Axborot tizimlari


Download 2.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/148
Sana15.08.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1667244
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   148
Bog'liq
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)

Tayyorlov bosqichi dastur va ma’lumotlar bazasini ishga tayyorlash bilan 
bog’liq. Hisobchi mashinaga korxonaning ma’lumotnomaviy ma’lumotlarni kiritadi
buxgalteriya schyotlarining rejasi va namunaviy buxgalteriya yozuvlarining tartibiga 
tuzatishlar kiritadi.
Boshlang’ich bosqichi birlamchi hujjatlarni yig’ish va ro’yxatga olish bilan 
bog’liq. Avval ta’kidlaganidek hujjatlarni qo’lda yoki avtomatlashtirilgan usulda 
shakllantirish mumkin. Hujjatlarni kiritish dasturi quyidagi vazifalarni bajarishni 
ko’zda tutadi:
- kiritilgan hujjatlarga nomer berish, ko’chirmaning sanash va boshqa 
alomatlari bilan registrini tuzish;
- kiritilgan hujjattlarga ma’lumotnomaviy va shartli doimiy alomatlarni 
avtomatik kiritish;
- xo’jalik operatsiyalarining qayd etish daftarida buxgalteriya yozuvlarini 
avtomatik bajarish; 


186 
- noto’g’ri hujjatlarni chiqarib tashlash;
- noto’g’ri hujjatlarni nazorat qilish va tuzatish kiritish;
- birlamchi hujjatlarni bosib chiqarish. 
Asosiy bosqich ishning tugallovchi bosqichi bo’ladi va har xil hisobot 
shakllarini olish bilan bog’liq. Uni bajarish uchun «moddiy boyliklarning 
qaydnomasi», «Aylanish qaydnomasi» va «Hisobotlar» menyusi modulidan 
foydalaniladi.
Ko’pgina firmalar dasturlarni ikki variantda: mahalliy va tarmoqli ishlab 
chiqaradilar. Ta’kidlash kerakki, tarmoqli variantlar ancha murakkab va qimmat.
Buxgalteriya vazifalari ana’anaviy majmuasining tarkibi yangi boshqaruv, savdo 
va tahliliy modullarini yaratilishi hisobiga kengaytirilishi mumkin. Bunda asosiy 
tamoyillarga rioya qilish zarur – ADP lar o’zaro axborotli bog’langan bo’lishlari 
kerak. Bu faqat ADPlarning butun majmuasini bitta firmadan harid qilingandagina 
mumkin.
Kichik korxonalarda BX AT yaratishda SHK dan keng foydalanish 
hisobchining ish joyida axborotlarni ishlab chiqish, saqlash va uzatish bo’yicha 
barcha tadbirlarni avtomatlashtirishga imkon beradi. Bunday BX AT larni yaratishda 
bir nechta yondoshishlar mavjud.

Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling