Axborot tizimlari
– bob Iqtisodiy sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalari
Download 2.86 Mb. Pdf ko'rish
|
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)
14 – bob Iqtisodiy sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalari
va tizimlaridan foydalanish 14.1. Statistika sohasida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari Davlat statistikasi – mamlakat iqtisodiyotini boshqarish tizimidagi eng muhim bug’inlardan biri. U jamiyat hayotidagi ommaviy xodisalarni o’rganish, ularning murakkab o’zaro aloqalari va hamkorliklarini aniqlash, hamda iqtisodiyotni faoliyat yuritish va rivojlanishga ilmiy asoslangan holda baho berishga qaratilgan. Davlat statistikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: iqtisodiyotning barcha sohalari va ularga tegishli korxonalarning faoliyati haqidagi statistik axborotlarni yig’ish, ishlab chiqish va turli foydalanuvchilarga taqdim etish; hozirgi zamonaviy bosqichda jamiyat extiyojlari hamda xalqaro andozalarga mos keluvchi ilmiy asoslangan statistik uslubiyatini ishlab chiqish; barcha rasmiy statistik axborotlar to’liqligi va ilmiy asoslanganligini kafolatlash; iqtisodiyotni boshqarish idoralarining statistik faoliyatini muvofiqlashtirish va ular tomonidan sohaviy statistik kuzatishlarini o’tkazishni ta’minlash; barcha foydalanuvchilarga mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy holati, iqtisodiyotning sohalari va sektorlari haqidagi rasmiy ma’ruzalarni tarqatish yo’li bilan ochiq statistik axborotlarga teng kirishni taqdim etish va boshqalar[18,34]. Davlat statistikasi mamlakatda statistik axborot tizimini yaratish uchun baza bo’lib xizmat qiladi. Davlat statistika idoralari o’z faoliyatini O’zbekistonda hisob va statistika tizimida iqtisodiyotni rivojlantirishning davlat tomonidan boshqarishning muhim tayanchi ekanligiga rioya qilgan holda amalga oshiradi. Boshqaruv ob’ektlari deganda tizimning me’yoriy faoliyat yuritishi uchun muntazam nazorat qilish va tartibga solishni talab qiladigan element tushuniladi. Iqtisodiyotning sohalari, ularning korxonalari va tashkilotlari boshqaruv ob’ektlari bo’ladi (14.1-rasm). Davlat statistika idoralari, davlat boshqaruvi idoralari iqtisodiyot sohalarining faoliyati haqida xabardor qilib, vazifalar ko’rinishidagi boshqaruvchi axborot qabul qilingani va boshqaruv ob’ektlarining haqiqiy holatidan kelib chiqqan holda qayd etilgan, muljallangan xarakatlarida aks ettiriluvchi muhim signal vazifalarini bajaradi. Statistik axborot tizimi murakkab tizimlarning oldiga qo’yilgan quyidagi barcha talablariga javob beradi: - umumiy maqsadga erishish uchun tizim elementlarining muvofiq o’zaro hamkorligi nuqtai nazaridan birligi; - katta o’lchamlilik; - holatning murakkabligi va boshqalar. O’zbekiston Respublikasi statistika qo’mitasi qoshidagi davlat statistika idoralari o’z ishini umumiy tamoyillar, davlat statistikasining yagona uslubiyati va ularni tashkil qilinishi asosida bajariladi. Ularning asosiy vazifasi – mamlakatda hisob va statistika ishiga markazlashtirilgan holda rahbarlik qilishdir. Vazirlik tizimi butun respublikani qamrab olgan, davlat statistika idoralari mamlakatning barcha 176 ma’muriy-xududiy tuzilmalarida mavjud. Statistik axborotlar turli-tumanligi, ommaviyligi va kelib tushishining davriyligi bilan farqlanadi. O’zbekiston Respublikasi statistika qo’mitasi tomonidan davlat statistika idoralariga respublika darajasidagi markazlashtirilgan rahbarlik amalga oshiriladi. U asosiy hisob – statistika markazi sifatida va O’zbekiston Respublikasi xukumati, respublika vazirlik va qo’mitalari, boshqa tashkilotlarni statistik axborotlar bilan ta’minlaydi. to’g’ri aloqa (masalalar) teskari aloqa (hisobot ) 14.1.-rasm. Iqtisodiyotni boshqarishda davlat statistikasi idoralarining vazifalari Qo’mitaga statistik axborotlarni o’z vaqtida ob’ektiv (to’g’ri) va ishonchli ishlab chiqish, ularni ko’rsatilgan idoralar va keng jamoatchilikka yagona ilmiy uslubiyat asosida etkazib berish vazifasi yuklangan. Statistikaning viloyat idoralari, korxonalar va tashkilotlar bilan bevosita va doimiy axborotli muloqatda bo’lib, ularga hisob va hisobotni tashkil qilishni amaliy yordam ko’rsatadi va o’z mintaqasida asosiy axborot manbai bo’ladi. Davlat statistika idoralari statistik ishlarning yagona uslubiyati va yagonarejasi bo’yicha ishlaydilar, ular tegishli yuqori idoralar tomonidan tasdiqlanadi. Bu rejaga kiritilgan vazifalar iqtisodiyot sohalariga mos keluvchi statistika sohalari bo’yicha taqsimlangan. Turli sohalarda xal etiladigan statistik vazifalar nuqtai nazaridan tartibga soluvchi va so’rov vazifalariga bo’linadi. Tartibga soluvchi vazifalar deganda statistik hisobot ma’lumotlarini vazirlikning tegishli darajasida ishlab chiqish vazifasi tushuniladi. Har bir tartibga soluvchi vazifa, qoidaga ko’ra, statistik hisobotning ba’zi bir aniq shakli yoki bir necha shaklining shakllanishi bilan bog’lik. Bunday vazifalarni echish uchun yaqin vaqtlarga qadar axborotlarni elektron Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling