Axborot tizimlari


Download 2.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/148
Sana15.08.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1667244
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   148
Bog'liq
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)

 
 
 


72 
5- bob Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari 
5.1 Ma’lumotlar banki tushunchasi va uning tarkibi 
 
Axborot bilan ta’minlash tizimlarining rivojlantirilishi foydalanuvchilarning 
axborotga bo’lgan extiyojlarini qondirishda avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bankiga 
o’tish imkoniyatini yaratdi.
Ma’lumotlar banki – zaruriy axborotni olish maqsadida ma’lumotlarni 
markazlashgan holda saqlash va jamoa bo’lib foydalanish uchun mo’ljallangan 
axborotli, tematik, dasturiy, tillar, tashkiliy va texnik (saqlanayotgan ma’lumotlar 
hamda texnologik jarayonda band personalni qo’shganda) vositalarining tizimi 
sifatida ifodalanishi mumkin. 
Ma’lumotlar banki uni ishlashi va qo’llanilishini ta’minlab beruvchi dasturiy 
to’plamlari bilan birgalikda avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki deb ataladi[24,25].
Avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki inson-mashina tizimidan iborat bo’lib, 
ichki foydalanuvchilar hamda kompyuter, kommunikatsiya texnikasi asosida 
axborotni zaruriy qayta ishlash va uzatishni amalga oshiruvchi texnologiyaning 
axborot jarayonlarini o’z ichiga oladi. Ma’lumotlar bankiga quyidagi asosiy talablar 
qo’yiladi: 
 muammoli sohaning holatiga axborotning mos kelishi; 
 ishlashning ishonchliligi; 
 tezkorligi va unumdorligi; 
 foydalanishning oddiy va qulayliligi; 
 foydalanishning ommaviyligi; 
 axborotning ximoyalanganliligi; 
 kengaytirish imkoniyatlarining mavjudligi. 
Ma’lumotlar bankining tarkibi unga yuklatilgan vazifalar va echilishi kerak 
bo’lgan masalalarning hususiyatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ma’lumotlar 
bankining asosiy vazifalari quydagilardan iborat: 
 axborotni saqlash va uni himoyalashni tashkil etish; 
 saqlanilayotgan ma’lumotlarning davriy dolbzarbligini ta’minlash;
 foydalanuvchilar va amaliy dasturlarning so’rovlari bo’yicha ma’lumotlarni 
izlash va tanlash; 
 olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va belgilangan shaklda natijalarni 
chiqarish. 
Ma’lumotlar bankining tarkibiy elementlari qatoriga quyidagilar kiradi: 
1) bir yoki bir necha ma’lumotlar bazasi; 
2) ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi (MBBT); 
3) masalalarni echishning amaliy dasturlar to’plami; 

Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling