4-guruh Faxriddinov Sirojiddin


Download 21.59 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi21.59 Kb.
#224121
  1   2
Bog'liq
farm kimyo 1 faxriddinov


4-guruh Faxriddinov Sirojiddin

1-LABORATORIYA MASHG‘ULOT: Farmatsevtika soxasida dori vositalarining sifatini ta’minlash konsepsiyasi va sifat tizimi. Dori vositalarining sifatini ta’minlashda me'yoriy hujjatlar.


  1. DF X bo’yicha “Eruvchanlik” termini deganda nimani tushunasiz?

  2. DF X va DF XI da keltirilgan shaartli terminlarning nomlarini va erituvchi – modda nisbatini tushuntirib bering.

  3. Mo’tadil eriydi ” deganda nimani tushunasiz?

  4. DF X va DF XI da keltirilgan “Eruvchanlik” bo’yicha talablarning o’xshashligi va farqini tushuntiring.

1. Dori moddalarning eruvchanligi deganda ularning Davlat farmakopeyasi talabiga ko‘ra turli erituvchilarda erish hossasi tushuniladi.

Qaysi erituvchida moddaning qay tarzda erishi me’yoriy hujjatda keltiriladi. Odatda moddaning eruvchanligi ma’lum darajada uning tozaligini ham belgilaydi. Lekin eruvchanlik moddaning tozaligi ko‘rsatkichi hisoblansa, farmakopeya maqolasida bu haqda mahsus ko‘rsatiladi.

Dori vositalarini standartlashdagi me‟yoriy hujjatlar

Me‘yoriy hujjatlar dori vositalarini tayyorlash sifatini nazorat qilish, ishlatilishi va saqlanishining shart-sharoitlari belgilangan va qonun makomiga ega bo’lgan hujjatlar bo’lib, ular dori vositasining sifatini yaxshilash va samaradorligini oshirish maqsadida, ilm-fan yutuklari, ishlab chiqarish korxonalarining ilgor texnologiyalarini e‘tiborga olgan xolda vakti-vakti bilan kayta ko’rilib, eskirgan sifat ko’rsatgichlari va tahlil usullari yangilab boriladi.

Dori vositalarining sifatini nazorat qilish va standartlashdagi me‘yoriy hujjatlarning quyidagi turlari mavjud:

• Vaktinchalik farmakopeya maqolasi – VFM (VFS).

• Farmakopeya maqolasi – FM (FS).

• Davlat farmakopeyasi – DF (GF).

• Umumiy farmakopeya maqolasi – UFM (OFS).

• Tarmoq standarti – TSt (OSt)

• Korxona standarti – KSt (StP)

• Rahbarli me‘yoriy hujjat (yulnoma, uslubiy ko’rsatma).

Farmakopeya – dori vositalarining sifatli tayyorlanishini, sifat va miqdoriy nazoratni belgilovchi, nomlanishi va saqlash sharoiti ko’rsatilgan davlat standartlari yigindisidir. Davlat farmakopeyasi farmakopeya maqolalari, umumiy fizikaviy – kimyoviy, kimyoviy va biologik tahlil usullari, qo’llaniladigan reaktivlar, titrlangan eritmalar, indiqatorlar va dori vositalariga bo’lgan umumiy talablar va me‘yoriy hujjatlar haqidagi ma‘lumotlar tuplami bo’lib, qonuniy makomga ega bo’lgan hujjatdir.

«Eruvchanligi» bo’limida dori moddasining suv, 95%li spirt, xloroform va efirdagi nisbiy eruvchanligi ko’rsatilib, lozim bo’lgan taqdirda boshqa erituvchilar ham ko’rsatilishi mumkin. Eruvchanlikni baxolashda Davlat farmakopeyasida keltirilgan eruvchanlik atamalaridan foydalaniladi.

2. «Tasvirlanishi» bo’limida dori vositasining tashqi ko’rinishi (fizik xolati, rangi, xidi), saqlash jarayonida havo va yorug’lik nuri ta‘sirida o’zgarishi mumkinligi, gigroskopikligi haqida ma‘lumot beriladi. Zaharli va kuchli ta‘sir etuvchi dori vositalari uchun xidini aniqlash tavsiya etilmaydi. Hozirgi vaktda dori moddalarning (rangsizlik) oqlik darajasi va yaltiroqlilik darajasini aniqlashda qaytar spektrofotometrik usuldan ham foydalanilyapti.

«CHinligini aniqlash» bo’limida, dori moddasi uchun xos bo’lgan 2-3ta kimyoviy sifat reaksiyasi, shuningdek ultrabinafsha va infraqizil yutilish spektrlari va boshqa ma‘lumotlar keltiriladi.

«Eruvchanligi» bo’limida dori moddasining suv, 95%li spirt, xloroform va efirdagi nisbiy eruvchanligi ko’rsatilib, lozim bo’lgan taqdirda boshqa erituvchilar ham ko’rsatilishi mumkin. Eruvchanlikni baxolashda Davlat farmakopeyasida keltirilgan eruvchanlik atamalaridan foydalaniladi.


Dori moddasining qaynash, suyuklanish va qotish harorati, shuningdek zichligi, solishtirma burish burchagi, nur sindirish ko’rsatgichi, solishtirma nur yutish ko’rsatgichi va boshqa fizikaviy konstanalari ayrim bo’lim holida berilib, me‘yoriy ko’rsatgichlarning quyi va yuqori qiymatlari keltiriladi.

Dori moddasi eritmasining tiniqligi va rangsizligi eritmaning ma‘lum konsentratsiyasi uchun aniqlanib, rangli va loyqa eritmalar uchun loyqalik darajasi yoki ranglilik darajasining son yoki bu eritmalarning tegishli yutilish spektrlari keltiriladi.

Dori moddasi eritmasining kislotaliligi yoki ishqoriyligi indiqatorlar yordamida aniqlanganda kislota yoki ishqorlarning 0,01 mol/l gacha konsentratsiyadagi eritmalaridan foydalanib, eritmaning pHi potensiametrik usul bilan o’lchanadi.

«YOt xususiy aralashmalarini aniqlash» bo’limida moddani saqlash jarayonida hosil bo’luvchi birikmalarning yo’l qo’yish mumkin bo’lgan me‘yorlovchi ranglilik etalonlari yoki boshqa zamonaviy usullar, masalan xromatografik usul ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Bu maqsadda xromatografik usuldan foydalanilgan bo’lsa sorbent turi, qo’zgaluvchan faza tarkibi, tekshiruvchi modda va standart namuna (guvox)ning miqdori, xromatografiyalash vaqti, ochuvchi reaktiv turi va jarayonni belgilovchi barcha shart – sharoitlar keltiriladi.

«Organiq erituvchilar qoldigi» bo’limi dori vositasini tayyorlash texnologiyasida zaharli erituvchilardan foydalanilsa yoki dori moddasini olishning oxirgi bosqichida organiq erituvchi ishlatilgan taqdirda MTXga kiritiladi.

«Xloridlar», «Sulfatlar» va boshqa bo’limlarda bu aralashmalarning yo’l qo’yilgan me‘yoriy chegaralari ko’rsatiladi.

«Sulfat kuli va og’ir metallar» bo’limida dori moddasining tortmasi, sulfat kulining va og’ir metallarning miqdoriy me‘yorlari keltiriladi.

«Margimush» bo’limida yot aralashma holidagi mыshyakning yo’l qo’yish mumkin bo’lgan miqdoriy oraliqlari yoki uning dori moddasida bo’lmasligi talablari ko’rsatiladi.

«Zaharliligi», «pirogenligi», «gistamin ta‘siriga ega bo’lgan moddalar» bo’limlarida tajriba o’tkazilgan hayvon turi, test-doza, moddani hayvonga yuborish usuli va tajribani olib borish muddati ko’rsatiladi.

«Sterilligi» bo’limi dori shaklini sterillash mumkin bo’lmagan taqdirda kiritiladi.

«Mikrobiologik tozaligi» bo’limida mikroorganizmlarni aniqlash usullari va ularning yo’l qo’yilgan miqdoriy chegaralari ko’rsatiladi.

«Miqdorini aniqlash» bo’limida dori vositasidagi asosiy moddaning miqdoriy tahlil usuli keltirilib uning foiz miqdori yoki faolligining milligrammlardagi ta‘sir birligi keltiriladi.

«Qadoqlash» bo’limida me‘yoriy hujjat ko’rsatilgan holda dastlabki qadoqlash (banka, ampula, flakon, paket va b.), mahsulotning birlamchi qadoqdagi miqdori (masalan: idishdagi tabletkaning miqdori), ikkilamchi qadoq (me‘yoriy hujjat, birlamchi qadoq miqdori va germetiklash yo’llari va boshqalar ko’rsatilgan holda) haqidagi ma‘lumotlar keltiriladi. Tashilish qadog’i (tara) ko’rsatilganda tegishli me‘yoriy hujjatga ishora beriladi. Qadoq dori vositasining belgilangan yaroqlilik muddati davrida saqlanuvchanligini ta‘minlashi dozim.

«YOrliqlash» bo’limi dori vositalarini grafik jixozlash bo’yicha RN 19-11 talablari bo’yicha, MIBPlar uchun esa RD 42-28-36 talablari asosida rasmiylashtiriladi.

«Tashilishi» bo’limida amaldagi standartga ishora berilib, agar lozim topilsa mahsulotni transportga yuklash va tushirish shartlari va tashilgandan keyingi munosabat yuzasidan talablar ko’rsatiladi.

«Saqlanishi» bo’limida mahsulotning sifatini va tovar holatini ta‘minlovchi saqlash sharoiti, lozim topilganda esa mahsulotni tashqi omillar (namlik, kuyosh nuri, harorat) ta‘siridan extiyotlash talablari ko’rsatiladi. Zaharli, kuchli ta‘sir etuvchi, psixotrop, narkotik vositalar va prekursorlar guruxiga kirgan dori vositalari uchun ularni saqlashning o’ziga xos tomonlari keltiriladi (amaldagi ro’yxatga ko’ra, A va B ro’yxat bo’yicha).

«YAroqlilik muddati» bo’limida dori vositasini ishlatish mumkin bo’lgan vakt muddati ko’rsatiladi.

«Asosiy farmakologik ta‘siri» bo’limida dori moddasining farmarmakologik ta‘siri ko’rsatiladi.


3. Farmakopeyada moddaning eruvchanligini belgilash uchun shartli atamalar qabul qilingan bo‘lib, ular jadvalda keltirilgan.


Download 21.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling