Security policy - Xavfsizlik siyosati. Axborot xavfsizligini taminlashga va tajovuz oqibatlarini tugatishga qaratilgan meyorlar majmui.
Signature - Imzo. Maxfiy kalit vositasida hosil qilinadigan raqamli kod. Imzo uni verifikatsiyalash jarayonida axborot
aslini(manba'ini,egasini,tasdiqlovchisini) aniqlash imkonini beradi. Raqamli imzo maxfiy kalit va imzolanayotgan xujjat mazmunining funktsiyasidir.
Subject privilege - Mualliflashtirilgan kirish sub'ekti. Axborot tizimi obektlariga va axborotga amaliy munosabatda bo'lish uchun belgilab qo'yilgan xuquqlarga ega bulgan subekt.
Trojan horse - Troyan oti. Sub'ektning qonuniy vakolatlaridan foydalanib axborotga beruxsat munosabatda bo'lishga imkon beruvchi qo'shimcha pinxona vazifalarni amalga oshiruvchi dastur.
Trusted - Ishonchli. Ochiq kalit ishonchli, agar uni siz yo biror siz vakil etgan kimsa sertifikatsiyalagan bo'lsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |