Mavzu: Elekt


Download 447.27 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi447.27 Kb.
#1527434
  1   2   3
Bog'liq
Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash

Mavzu:Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash

Reja:

1.KIRISH

2.Davlat tomonidan ko’riladigan chora tadbirlar

3. O’zbekiston QYaOJning Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko’rish va boshqarish bo’limining asosiy faoliyat yo’nalishlari:

4. Aholi bilan ishlash

5.Ta’lim muassasalaridagi ishlar

KIRISH

O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati faoliyatida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko’rish va ularni bartaraf etish bo’yicha ishlar eng muhim yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Bu ishlar O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari (hokimliklar, mahalla qo’mitalari) va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish bo’yicha Davlat tizimi doirasida hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti agentliklari, davlat va nodavlat tuzilmalari bilan ikki tomonlama munosabatlar nuqtai nazaridan manfaatdor bo’lgan sheriklar bilan yaqin hamkorlikda olib boriladi.

Davlat tomonidan ko’riladigan chora tadbirlar

  • Davlat hukumati tomonidan tasdiqlangan Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va chora-tadbirlar davlat tizimida bizning Jamiyatimiz O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 515-sonli qaroriga muvofiq, uning funksional tuzilmasining rolini belgiladi:
  • O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi va Favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining boshqa funksional quyi tizimlari bilan birgalikda aholini favqulodda vaziyatlarda bemorlar va jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatishiga tayyorgarligi bo’yicha ishlar olib borish.

Davlat tomonidan ko’riladigan chora tadbirlar

  • Favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining funksional va hududiy quyi tizimlariga sanitariya drujinarini tashkil etishda, ularni jihozlash, tayyorlash va ularga yuklangan vazifalarni bajarishga tayyorlik holatini kuzatishda yordam berish.
  • Xalq ta’limi va sog’liqni saqlash organlari bilan birgalikda umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida sanitariya postlarini tashkil etish va o’qitish.
  • O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari, birinchi navbatda Yo’l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xodimlari, kursantlar, haydovchilar va avtotransport xodimlari uchun qurbonlarga birinchi tibbiy va boshqa yordam ko’rsatish amaliyotiga shartnoma asosida o’qitishni tashkil etish.

Download 447.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling