Axborot tushunchasi -informatika sohasining asosiy resursi bu axborotdir
Download 1.26 Mb.
|
1 2
Bog'liqIIKT TAQDIMOT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot tushunchasi -Informatika sohasining asosiy resursi bu - axborotdir.
- AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA TIZIMLARI
- FANNING ASOSIY VAZIFALARI Talabalarni zamonaviy operatsion tizimlari, matnli va jadvalli axborotlarni qayta ishlash dasturlarining funktsional imkoniyatlari bilan tanishtirish
- Internet tizimi va lokal hisoblash tarmoqlarida ishlash uchun amaliy ko`nikmalarni berish.
REJA: 1.Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalari fanining predmeti va vazifalari. 2.Axborot texnologiyalarni rivojlanish tendentsiyalari. 3.Raqamli iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o'rni va vazifasi. 4.Raqamlashtirish mohiyati, kelib chiqish sabablari, shart sharoitlari va darajalari. Axborot tushunchasi -Informatika sohasining asosiy resursi bu - axborotdir. «Axborot» so'zi lotincha «information» so'zidan olingan bo'lib, biror ish holati yoki ish faoliyati haqida ma'lum qilish, xabar berish, biror narsa haqidagi ma'lumot, degan ma'noni anglatadi. Axborot - olamdagi butun borliq, undagi ro'y beradigan xodisalar va jarayonlar xaqidagi xabar va ma'lumotlardir. Axborot inson nutqida, kitobdagi matnlarda, musavvir tasvirida va boshqalarda mavjuddir. AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA TIZIMLARI Fanini o`qitishdan asosiy maqsad - talabalarni zamonaviy texnik vositalar, operatsion tizimlar va instrumental vositalardan foydalanish usullari, hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirish tamoyil va uslublari bilan chuqur hamda har tomonlama tanishtirishdan iboratdir. FANNING ASOSIY VAZIFALARI Talabalarni zamonaviy operatsion tizimlari, matnli va jadvalli axborotlarni qayta ishlash dasturlarining funktsional imkoniyatlari bilan tanishtirish Boshqaruv jarayonlarida shaxsiy kompyuterlardan foydalanishning nazariy asoslari va ularni milliy iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalariga tadbiq qilish usullarini o'rgatish. Internet tizimi va lokal hisoblash tarmoqlarida ishlash uchun amaliy ko`nikmalarni berish. Ma'lumotlar bazasini bosh qarish tizimlari va ob'ektga mo'ljallangan dasturlash tillarini o'qitish boshqaruv jarayonlarida shaxsiy kompyuterlardan foydalanishning nazariy asoslari va ularni milliy iqtisodiyotning tarmoq va sohalariga o’rgatish. “Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” fanining vazifasi - talabalarda kompyuter texnika va dasturlarida ishlash, Internet tarmog'idan yanada samarali foydalanish, iqtisodiy-moliyaviy axborotlarni shakllantirish, axborotli jarayonlar olib borish va samarali foydalanish, iqtisodiy-moliyaviy sohalarda joriy etilgan axborot komplekslari va texnologiyalari toʻgʻrisida bilimlar berishdan iborat. Kompyuter va axbopot texnologiyalaridan samarali foydalanish, amaliyotga qoʻllash jarayonlari, moliyaviy sohalarga joriy etilgan axbopot texnologiyalari to'g'risidagi bilimlar “Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari”fanining predmeti hisoblanadi. ●Axborot texnologiyalari rivojlanish tarixiga nazar solsak, ularni quyidagi bosqichlarga bo'lish mumkin: ●1950-1960 yillarda EHM va foydalanuvchilar o'rtasida muloqot maxsus tillar asosida olib borilar edi. EHMlarda faqat mutaxassislar ishlay olar edilar. ●1960-1970 yillarda EHMlar operasion tizimlar yaratilishi bilan xarakterlanib, uning yordamida bir nechta foydalanuvchilar ular bilan muloqot qilishlari mumkin bo'lardi. ●1970-1980 yillarda EHMlarda ishlashda asosiy yo'nalish insonlar tomonidan yaratilayotgan dasturiy ta'minotga bog'liq ravishda rivojlandi. Bu davrda mini EHMlar paydo bo'ldi. Bugungi kunda global iqtisodiyotda komputer va telekommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta'minot mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlar ko'rsatishni o'z ichiga olgan axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasining roli va ahamiyati ortib bormoqda. Axborot komplekslari va texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari 1-B. Axborotlarni moddiy tashuvchilarda uzoq saqlash usullariniyaratilishi bilan bog'liq. 2-B. Tahminan 6 ming yil avval boshlangan va yozuvning paydo bo'lishi bilan bog'liq. 3-B. 19-asrning ikkinchi yarmiga qadar davom etadi- "qo'l" axborot texnologiyalariga asoslanadi, undagi vositalar - qalam, siyohdon vakitob. Aloqa xatlar, paketlar, jo'natmalar pochta orqali yuborish bilanqo'lda amalga oshirilgan. Texnologiyaning asosiy maqsadima'lumotlarni kerakli shaklda taqdim etishdan iborat. 4-B. 19-asr oxiridan boshlanadi- "mexanik" texnologiya. Undagi vositalar: yozuv mashinasi, telefon, diktofon pochta orqali etkazib berishning yanada rivojlangan vositalari bilan jihozlangan. Bu texnologiyaning asosiy maqsadi qulayroq vositalar yordamida ma'lumotlarni kerakli shaklda taqdim etishdan iborat 5-B. XX asrning 40-60 yillarini qamrab oladi - "elektr" texnologiyasiga asoslangan, undagi instrumentlar -katta kompyuter va tegishli dasturiy ta'minot, elektr yozuv mashinalari, nusxa ko'chirish moslamalari, ko'chma ovoz yozish vositalaridan iborat bo'lgan. Bu bosqichda axborotlar tarkibini qayta shakllantirish rivojlantiriladi va axborot texnologiyalarining ahamiyati orta boshlaydi. 6-B XX asrning 70-yillardan boshlanadi - bu davrda "elektron texnologiyalar yaratildi. Uning asosiy vositasi katta EHM va ular asosida yaratilgan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ABT, ixtisoslashtirilgan dasturiy majmua bilan ta'minlangan axborot-qidiruv tizimlari. Turli sohalarda boshqaruv muhiti va tahliliy ishlarni tashkil etishga qaratilgan. 7-B. XX asr 80-yillari o'rtalaridan boshlangan "kompyuter" texnologiyasi, uning asosiy vositasi turli maqsadlar uchun standart dasturiy mahsulotlarning keng doirasiga ega bo'lgan mikro kompyuterdir. Bu bosqichda aniq muyaxassislarni qarur qabul qilishini qo'llab quvvatlaydigan tizimlarni yaratilishida namoyon boʻladigan ABTni shaxsiylashtirish jarayoni amalga oshirildi. 1982 yilda ISO - Xalqaro standartlar tizimini ochiq tizimlar o'zaro hamkorligi etalon modelini e'lon qilinishi bilan bogʻliq. Dunyo mamlakatlari kabi O'zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot rivojlanmoqda. Kundalik hayotimizga axborot texnologiyalarni tadbiq qilinishi ortidan oddiy insonlar uchun ko'plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Hozirga kunda uydan chiqmasdan ko'plab oziq-ovqat mahsulotlari va taomlariga buyurtma berishimiz, ularni uyimizgacha yetkazib berishlari mumkin. O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot O'zbekiston potensialiga nisbatan bir necha barobar sekinroq rivojlanmoda. Ya'ni imkoniyat bor, kerakli resurslar mavjud lekin rivojlanish ancha sust. Bunga sabab sifatida raqamli iqtisodiyotni O'zbekistonda rivojlanishini bir qancha to'siqlarini ko'rsatib o'tish mumkin. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling