Axborot tizimlari va tex
Download 273.61 Kb.
|
ESHONQULOV ZAHIRIDDIN 501-22guruh2
Xalqaro tashkilotlar odatda davlatlararo va jamoat birlashmalariga bo‘linadi. Davlatlararo birlashmalar bevosita xalqaro munosabat va faoliyat me’yorlarini yaratish funksiyasiga ega. Chunki ular davlatlar – xalqaro huquqning asosiy subyektlari tomonidan tashkil etiladi. Ular o‘z o‘rnida turli tashkilot va harakatlarga bo‘linishi mumkin (masalan, “Qo‘shilmaslik” harakati yoki “77 lar” guruhi).Xalqaro tashkilotlar odatda davlatlararo va jamoat birlashmalariga bo‘linadi. Davlatlararo birlashmalar bevosita xalqaro munosabat va faoliyat me’yorlarini yaratish funksiyasiga ega. Chunki ular davlatlar – xalqaro huquqning asosiy subyektlari tomonidan tashkil etiladi. Ular o‘z o‘rnida turli tashkilot va harakatlarga bo‘linishi mumkin (masalan, “Qo‘shilmaslik” harakati yoki “77 lar” guruhi). Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatida qo‘llanadigan atamalarda davlatlararo tashkilotlar “Xalqaro hukumatlararo tashkilotlar” deb yuritiladi. Xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning davlatlararo tashkilotlardan farqi shundan iboratki, ular doimiy qarorgohiga, xalqaro fuqaroviy xizmatiga, o‘z byudjetiga ega bo‘lib, unga a’zo davlatlar xalqaro huquq subyektlari hisoblanadi. Shuningdek, ushbu tashkilotlar o‘z vakolatlari doirasida xalqaro shartnomalar tuzishi, turli majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi mumkin. Hozirgi kunda dunyoda har xil mazmun va maqsadga bo‘ysundirilgan 2,5 mingdan ortiq xalqaro tashkilot mavjud. Jahonda 350 dan ortiq hukumatlararo tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda. Xalqaro tashkilotlar davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda maqsad va manfaatlari, harakat yo‘nalishlariga, jahon siyosatida tutgan o‘rni va roliga qarab turlicha ahamiyat kasb etadi. Ular turli tarixiy sharoitlarda vujudga kelgan bo‘lib, siyosiy faoliyat subyektlari sifatida bir-biridan farq qiladi va xalqaro siyosatda turlicha mavqeni egallaydi. O‘zbekistonning tashqi siyosatda mintaqalararo xavfsizlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlar faoliyatidan, ularning dasturlaridan ham keng foydalanishi istiqbolli natijalarni ko‘rsatadi. Ko‘pgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, NATO, EKO, Islom konferensiyasi, Qo‘shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorliklar yo‘lga qo‘yildi. 1994 yil iyul oyida O‘zbekiston NATOning “Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik” dasturiga qo‘shildi. Bu dasturga ko‘ra O‘zbekiston harbiy qismlari Shimoliy Karolina (AQSH) dagi Kemp Lejyup dengiz piyodalari poligonida o‘tkazilgan harbiy mashqlarda, O‘zbekiston hududida amerikaliklar bilan o‘tkazilgan desantchilarning “Ultrabalans-96” harbiy mashqlarida qatnashdilar. Shuningdek, Respublika harbiy bilim yurti talabalari 1997 yil Norvegiyada o‘tkazilgan “Kooperativ bankers-97” mashqlarida ham qatnashdilar. Bu kabi hamkorliklar jangchilarimiz uchun o‘ziga xos mahorat maktabi, tajriba bo‘lib, ularning jangovarlik qobiliyatini oshirishlariga yordam berdi. 1999 yil aprelda I.A.Karimovning NATO (Shimoliy Atlantika Ittifoqi) qoshidagi “Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik” dasturida ishtiroki Markaziy Osiyo mintaqasida kollektiv xavfsizlik va barqarorlikning keng tizimini vujudga keltirishni rejalashtirishda O‘zbekistonning ishtirokini kafolatladi.O‘zbekistonning tashqi siyosatda mintaqalararo xavfsizlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlar faoliyatidan, ularning dasturlaridan ham keng foydalanishi istiqbolli natijalarni ko‘rsatadi. Ko‘pgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, NATO, EKO, Islom konferensiyasi, Qo‘shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorliklar yo‘lga qo‘yildi. 1994 yil iyul oyida O‘zbekiston NATOning “Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik” dasturiga qo‘shildi. Bu dasturga ko‘ra O‘zbekiston harbiy qismlari Shimoliy Karolina (AQSH) dagi Kemp Lejyup dengiz piyodalari poligonida o‘tkazilgan harbiy mashqlarda, O‘zbekiston hududida amerikaliklar bilan o‘tkazilgan desantchilarning “Ultrabalans-96” harbiy mashqlarida qatnashdilar. Shuningdek, Respublika harbiy bilim yurti talabalari 1997 yil Norvegiyada o‘tkazilgan “Kooperativ bankers-97” mashqlarida ham qatnashdilar. Bu kabi hamkorliklar jangchilarimiz uchun o‘ziga xos mahorat maktabi, tajriba bo‘lib, ularning jangovarlik qobiliyatini oshirishlariga yordam berdi. 1999 yil aprelda I.A.Karimovning NATO (Shimoliy Atlantika Ittifoqi) qoshidagi “Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik” dasturida ishtiroki Markaziy Osiyo mintaqasida kollektiv xavfsizlik va barqarorlikning keng tizimini vujudga keltirishni rejalashtirishda O‘zbekistonning ishtirokini kafolatladi. Download 273.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling