Axborot tushunchasi: uning turlari, xususiyatlari va xossalari


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1575183
  1   2
Bog'liq
2-22 BIQ Abdufatayev Javoxir Falsafa



O’zbekistonning davlat 
mustaqilligini qo’lga 
kiritilishi va uning tarixiy 
ahamiyati 
Tuzuvchi: Abdufatayev Javoxir 



1. Davlat mustaqilligiga erishishda 
Xalqimizning azaliy orzusining namoyon 
bo'lishi. 

2. O'zbekiston-suveren davlat, uning 
ma'muriy-xududiy tuzilishi va boy 
imkoniyatlari. 

3. O'zbekiston Respublikasi 
Konstitusiyasi, uning asosiy tamoyillari. 
Davlat ramzlari. 
Reja: 


1-reja 

Dunyo xaritasida paydo bo'lgan yosh mustaqil davlatlar safida O'zbekiston 
Respublikasining mavjudligi jahonda yuz bergan va kelajak uchun tarixiy 
ahamiyatga ega bo'lgan ulkan voqeadir. 
O'zbekiston davlat mustaqilligi nixoyatda og'ir, uta murakkab, qaltis va 
taxlikali vaziyatda amalga oshdi. Bu paytlarda davlat mustaqilligimizga xavf-
xatar va taxdid solayotgan, uni gudakligidayok bugib uldirishga shay turgan, 
tish-tirnogigacha qurolmagan yovuz kuchlar respublikamizning xam 
ichkarisida, xam tashkarisida to'lib-toshib yotgandi. O'sha kezlarda vaziyat o'ta 
ketgan darajada xatarli tus olgandi. Vaziyatni boshqarishni eplay olmay qolgan 
sobiq Markaz mustaqillik, erkinlik yo'lida qilinayotgan xar qanday xarakatlarni 
shafqatsiz ravishda bostirib yo'q qilib tashlashga tayyor edi. 
O'zbekiston vaziyat qanchalik og'ir va mashaqqatli bo'lishiga qaramasdan va 
zarracha cho'chimasdan mustaqillik, istiqlol va erkinlik uchun dadillik bilan 
kurash boshladi. Respublika Oliy kengashining 1989 yil 21 oktyabrda 
O'zbekistonning Davlat tili haqida qabul qilgan qonuni mustaqillik yo'lidagi 
dastlabki qadam bo'ldi. 


1-reja 

Respublika Oliy Kengashi o'zining 1990 yil 24 martdagi sessiyasida o'sha 
paytdagi SSSR respublikalari ichida birinchi bo'lib O'zbekistonda prezidentlik 
lavozimini ta'sis etish haqidagi qaror qilindi. O'sha sessiyada o'tkaziladigan 
saylovda O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining birinchi kotibi Islom 
Abdug'aniyevich Karimov yashirin ovoz berish yo'li bilan O'zbekistonning 
birinchi Prezidenti etib saylandi. O'zbekistonda Prezidentlik lavozimining ta'sis 
etilib Islom Karimovning Prezident etib saylanishi mamlakatimiz mustaqillik 
yo'lidagi yangi bir yutuq edi. Moskva o'sha paytdagi ittifoqdosh respublikalar 
raxbarlari orasida islom Karimovning birinchi bo'lib prezidentlikka 
saylanganligini juda salbiy qabul qildi. 
O'zbekiston o'zining erkinlik va mustaqillik sari uzoqni kuzlagan adolatli, 
qonuniy xarakatni zarracha bo'lsa-da to'xtamasdan davom ettiraverdi. Bu 
sohada erishgan eng katta muvaffaqiyatlardan yana biri - O'zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan 
«Mustaqillik Deklaratsiyasi»dir. «Mustaqillik Deklaratsiyasi»da O'zbekiston 
Respublikasining davlat mustaqilligi e'lon qilingan. Ana shu muhim xujjatda, 
shuningdek, O'zbekiston davlatining o'z xududida barcha tarkibiy qismlarida va 
barcha tashqi munosabatlarda tanxo xokimligi, davlat xududi chegarasi 
dahlsizligi va bu xudud Xalqning muxokamasiga qo'yilmay turib, o'zgartirilishi 
mumkin emasligi belgilab qo'yilgan. 


1-reja 

Mustabid, ma'muriy-buyrukbozlik tuzumi tarafdorlari chok-chokidan smirilib 
borayotgan va siyosiy buxron botqog'iga botib qolgan Ittifoqni qanday qilib 
bo'lsa-da saqlab qolish ilinjida kurashni avj oldirib yubordilar. O'z maqsadlarini 
amalga oshirish uchun turli yo'llar, vositalar va imkoniyatlardan foydalandilar. 
Bir gurux amalparastlar 1991 yilning 19-21 avgustida Moskvada Yanayev 
raxbarligida davlat to'ntarish qilishga xam urinib ko'rdilar. Favqulodda xolat 
davlat Qo'mitasi-GKChP tuzilib M.S.Gorbachev xokimiyatdan zo'ravonlik yo'li 
bilan chetlashtirildi. Fitna qatnashchilarining asosiy maqsadlari SSSR 
tarkibidagi barcha Xalqlar va millatlarning mustaqillikni qo'lga kiritishlariga yo'l 
kuymaslik, Ittifoqdan chiqish yo'lidagi xarakatlarni bo'g'ib tashlash, eskirib, o'z 
umrini tugatib bo'lgan totalitar tuzumni xalok bo'lishdan saqlab qolish edi. 
O'zbekiston raxbariyati Islom Karimov raxbarligida g'oyatda murakkab va 
qaltis bir paytda ro'y berayotgan voqealar va siyosiy jarayonlar rivoji va 
taraqqiyotiga siyosiy xushyorlik va donolik bilan baxo berdi. O'zbekistonning 
o'z mustaqilligiga erishish uchun boshlangan xarakati kat'iy ekanligi, bu yo'ldan 
hech qachon qaytmasligi yana bor alohida ta'kidlandi. 


2-reja 

Vaziyat tobora taranglashib, Markaziy xokimiyat kalovsirab, boshqaruv 
qobiliyatini yo'qotib, siyosiy jihatdan karaxt bo'lib, kuchli inqirozga uchrab 
qolgan paytda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi 
bilan 1991 yil 31 avgustda Toshkentda Oliy Kengash YI sessiyasi chaqirildi. 
Uning O'zbekistonni mustaqil davlat deb e'lon qilinishida tarixiy ahamiyati katta 
bo'ldi. O'sha sessiyada «O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini 
e'lon qilish tug'risida» O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Qarori, 
«O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi tug'risida» Oliy Kengash 
Bayonoti, hamda «O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi Asoslari 
tug'risida» O'zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. 
Oliy Kengash qabul kilgan bu xujjatlar mustaqillik haqidagi Xalqimiz orzu-
niyatlarining ro'yobga chiqkanligining huquqiy asosi bo'ldi. 
1 sentyabr O'zbekiston Respublikasining Mustaqilligi kuni deb belgilanib va 
1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e'lon qilindi. 
Shunday qilib, O'zbekistonda davlat mustaqilligi tinch, parlament yo'li bilan, 
ijtimoiy larzalarsiz, qurbonlar va vayronagarchiliklarsiz amalga oshdi. Murakkab 
tarixiy vaziyat davlat mustaqilligi borasida erishilgan yutuqlarni 
mustaxkamlashga zudlik bilan kirishishni takozo etardi. 


2-reja 

Buning uchun, eng avvalo, Xalqning mustaqillikka munosabatini aniqlash zarur edi. Ana 
shu maqsadda Oliy Kengash 1991 yilning 29 dekabr, yakshanba kuni O'zbekiston 
Respublikasining referendumi o'tkazilishi haqida qaror qabul qildi. Ovoz berish 
referendumiga O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e'lon qilingan 
«O'zbekiston Respublikasininng davlat mustaqilligini ma'qullaysizmiq» degan savol kiritildi. 
Ovoz berish uchun tuzilgan ro'yxatga kiritilgan fuqarolar sonining 94,1 foizi ishtirok etdi. 
Saylovchilarning 98,2 foizi respublika davlat mustaqilligini quvvatlab ovoz berdi. 
O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi umumxalq tomonidan shu tariqa to'la 
ma'qulladi. O'zbek Xalqining mustaqillikka ega bo'lish hamda dunyo xamjamiyati orasida 
o'zining munosib o'rniga ega bo'lish tug'risidagi orzu-niyatlari ro'yobga chiqdi. 
Asosiy Qonun – Konstitusiyada belgilab qo'yilganidek, O'zbekiston Respublikasi 
mustaqillikning muqaddas ramzlari – Davlat Gerbi, Davlat Bayrog'i, Davlat Madhiyasiga 
ega. Ular ma'naviyatimizning eng muhim timsollari xamdir. Davlat ramzlari uning tuzumini, 
Xalqning tabiati-mentalitetini, iqtisodiy asoslarini, ma'naviyatini, ona-Vatanga iftixor va 
cheksiz xurmatni va boshqa muhim belgilarni anglatadi. Davlatimiz ramzlari-bayrok, 
tamg'a, madxiya O'zbekiston xalqlarining shon-sharafi, gururi, tarixiy xotirasi va 
intilishlarini o'zida mujassamlashtiradi. Mana shu ramzlarni e'zozlash-o'zining qadr-
qimmatini, o'z mamlakatiga va shaxsan o'ziga bo'lgan ishonchni mustaxkamlash demakdir. 
O'z mamlakati bilan faxrlanadigan inson juda ko'p narsalarga qodirdir. Bu esa oilaning xam, 
o'z Vatanining xam shon-shuxratini oshiradi. 


3-reja 

O'zbekiston davlat mustaqilligiga erishgandan keyin mamlakatda davlatni idora 
etishning zamonaviy va samarali shakli-prezidentlik shakli tizimi qaror topa 
boshladi. 1991 yil 18 dekabrda Oliy Kengashning navbatdagi YIII sessiyasida 
«O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi tug'risida» qonun qabul qildi. 1991 
yil 29 dekabrda mustaqil O'zbekiston Respublikasida birinchi marta butun 
Xalqning xoxish-istagini ifoda etgan Prezident saylovi bo'lib o'tdi. O'zbekiston 
Respublikasi Prezidenti saylovi muqobillik asosida bo'ldi. Saylovda 9 million 900 
ming 958 kishi qatnashdi. Bu barcha saylovchilar umumiy sonining 94,2 foizini 
tashkil etadi. islom Abdug'aniyevich Karimov nomzodi uchun 8 milion 514 ming 
136 kishi yoki ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi ovoz berdi. Islom 
Karimov – umumxalq ovozini qozonish yo'li bilan saylangan O'zbekistonning 
birinchi Prezidentidir. 
Prezident saylovi O'zbekistonning butun xududida chinakam demokratik 
asosda, fuqarolarning yuksak darajadagi faol ishtiroki bilan o'tkazildi. 
Dunyoning AKSh, Turkiya, Malaziya va boshqa mamlakatlaridan kelgan xolis 
kuzatuvchilar O'zbekiston Prezidenti saylovini uyushqoqlik bilan puxta tashkil 
etilganligini alohida ta'kidladilar. 


3-reja 

O'zbekiston davlat mustaqilligini jahon xamjamiyati, Xalqaro 
jamoatchilik qo'llab-quvvatladi. Xozir dunyodagi 165 mamlakat 
O'zbekiston davlat mustaqilligini tan olgan. Tarixda ilk bor, 1992 
yilning 2 martida O'zbekiston Xalqaro huquqining teng huquqli 
sub'ekti, mustaqil, yosh suveren davlat sifatida Birlashgan 
Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi va BMT binosi oldida uning 
Davlat Bayrog'i kutarildi. Mustaqillik siyosiy sohada – 
O'zbekistonning milliy manfaatlari va istiqboliga mos keladigan 
ichki va tashqi siyosatni o'zi istaganicha, biron-bir buyuk 
davlatning ta'siri doirasiga tushib qolmasdan, buyruklarga quloq 
solmasdan, o'z xalqi irodasi asosida olib borish va amalga oshirish 
huquqiga ega bo'lishdir. O'zbekistonning o'zining Asosiy Qonuni-
Konstitusiyasiga, davlat bayrog'iga, xokimiyat va boshqaruv 
idoralari tizimiga, davlat ramzlari va davlat mukofotlariga ega 
ekanligi xam uning siyosiy mustaqilligini bildiradi. 


3-reja 

Mustaqillik iqtisodiy sohada – huquqiy asosni yaratdi. Bu xaqda 1991 yil 31 
avgustda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi 
Asoslari tug'risida»gi Qonunining 7-moddasida shunday deyilgan: «O'zbekiston 
Respublikasi Davlat mustaqilligining moddiy asosi uning mulkidir». 
Mustaqillik ma'naviy sohada - bu o'zligimizni anglash, milliy qadriyatlarni, 
urf-odatlarimizni, madaniyatimiz va an'analarimizni, din va e'tikodimizni, tilimiz 
va ma'naviyatimizni qayta tiklash va rivojlantirishda erishilgan huquqdan xam 
iboratdir. 
Mustaqillik Xalqaro sohada – bu xalqaro maydonda mustaqil davlat sifatida tan 
olinishi. Mustaqil tashqi siyosat yuritish. Xalqaro munosabatlarning mustaqil 
sub'ekti. Xalqaro xamjamiyatning, xalqaro tashkilotlarning to'la huquqli a'zosi. 
Jahon xamjamiyatidan munosib urin egallash. Jahonning ko'plab mamlakatlari 
bilan diplomatik, iqtisodiy, madaniy xamkorlik tug'risida shartnoma va bitimlar 
to'zish. Ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar bilan shartnoma va bitimlar orkali 
boglanish va xamkorlik. 



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling