Axborot tizimlari va tex


Download 273.61 Kb.
bet5/5
Sana24.12.2022
Hajmi273.61 Kb.
#1052279
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
ESHONQULOV ZAHIRIDDIN 501-22guruh2

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan YEXHTning kamsonli millatlar masalalari bo‘yicha Oliy komissari idorasi o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollariga oid, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.


  • Uchrashuvda O‘zbekiston bilan YEXHTning kamsonli millatlar masalalari bo‘yicha Oliy komissari idorasi o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollariga oid, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

  • K.Vollebek 2010 yilning iyunida Qirg‘izistonning janubiy hududlarida yuz bergan fojeali voqealar paytida O‘zbekiston tutgan pozitsiyaga yuksak baho berib, bunday har tomonlama puxta o‘ylangan og‘ir-vazmin yondashuv mojaroning avj olishi va davlatlararo qarama-qarshilikka aylanib ketishining oldini olish imkonini berganini alohida qayd etdi.

  • XX asr oxiri XXI asr boshlari xalqaro terrorizmga qarshi keskin kurash davri bo‘ldi. Bu kurashga O‘zbekiston o‘zining katta hissasini qo‘shmoqda. Buni AQSH senatorlaridan Liberman tasdiqlab: “O‘zbekistonsiz bizning Afg‘onistondagi aksilterrorchilarga qarshi kurashimiz muvaffaqiyatli bo‘lmas edi”, degan edi.

  • O‘zbekistonning ichki rivoji va jahonda o‘zining munosib o‘rnini topishida Yevropa Ittifoqi (YEI) bilan hamkorliklar ham o‘z hissasini qo‘shmoqda.

  • O‘zbekiston bilan YEI o‘rtasidagi bitim 1996 yil 21-22 iyun kunlari Italiyaning Florensiya shahrida YEI davlatlari rahbarlarining yig‘ilishida O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov tomonidan imzolandi. Florensiyaning “Fortezza de basso” qal’asida Yevropa Ittifoqiga kiruvchi davlatlar va hukumat boshliqlarining navbatdagi uchrashuvi – sammitida imzolangan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bu hujjat O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil kirib borishida, o‘z o‘rni va ovoziga ega bo‘lishida katta ahamiyat kasb etdi.

Prezident I.A.Karimov ushbu bitimni “O‘zbekiston bilan YEI o‘rtasidagi munosabatlarda “Yangi turmush nuqtasi”, deb atagan edi.


  • Prezident I.A.Karimov ushbu bitimni “O‘zbekiston bilan YEI o‘rtasidagi munosabatlarda “Yangi turmush nuqtasi”, deb atagan edi.

  • Mazkur bitim O‘zbekistonni Yevropaning rivojlangan davlatlari bilan har tomonlama aloqalari respublika salohiyatini yuzaga chiqarishda, demokratiya va bozor islohotlarini amalga oshirish yo‘lida muvaffaqiyatli harakat qilish uchun katta imkoniyat yaratdi. Xususan, Italiya, GermaniyaFransiya, Buyuk Britaniya kabi ilg‘or davlatlar bilan bo‘layotgan hamkorliklar davlatlarning iqtisodiy, madaniy aloqalarida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ilm-fan, madaniyat, san’at, ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlikning keng ko‘lamda olib borilishi ham respublika taraqqiyoti uchun muhim omil bo‘lib xizmat qildi.

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2011 yil 24 yanvarda Bryusselga amalga oshirgan taklifi Yevropa va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikda yana bir yangi davr ochdi. Yevropa Ittifoqi Komissiyasi Prezidenti Joze Manuyel Barozzo bilan uchrashuv va ikki o‘rtada moliyaviy va texnikaviy hamkorlik loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risidagi memorandumning imzolanishi muhim ahamiyat kasb etdi. J.M.Barozzo Yevropa Ittifoqining 2007 yilda qabul qilingan “Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasi”ni amalga oshirilishida O‘zbekiston hissasini yuqori baholadi.

  • Shuningdek, tashrif jarayonida O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqi diplomatik vakolatxonasini ta’sis etishga kelishildi. Bu bundan buyongi ikki tomonlama muloqotning samaradorligi va sifatini oshirishga imkon beradi.


http://azkurs.org JIZZAX-2022yil
Download 273.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling