Borliq, jamiyat, narsalar, voqealar, hodisalar, inson hayoti, moddiy va ma`naviy boyliklarning ahamiyatini ko`rsatish uchun qo`llaniladigan tushuncha. Q


Download 14.13 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi14.13 Kb.
#1391658

QADRIYATLAR
Borliq, jamiyat, narsalar, voqealar, hodisalar, inson hayoti, moddiy va ma`naviy boyliklarning ahamiyatini ko`rsatish uchun qo`llaniladigan tushuncha. Q. b-n bog`liq masalalar hayotning eng asosiy mavzulari bo`lib hisoblanadi. Q. ni G`arbda aksiologiya fani o`rganadi. U keng tarqalgan falsafiy fanlardan biridir. Hozirgi davrda Q. to`g`risida mamlakatimizda falsafa, madaniyatshunoslik, siyosatshunoslik, psixologiya, tarix fanlari turli tadqiqotlar olib bormoqdalar. Sobiq ittifoqda qadriyat mavzusi 60-yillargacha tadqiq etilmas edi. Hozirgi O`zbekistonda bu masalaga diqqat-e`tibor kengaydi. Negaki, Q. mustaqillikni mustahkamlaydigan ma`naviy omildir. Ko`pchilik kishilar qadrlanadigan narsalar, hodisalar, masalan, qimmatbaho buyumlarni qadriyat deyishadi. Aslida esa ana shularning ijtimoiy ahamiyati Q. ning haqiqiy bahosini aniqlaydi. Biror narsa, voqea yoki hodisaning qadri uning moddiy-iqtisodiy bahosidan katta farq qilishi mumkin. Mas., ming yil ilgarigi buyumni hozir ishlatish mumkin emas. Uning iqtisodiy qiymati kam, ammo, meros sifatidagi qadri ancha salmoqli bo`lishi mumkin. Q. tarixiy va zamonaviy bo`lishi mumkin. Q. ning xilma-xil shakllari bor: moddiy, ma`naviy, umumbashariy, mintaqaviy, umuminsoniy; jamiyat hayotining sohalari bo`yicha iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy Q.; ijtimoiy ong shakllariga mos keladigan axloqiy, diniy, huquqiy, ilmiy; hayotning ijtimoiy tuzilishiga mos keladigan, milliy, sinfiy, partiyaviy Q. va boshqalar. Q. dunyoni bilishning maqsadi, bilimlarimizning haqiqatga mos kelish darajasini aniqlash mezoni yoki biror ideal tarzida ham namoyon bo`ladi. Q. ning asosiy funksiyasi ham ana shular bilan bog`liq. O`zbekiston mustaqillikka erishgandan so`ng Q.ga e`tibor kuchaydi, mamlakatimizda umuminsoniy Q. ning ustuvorligi e`tirof qilindi, milliy Q. hamda shaxs manfaatlarini umuminsoniy talablarga moslashtirish va uyg`unlashtirish asosiy vazifa bo`lib qoldi. Q. insoniyat tarixi davomida asta-sekin shakllanadi. Ularning miqdori va sifatining ortishi insoniyat taraqqiyoti qanchalik ilgarilaganligining ko`rsatkichidir. Qachonlardir, o`tmishda ba`zi Q. to`g`risida, mas., ma`rifat to`g`risida, umuman tushuncha bo`lgan emas. Bunday yangi tushunchalar asrlar o`tgan sari shakllanib, Q. qatorini boyitib boradi. Ayni vaqtda, Q. mahalliy, milliy, mintaqaviy va umuminsoniy bo`lishi tabiiydir. Chunki, qadriyat tushunchasi muayyan vaziyat va sharoitda shakllanadi. Jamiyat taraqqiy etgani sari jahonning barcha xalqlariga tegishli, ya`ni umuminsoniy Q. ko`payib boraveradi va bu o`zgarishlar insoniyat o`z rivojida qanday yangi cho`qqilarni egallayotganining belgisi bo`ladi (mas., erkinlik, tinchlik, ijtimoiy tenglik, ijtimoiy haqiqat, ma`rifat, ma`naviyat, go`zallik, yaxshilik, insonparvarlik, insoniylik, demokratiya, huquqiy jamiyat, qonunning ustuvorligi, xotin-qizlar ozodligi va b.). Qisqasi, Q. deganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo`lgan barcha narsalar tushuniladi (mas., erkinlik, tinchlik, yaxshilik). Moddiy Q. haqiqiy qadriyatlarning namoyon bo`lish vositalaridir (mas., hayotda kerak bo`ladigan turli buyumlar). Insoniyat tarixi unga xizmat qiladigan, o`zi yaratgan, suyanadigan va qo`llab quvvatlaydigan Q. dunyosining kengayish, boyish va takomillashish tarixidir. Insoniyat o`zining kundalik mehnati bilan yaratayotgan sun`iy narsalar dunyosida yashaydi. Biz yaratayotgan ushbu moddiy va ma`naviy boyliklar olamining gultoji, sarasi Q. dir. Q. va qadriyat mezonlari kishilarga, ularning xulq-atvorini tartibga solish va to`g`ri yo`naltirishga xizmat qiladi. Bunday o`ziga xos boshqarishning samaradorligi kishilarimizning Q. olamini bilishiga bog`liq. (YAna q. Milliy qadriyatlar).
Download 14.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling