Axborot tushunchasi va raqamli texnologiya III. Yangi mavzu bayoni
Download 0.88 Mb.
|
7-SINF IXTA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning tarbiyaviy vazifasi
- Dars uslubi
- Dars bosqichlari Vaqti
- I. Tashkiliy qism : 1.Salomlashish. 2.Yoqlama qilish. 3.Uyga vazifani sorash. II. Takrorlash
- III. Yangi mavzu bayoni
- Tarixiy malumotlar
Mavzu: Sanoq sistemalari haqida
Darsning maqsadi: Sanoq sistemalari haqida o`quvchilara tushuncha berish. Darsning ta’limiy vazifasi: o‘quvchilarga Sanoq sistemalari haqida tushunchalar berish nazariy topshiriqlar orqali bilim berish va ko’nikmalar hosil qilish. Darsning tarbiyaviy vazifasi: o’quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga hamda dizaynlik kasbiga yo’naltirish. Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o‘quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish. Kompetensiya: TK1-kommunikativ kompetensiya 2 TK2-axborot bilan ishlash kompetensiyasi 3 TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi Dars uslubi: : Guruhlarda ishlash, tushunchalar tahlili Dars jihozi: Darslik, kompyuter, Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: 1.Salomlashish. 2.Yo'qlama qilish. 3.Uyga vazifani so'rash. II. Takrorlash: Kodlash deganda nima tushuniladi? Tarixda axborotlar nima uchun kodlangan? Axborotlarni kodlashning qanday usullarini bilasiz? Morze kodlash usulida nechta belgi ishlatiladi? III. Yangi mavzu bayoni: Hozirgi kunda ishlatilib kelayotgan 1, 2, 3, ... , 9, 0 raqamdan iborato'nlik sanoq sistemasi axborotni kodlashning yana bir usuli hisoblanadi.Yurtdoshimiz Muhammad al-Xorazmiy 0 raqamini kiritib bu arab (to'g'rirog'i, hind) raqamlarining sondagi turgan o'rniga bog'liq holda amallar bajarish tartibini yagona tizimga birlashtirgan. Shuning uchun ham bu kodlash sistemasi ustida qo'shish, ayirish, ko'paytirish va bo'lish kabi arifmetik amallarni bajarish juda oson. Tarixiy ma'lumotlar Odamlar o'rtasida muomala vositasi bo'lmish til kabi sonlarning ham o'z tili mayjud bo'lib, u ham o'z alifbosiga ega. Bu alifbo raqamlar va sonlarni ifodalash uchun qo'llaniladigan belgilardan iboratdir. Masalan, kundalik hayotimizda qo'llanadigan arab raqamlari 1, 2, ... , 9, 0 yoki rim raqamlari I, II, V, X, L, C, M, H, . . . , sonlar alifbosining elementlari hisoblanadi. Turli davrlarda turli xalqlar, qabilalar raqamlar va sonlarni ifodalashda turlicha belgilardan foydalanganlar. Qadimda ba'zi xalqlar ishlatadigan sonlar alifbosi beshta (qadimgi Afrika qabilalarida), o'n ikkita (masalan, inglizlarning sonlar alifbosida), yigirmata (XVI-XVII asrlarda Amerika qit'asida yashagan astek, mayya qabilalarida; eramizdan avvalgi II asrda G'arbiy Yevropada yashagan keltlarda; fransuzlarda), ba'zilari oltmishta (qadimgi bobilliklarda) belgini o'z ichiga olgan. Ular mos ravishda besh raqamli (qisqacha beshlik) sanoq sistemasi, o'n ikki raqamii (o'n ikkilik) sanoq sistemasi, yigirmata raqamii (yigirmalik) sanoq sistemasi yoki oltmishlik sanoq sistemasi deb nomlanadi Soatning oltmishga, sutkaning o'n ikkiga karraliligi, bir yilning 12 oydan iboratligi, inglizlarda uzunlik o'lchov birhgi bo'lmish 1 futning 12 dyuymga tengligi, fransuzlarning bir franki yigirma suga tengligi turli sanoq sistemalarining qo'llanilishi natijasidir. Inson har bir sistemani ishlatganda ma'lum vositalardan ham foydalangan. Masalan, o'n ikkilik sanoq sistemasi uchun vosita sifatida qo'l barmoqlaridagi bo'g'inlardan foydalanilgan, biz kundalik hayotimizda qo'llayotgan sonlar alifbosi o'nta arab raqamini o'z ichiga olgan bo'lib, uning kelib chiqishida va qo'llanilishida tabiiy hisoblash vositasi bo'lmish qo'l barmoqlarimiz asosiy o'rin tutadi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling