Axborot tushunchasi va raqamli texnologiya III. Yangi mavzu bayoni


Download 0.88 Mb.
bet1/30
Sana09.01.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1085191
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
7-SINF IXTA


5-SINF 23.09.2021 Mavzu: AXBOROT TUSHUNCHASI VA RAQAMLI TEXNOLOGIYA


III. Yangi mavzu bayoni:
«Informatsiya» so‘zi turli tillarda ishlatilib, ma’nosi turlicha talqin qilinsa ham, ularning asosida lotincha informatio so‘zi yotadi. U «tushuntirish», «tavsiflash», «xabar olish» degan ma’nolarni anglatadi. O‘zbek tilida informatsiya so‘zi axborotdeb tushuniladi. IX–X asrlarda Forobiy taxallusi bilan yashab ijod etgan yurtdoshimiz Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon bilish jarayoni ikki bosqich – aqliy bilishva hissiy bi lishdan iborat bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liq va biri boshqasisiz vujudga kelmasligini alohida ta’kidlaydi. Bilishning mazkur bosqichlari axborotsiz shakllanmaydi va demak, axborot bilishning asosini tashkil etuvchi elementhisoblanadi. Allomaning aytishicha, odamning ibtidosida avvalo «oziqlanish talabi» paydo bo‘lib, unga ko‘ra, odam ovqatlanadi. Shundan so‘nggi talablar «tashqi talablar» bo‘lib, ular bevosita tashqi ta’sir natijasida sezgi a’zolari orqali vujudga keladi. Mazkur «tashqi talablar» 5 turlidir: teri orqali sezgi; ta’m bilish sezgisi; hid bilish sezgisi; eshitish sezgisi; ko‘rish sezgisi. Forobiy «Ilm va san’atning
fazilatlari» risolasida tabiatni bilish jarayoni cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bi lishdan oqibatni bilishga, sifatlardan mohiyatgaqarab borishini va buning asosida, ilmning borgan sari ortib, chuqurlashib borishini ta’kidlaydi.
AXBOROTdeganda biz barcha sezgi a’zolari miz orqali borliqning ongimizdagi aksi yoki ta’sirini, bog‘liqlik darajasini tushunamiz.

III. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baxolash:
1. Informatika fanining o‘tmishdoshi qanday atalgan?
2. Informatika faniga asos solinishi haqida so‘zlab bering.
3. Axborot va bilish haqidagi Forobiy fikrlarini tahlil qilib be ring.
4. Axborot tushunchasini tahlil etib bering.
5. Informatika fanining asosiy rivojlanish yo‘nalishlari haqida
so‘zlab bering.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling