86 Mb. Pdf ko'rish
|
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13 -bob bo’yicha xulosalar
13.4. Neyron to’rlarini kompyuter dasturi sifatida namoyon bo’lishi
Neyron to’rlarni loyixalash va yaratish borasida ko’plab kompyuter dasturlari ishlab chiqarilgan. Ular orasida MathWorks firmasi tomonidan yaratilgan MatLab kompyuter dasturi paketi ustunliklari bilan aloxida ajralib turadi. CHunki aynan shu dastur matematik yadroga va neyron to’rlar qism paketiga ega. Unda eng sodda neyron modelidan tortib, ixtiyoriy transfer funktsiyali ixtiyoriy arxitekturadagi murakkab neyron to’rlarni oson va tez yaratish mumkin. Bundan tashqari paket tarkibiga teskari aloqali chiziqli boshqaruvchi, zavod kelajagini prognozlovchi va baxolovchi, funktsiyalarni approksimatsiyalovchi vositalar xam kiradi. Neyron to’rlarni o’rgatishning bir qancha algoritmlari xam paketda amalga oshirilgan. MatLab dasturida neyron to’r modeli tuzilgach bu modelь ustida virtual laboratoriya sifatida foydalanib, jarayonni immitatsiya qilish mumkin. MATLAB dasturi matritsaviy amallarni qo’llashga asoslangan. Bu tizimni nomi MATrix LABoratory matritsaviy laboratoriyada o’z aksini topgan. MATLAB – kengayuvchi tizim, uni xar xil turdagi masalalarni echishga oson moslashtirish mumkin. Simulink –dinamik tizimlarni modellashtirish, imitatsiya va taxlil qilish uchun interaktiv vositadir. U grafik blok-diagrammalarni qurish, dinamik tizimlarning ishlashini tekshirish va loyixalarni mukammalashtirish imkoniyatlarini beradi. Simulink yuzdan ortiq biriktirilgan bloklarga ega. Bloklar vazifalariga mos xolda guruxlarga bo’lib chiqilgan. Bular: signallar manbalari, qabul qilgichlar, diskret, uzluksiz, chiziqli bo’lmagan, matematik funktsiyalar, signallar va tizimlar. Simulink MATLAB bilan to’la integrallashgan. 13 -bob bo’yicha xulosalar Sun’iy neyron tabiiy neyronning funktsiyasini bajara oladigan matematik modelь, apparat yoki kompyuter dasturidir. Bunda signallarning qiymati (ya’ni amplitudasi)gina xisobga olinadi. Tabiiy neyronda esa nafaqat signalning qiymati, balki chastotasi xam xal qiluvchi axamiyatga ega bo’lishi mumkin. Ammo organizmlar miyasini bugungi o’rganilganlik darajasi juda past bo’lib, xozirgacha bu borada ilmiy natijalarga erishilmagan. Neyron deyilganda sun’iy neyron aniqrog’i, kompyuter dasturini nazarda tutiladi. Zinali transfer funktsiya barcha transfer funktsiyalar ichida eng funktsional kuchsizi, ammo birinchi neyron to’r(perseptron)da aynan mana shu funktsiyadan foydalanilgan. CHiziqli transfer funktsiyaning boshqa transfer funktsiyalardan afzalligi – chiqish doirasi katta, ammo shu bilan birga eng katta kamchiligi ixtiyoriy ko’p qatlamli chiziqli neyron to’rni bir qatlamli chiziqli neyron to’r bilan almashtirish mumkin. YA’ni faqat chiziqli transfer funktsiyalardan foydalanib neyronlarni ko’p qatlamlarga biriktirish ularning funktsional quvvatini oshirmaydi. Neyron to’rlarni o’rganish natijasida ularning bir qancha xususiyatlari ma’lum bo’ldi. Neyron to’rlardan prognozlashda, jarayonlarni boshqarishda, immitatsiya qilish va taxlil qilishda foydalanish yuqori samara beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling