Axborot tizimlarida foydalanishni biometrik nazoratlash algoritmlari va vositalarini ishlab chiqish
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Yuz autentifikatsiya
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 1 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1005 AXBOROT TIZIMLARIDA FOYDALANISHNI BIOMETRIK NAZORATLASH ALGORITMLARI VA VOSITALARINI ISHLAB CHIQISH Abdullaziz Abduxalimov Muhammad-al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Rahbar: Nizomiddin Ochilov ANNOTATSIYA Hozirgi kunda kunda axborot oqimi kuchayib va tobora zamonaviy texnologiyalar yaratilayotgan bir davrda barchani kiyberxavfsizlik va daxlsizlik masalasi o’ylantirib kelmoqda. Bu borada biometrik uslubdan foydalanish va uning algoritmini takomillashtirish haqida quyidagi maqolada qisqa tahliliy ma’lumot va xulosalar keltirilgan Kalit so‘zlar: Texnologiya, axborot, kiyberxavfsizlik, autentifikatsiya, malumotlar bazasi Yangi texnologiyalar, elektron xizmatlar bizning kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Jamiyat kundan-kun axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga tobora ko'proq qaram bo'lib borayotganligini hisobga olib, ushbu texnologiyalarni himoya qilish va ulardan foydalanish milliy manfaatlar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega va juda muhim mavzuga aylanmoqda. 1 Zamonaviy sharoitda, kiberxavfsizlik masalalari alohida kompyuter vositasida axborot xavfsizligi darajasidan har bir davlatning axborot va milliy xavfsizligining ajralmas qismi sifatida yagona kiberhavfsizlik tizimini yaratish darajasigacha boradi 2 . Shu sababli, har bir tashkilot uchun kiberxavfsizlikni ta’minlash maqsadida mazkur soha bilan shugullanuvchi xodimlar jalb qilinmoqda va xodimlarni kiberxavfsizlikka oid bilimlar bilan doimiy tanishtirib borish uchun qator seminartreyning mashg’ulotlari tashkil etilmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida ham kiberxavfsizlikni fan sifatida o’tilishi buning yaqqol misolidir. Respublikamizda axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan bir qatorda xо‘jalik va davlat boshqaruvi organlarida axboorot xavfsizligini, xususan, kompyuter bilan bog’liq bo’lgan xavfsizlik muammolarini bartaraf etish yo’nalishida alohida e’tibor qaratilmoqda 3 . 2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasida vazifalar belgilab olindi, shular qatorida «...axborot 1 Акбаров Д.Е. Ахборот хавфсизлигини таъминлашнинг криптографик усуллари ва уларнинг қўлланилиши // Тошкент, 2008, Б.-394. 2 аниев С.К., Каримов М.М., Худойқулов З.Т., Кадиров М.М. Ахборот хавфсизлиги бўйича атама ва тушунчаларнинг рус, ўзбек ва инлиз тилларидаги изоҳли луғати // Тошкент 2017, Б.-480. 3 Pfleeger, C.P. (1997) Security in Computing. Second Edition, Prentice Hall, Upper Saddle River. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 1 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling