Xalqaro jamoani boshqarish xususiyatlari


Download 61.62 Kb.
bet1/3
Sana17.10.2023
Hajmi61.62 Kb.
#1706304
  1   2   3
Bog'liq
2-mavzu

Xalqaro jamoani boshqarish xususiyatlari

Reja

  • Xalqaro jamoani boshqarishning mas’uliyati.
  • Xalqaro menejerning vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlovchi qobiliyati.
  • Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirish omillari.
  • Global menejerning qabul qiluvchi mamlakatlarda inson resurslarini boshqarishdagi farqlar.
    • Xalqaro menejer odatda bosh kompaniya joylashgan mamlakatda o’z darajasidagi rahbardan ko’ra kengroq doiradagi majburiyatlarni bajaradi. Eng avvalo u qabul qiluvchi mamlakat sharoitlarida faoliyat ko’rsatishga moslashishi hamda o’z korporatsiyasi aktivlarini yo’qotish imkoniyatini bartaraf qilish uchun, shuningdek qabul qiluvchi mamlakat hukumati yoki raqobatchilar xatti-harakatlari sababli bozordagi o’z ulushining qisqarishiga qarshi choralar ko’rishi kerak. Bundan tashqari, u yuqori martabali hukumat a’zolari bilan muloqotlar olib boradi va demak, siyosatchilar va diplomatlarga zarur bo’lgan qobiliyatlarga ega bo’lishi kerak. U o’z xorijiy faoliyati va xususan qaror qabul qilish jarayonida ikkita asosiy savolga: 1) Kim bilan ish olib borayapman? 2) O’z xorijiy sherigimdan nima kutishim mumkin? degan savollarga javob topish uchun chet ellik sheriklar to’g’risida to’la axborotga ega bo’lishi zarur. Bunda sheriklar bilan to’g’ridan-to’g’ri vositachilarsiz ishbilarmonlik munosabatlari o’rnatishga harakat qilishi lozim.

Xalqaro menejer vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlovchi qobiliyatlarga quyidagilar kiradi:

  • xorijiy davlat sharoitlariga tez moslasha olish;
  • xalqaro tafovutlarni e’tiborga olib fikrlay olish va ish manfaati yo’lida ularni yengish;
  • yaratuvchan tashabbus;
  • oldindan ko’zlangan reja bo’yicha harakat qilish;
  • chet ellik sheriklar bilan muloqotda egiluvchanlik va kompaniya manfaatlarini himoya qilishda qat’iyat;
  • sof vijdonlilik;
  • qabul qilinuvchi qarorlarning to’g’riligi;
  • kutilmagan vaziyatlarga hozirlik;
  • berilgan imkoniyatlardan eng yaxshi variantini tanlash imkoniyati;
  • tadbirkorlik;
  • hamkorlikka intilish;
  • uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirishni istamaslikning yo’qligi;
  • maqsadga intiluvchanlik; muloqotga oson kirishish; chet tilini bilish; jamoada ishlash va ishontira olish; chet elliklarning urf-odatlari va madaniyatiga sabrli bo’lish; ruhiyat mustahkamligi; yaxshi umumiy salomatlik; oilada yaxshi munosabatlar; fikrni tez jamlay olish va harakatlarga tayyor bo’lish; ierarxik tuzilma, ya’ni har bir bo’ysunuvchi bitta rahbarga ega tuzilma o’rniga keluvchi matritsali boshqaruv tizimi sharoitlarida ishlay olish; chet elda ishlash istagi.

Download 61.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling