13-mavzu: ishsizlik reja: “ishsizlik”ning iqtisodiy mohiyati
Download 15.43 Kb.
|
Ишсизлик
13-mavzu: ishsizlikreja:1. “ishsizlik”ning iqtisodiy mohiyati2. “ishsiz”, deb e'tirof etish shartlari3. ishsizlik sabablari, turlari va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlariiqtisodiy faol aholi, bandlar va ishsizlar soni, 2018 y.
Xalqaro andozalarga ko'ra haftasiga kamida 2 soat ishlab, daromad oladigan shaxslar ishsiz, deb hisoblanmaydi. Iqtisodiy nuqtai nazardan ishsizlik deganda — ishchi kuchining ish joyi bilan ta'minlanmaganligi va natijada, uning biron-bir qonuniy daromad manbaiga ega bo'lmasligining muayyan (aniq) holati tushuniladi ishdan bo'shatish ishdan ixtiyoriy ketish mehnat bozoriga ilk bor kirib kelish Ishsiz qolish sabablari Ishsizlikning paydo bo'lishiga olib keluvchi omillar: iqtisodiy raqobat, xususan, mehnat bozorida; ishchi kuchiga bo'lgan talab va taklifning kasblar, mutaxassisliklar bo'yicha mos kelmasligi; ishlab chiqarishning pasayishi; an'anaviy tarmoqlarda ishlab chiqarishning to'xtatilishi; texnologik qoloq korxonalarning yopilishi va b. Xalqaro tashkilotlar ta'rifiga ko'ra «ishsiz shaxslar» deganda — ishga ega bo'lmagan, ishlashga tayyor va ish izlayotgan fuqarolar tushuniladi. Ushbu shartlarga rioya qilgan holda, turli mamlakatlarda fuqaroni ishsiz shaxs deb e'tirof etish uchun qo'shimcha shartlar talab qilinadi. AQShda, so'nggi bir hafta mobaynida ish bilan band bo'lmagan, so'nggi to'rt hafta davomida ishga joylashishga (bevosita ish beruvchiga yoki ish bilan ta'minlash davlat xizmatiga murojaat etish orqali) harakat qilgan, mehnat qilish qobiliyatiga ega bo'lgan fuqarolar, ishsiz shaxs deb e'tirof etiladilar. Buyuk Britaniyada so'nggi bir hafta mobaynida ishlamagan, shu davr mobaynida ish qidirgan yoki kasalligi tufayli ish qidirish imkoniyatiga ega bo'lmagan Yaponiyada ishsiz shaxs deb, so'nggi bir hafta davomida bir soat ham ishlamagan Ayrim mamlakatlarning qonun hujjatlariga binoan, ishsiz deb, ishdan bo'shatilgan va mehnat stajiga ega bo'lgan fuqarolar tushuniladi. O'zbekistonda ishsiz shaxs deb, mehnatga qobiliyatli, ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo'lmagan, ish qidiruvchi shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro'yhatga olingan, mehnat qilishga, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o'tishga, malakasini oshirishga tayyor mehnatga qobiliyatli shaxslar e'tirof etiladi. O'zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi qonuni Ishsiz shaxs, deb e'tirof etish uchun quyidagi to'rt shart mavjud bo'lishi lozim fuqaro mehnatga qobiliyatli bo'lishi va amaldagi qonun hujjatlariga binoan pensiya ta'minoti huquqiga ega bo'lmasligi; fuqaro ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo'lmasligi (agar, fuqaro asosiy ishini yo'qotgan, lekin o'rindoshlik asosida boshqa korxonada ishlayotgan bo'lsa, u ish bilan band bo'lgan deb hisoblanadi); fuqaro ishlashga tayyor bo'lishi (mahalliy mehnat organiga ish qidirib rasmiy murojaat qilish, belgilangan muddatlarda mehnat organida qaytadan ro'yhatdan o'tib turish va taklif qilingan maqbul ishni qabul qilish holatlari); fuqaro barcha tegishli hujjatlarni taqdim qilgan holda mahalliy mehnat organida ish qidiruvchi shaxs sifatida ro'yhatdan o'tishi lozim. Paydo bo'lish xususiyati (friktsion, tarkibiy, tsiklik) Namoyon bo'lish xususiyati (ochiq, yashirin) Davomiyligi (qisqa va uzoq muddatli) Insonning mehnat faoliyatiga munosabati (ixtiyoriy, majburiy) Tarqalish joyi (mintaqaviy, milliy) Ishsizlik turlarini guruhlash mezonlari
Download 15.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling