Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida chorvachilik tarmoqlarini tashkil qilish


Download 48.41 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi48.41 Kb.
#1538743
  1   2   3   4
Bog'liq
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida chorvachilik tarmoqlarini tashkil qilish


Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida chorvachilik tarmoqlarini tashkil qilish

Reja:


  1. Ko’p tarmoqli chorvachilikni rivojlantirish uchun tuproq, iqlim sharoitlari.

  2. Ko’p tarmoqli chorvachilikni rivojlantirishning asosiy manbayi

  3. Barcha xo‘jalik shakllari bo‘yicha ko’p tarmoqli chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish


Kirish
Mustaqillik sharofati bilan O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i bo‘lgan agrar sohani rivojlantirishda qator iqtisodiy islohotlar olib borildi. Qishloq xo‘jaligida mulkchilikka asoslangan
erkin tovar ishlab chiqaruvchi subyektlar shakllandi. Agrar sohadagi xo‘jalik yuritishning bu turli shakllari kooperativ(shirkat), fermer, dehqon xo‘jaliklari bo‘lib, respublika qonunchilik organlari tomonidan ularning huquqiy asoslari yaratilib, xalq muhokamasidan so‘ng qonuniy asos sifatida amaliyotda o‘z ijobiy natijalarini bermoqda.
Muhtaram Prezidentimiz I. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi dasturlarining asosi bo‘lgan bozor va bozor munosabatlari asosida har bir tarmoqni rivojlantirish orqali yuqori samarali natijalarga erishish ko‘zda tutilgan. Ayniqsa, agrar tarmoqni rivojlantirishda bu dasturning bajarilishi o‘z samarasini berib kelmoqda. Avvalo, dehqonning ishlab chiqarishga va mulkka egalik hissining ortishi, erkin iqtisodiy faoliyat yuritishi, daromad olishi, uni o‘z imkoniyatlarida erkin taqsimlashi hamda tasarruf etish imkoniyati yaratildi. Respublika agrar sohasida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari boshqa subyektlarga nisbatan, amaliyotda o‘zining bir qancha ijobiy hamda iqtisodiy ustunliklarini ko‘rsatdi. Bu esa bozor munosabatlarida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish va uning samaradorligini oshirishdagi afzalliklari bilan bugungi istiqbolli xalq xo‘jalik yo‘nalishiga mos kelishini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-martdagi «Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi PF3226-sonli Farmoni qabul qilinib, unda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish ustuvor yo‘nalish qilib belgilandi. Farmonni amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish ko‘zda tutildi.

Respublikada chorvachilikni rivojlantirish uchun tuproq, iqlim sharoitlari, unumdor sug‘oriladigan yerlar, bepoyon qir-adirlar, dasht-cho‘l va tog‘ oldi yaylovlari mavjud. Sug‘oriladigan yerlarda asosan, qoramolchilik, parrandachilik, pillachilik, asalarichilik, qo‘ychilik va suv havzalarida baliqchilik rivojlangan.


Chorvachilik xalq iste’mol mollari tayyorlab beruvchi soha bo‘lib, aholi uchun yuqori kaloriyali oziq-ovqat (sut-go‘sht, yog‘, pishloq, v. b) yetkazib beradi. Insonning yashashi uchun zarur bo‘lgan sutkalik ovqatning 30 %dan ortig‘i va ozuqa resurslaridagi oqsilning 60 %dan ortig‘i chorva mahsulotlari zimmasiga to‘g‘ri keladi.
Chorvachilik yengil va oziq-ovqat sanoatini xomashyo bilan (jun, teri, go‘sht, sut, yog‘, qorako‘l teri va b.) ta’minlab kelmoqda.
Respublikada mulkchilik munosabatlari shakllanib, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishning turli usullari qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, chorvachilikni fermer xo‘jaliklari asosida rivojlantirish har tomonlama o‘z samarasini bermoqda. 2004-yilda respublika bo‘yicha yirik shoxli qoramollar soni 6232,6 ming bosh, qo‘y va echkilar -10560,3, cho‘chqa -83,8 va parranda 18726,9 ming boshni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2003-yilga nisbatan o‘sganligini ko‘rsatmoqda. Respublika qishloq xo‘jaliklarida mavjud mollarning soni va uning o‘sish dinamikasi quyidagi jadvalda keltirilgan.
Tahlillardan ma’lumki, 2000-2005- yillarda yirik shoxli qoramollar soni122,1 foizga, qo‘y va echkilar 112,8 foizga, parranda esa – 142,4 foizga oshdi. Chunki chorvachilikka berilgan imkoniyatlar, huquqiy asoslar va davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar asosida shu soha rivojlantirilmoqda. Ayniqsa, dehqon xo‘jaligining hissasi yuqori bo‘lmoqda. Qishloq xo‘jaliklariga berilayotgan davlat e’tibori chorvachilikni rivojlantirishga katta imkoniyat tug‘dirmoqda.
Barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning chorvachilikdagi hissasi va mahsulot yetishtirishdagi ulushi yildan yilga o‘zgarib, asosan dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi ortib bormoqda. Asosan, dehqon xo‘jaliklarida chorva bosh soni va undan olingan mahsulot hajmi yuqoriligini hisobga olib, ularga barcha sharoitlarni, avvalo, moddiy ta’minot, servis xizmatlari, zooveterinariya, naslchilik va pul-kredit baho mexanizmlarini soddalashtirib, uni ishlab chiqarishga tezkor joriy qilishni ta’minlashdan iborat.

13.3.1-jadval Barcha mulk shakllari bo‘yicha qoramol va parrandalar, ming bosh




2000 y.

2001 y.

2002 y.

2003 y.

2004 y.

2005 y.

2004 yilda
2000 yilga nisbatan,
%

Yirik shoxli
5353,4 5416,1 5477,6 5878,8 6232 6534,8 122,1
qoramol
Qo‘y va echkilar 85,8 81,6 75,4 89,9 83,8 112,8 131,5
Cho‘chqa 8932,5 9022,6 9233,9 9928,6 10560,3 87,6 98,1
Parrandalar 14510 14828,7 15354,9 17675,7 18726,9 20670,5 142,4

Ko’p tarmoqli chorvachilikni rivojlantirishning asosiy manbayi yem-hashak bazasini yaratishdan iboratdir. Yem-xashak ekinlari maydoni respublika jami qishloq xo‘jalik ekinlarining 7,7 %ni tashkil etadi. Bu yerlarga beda, makkajo‘xori, ozuqabop lavlagi ekiladi. Respublika bo‘yicha har yili 10 mln.t pichan va silos tayyorlanadi. Yog‘-moy sanoat korxonalaridan kunjara, sheluxa, aralash yem ishlab chiqarilib beriladi. Chorvachilikda, asosan, dag‘al, shirali va konsentrat ozuqalar hisobiga chorvachilik rivojlantiriladi. O‘zbekiston sharoitida ushbu ozuqa turlari mavjud va uning to‘yimlilik protein miqdori yetarli darajada ta’minlangan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida chorva uchun yemhashak bazasini yaratish, ekin maydonlarida yem-xashak beradigan ekinlar hissasini oshirish, har bir gektar yerdan olinadigan ozuqa miqdorini ko‘paytirish, uning sifatini oshirish, tannarxini kamaytirish, isrofgarchilikni tejab, yetarli darajasida ozuqa ekinlar sifatli urug‘ini tayyorlash, ozuqa to‘yimliligini ta’minlab, ular tarkibidagi moddalar hissasini oshirish ko‘zda tutiladi. Chorva mollarini ozuqa bo‘yicha 1 kg ozuqa birlik qilib shartli qoramollar uchun yil davomida 25-35 s ozuqa birligi hisobida boqiladi. Agar ozuqa yetarli bo‘lmasa, fermerlar ishi samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun chorva mollari uchun zarur ekin sifatida makkajo‘xori asosiy o‘rin egallab, uning ozuqa birligi 1 kg arpaga nisbatan 13,5% ko‘p bo‘lib, 1,34 ozuqa birligiga teng. 1 kg kepak tarkibida 0,35 - 0,4, lavlagi tarkibida 0,26, somonda 0,23, ko‘k bedada 0,17, pichanda 0,47, qizil sebargada 0,52 ozuqa birligi bor.
13.3.2-jadval Barcha xo‘jalik shakllari bo‘yicha chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish

Ozuqa birligi asosida chorvani boqish natijasida yuqori mahsuldorlikka erishish mumkin. Chorva mollari yem-xashagiga har xil moddalar qo‘shilib ham mahsuldorlikni oshirish mumkin. Yem-xashakka qo‘shilgan 1 tonna karbalit qo‘shimcha 10 tonna sut, 500 kg go‘sht beradi va 2,5 tonna tabiiy oqsil o‘rnini qoplaydi.


O‘zbekiston Respublikasining 1998-yilda qabul qilingan «Fermer xo‘jaliklari to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaligiga kamida 30 shartli bosh chorva mollari, har bir shartli qoramol va otlar uchun - 1,0, yosh qoramollar uchun 0,6, qo‘y-echkilar uchun 0,1, cho‘chqalar uchun 0,3, parranda uchun 0,025 gektar, fermer xo‘jaliklariga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami bir shartli bosh chorva molga kamida 0,30-0,45 gektar, sug‘orilmaydigan namlik kam yerlarda kamida 2 gektarni tashkil etadi.
Chorvachilikni rivojlantirish uchun iqtisodiy qonunlar qabul qilinishiga, nodavlat sektorini, mulkdorlar sinfining yanada ko‘payishiga va mahsulot hajmining ortishiga e’tibor qaratilmoqda. Chorvachilik tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida past foizli kredit berish, chet el investitsiyasini kiritish, ikki yilgacha soliq olmaslik kabi chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
Qoramolchilik asosiy tarmoq bo‘lib, aholiga go‘sht, sut, yog‘, pishloq, qatiq, suzma mahsulotlari yetkazib beradi. Inson normal rivojlanishi uchun yiliga 405 kg sut mahsulotlari, shu jumladan, 128 l. sut, 18 kg yog‘i olingan sut, 9,1 kg suzma, 6,6 kg pishloq, 6,6 kg qaymoq va 5,5 kg saryog‘ iste’mol qilish kerak. Jon boshiga 82 kg go‘sht, 36 kg mol go‘shti iste’mol qilinishi lozim.
Bir qoramoldan 1 yilda 5-9 t sut olish mumkin. O‘rtacha bir sigirdan sutkasiga 25-40 kg sut sog‘ib olish mumkin. Chorvachilikdagi yetishtiriladigan go‘shtning 43 %i, sutning 98,5 %i qoramoldan olinadi.

Download 48.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling