Axborot va murabbiylik soati


Download 30.12 Kb.
bet1/2
Sana20.10.2023
Hajmi30.12 Kb.
#1712377
  1   2
Bog'liq
“ТADBIRKORLAR YANGI O‘ZBEKISTON BUNYODKORLARI!”




USHBU HAFTA “AXBOROT VA MURABBIYLIK SOATI” MASHGULOTLARINI OTKAZISH UCHUN TAYYORLANGAN YORDAMCHI MATERIALLAR

Mavzu: “ТADBIRKORLAR - YANGI O‘ZBEKISTON BUNYODKORLARI!


Tadbirkorlik faoliyati turlari xilma-xildir. Faoliyat maqsadi, turi va yo`nalishlariga qarab tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va konsalting turlarini ajratish mumkin. Ishlab chiqarish tadbirkorligini tadbirkorlik faoliyatining asosiy turi desak xato bo`lmaydi. Zero, bunday tadbirkorlik faoliyati tufayli mahsulot, tovarlar ishlab chiqariladi, xizmat ko`rsatiladi, ma`lum ma`naviy qadriyatlar yuzaga keladi.
O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tishning dastlabki yilla-rida tijorat tadbirkorligi yaxshi rivojlandi. Tadbirkorlik faoliyatining bu turi tovar va xizmatlarni sotib olish va sotish jarayonlarini amalga oshirish bilan ta`riflanadi, chunki bu sohada qisqa vaqat orasida daromad olish mumkin. Agar ishlab chiqarish korxona samaradorligining 10-12% ini tashkil qilsa, tijorat faoliyati esa bu ko`rsatkichni yana 20-30%ga oshiradi.
Moliyaviy tadbirkorlik tadbirkorlik sohasining alohida olingan turiga kiradi. Uning faoliyat sohasi qiymatlarni alma-shinishi va almashtirilishidan iborat. Moliyaviy faoliyat ish-lab chiqarish, tijorat sohasini ham qamrab olishi mumkin. Shu-ningdek, moliyaviy tadbirkorlik mustaqil bank va sug`urta muassasalari shaklida ham faoliyat ko`rsatadi.
Keyingi vaqtda O`zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining konsalting (maslahat) turi rivojlanmoqda. Bu tadbirkorlik turi ko`p yo`nalishlardan iborat bo`lib, kelajakda yaxshi rivojlanib ketishiga jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti guvohlik beradi.
Tadbirkorlik faoliyati turlari nisbatan mustaqil bo`lib, bir-birini to`ldirib keladi. Tadbirkorlik faoliyatining barcha turlarini belgi-lab beruvchi ishlab chiqarish tadbirkorligining ustuvorligini tan olish kerak.
Innovastion, ilmiy-texnik faoliyat, tovarlarni bevosita ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish va shu sohadagi axborot bilan ishlash faoliyati ishlab chiqarish tadbirkorligiga kiradi. Ishlab chiqarish bilan shug`ullanmoqchi bo`lgan har bir ishbilarmon tadbirkorlik faoliyatining qaysi turi bilan shug`ullanishini, qanaqa mahsulot ishlab chiqarishini, qanday xizmat ko`rsatishini oldindan belgilab olishi lozim. Shu ish amalga oshgandan keyin tadbirkor marketing bilan shug`ullanadi. Tovarga bo`lgan talabni bilish maqsadida u tovarning potenstial iste`molchilari, xari-dorlari, ulgurji va chakana savdo bilan shug`ullanuvchi tashki-lotlar bilan aloqa qiladi. Muzokaralar ishbilarmon va bo`lajak xaridorlar o`rtasida shartnoma tuzilishi bilan yakunlanadi. Tuzilgan shartnoma tadbirkorlikdagi tavakkalchilikning oldini olishga imkon beradi. Shu ishlar amalga oshmasa, tadbirkor faqat og`zaki va`dalar asosida ishlab chiqarish faoliyatini boshlaydi. Shakllangan barqaror bozor sharoitida rivojlangan mamlakat-larda og`zaki kelishuvlar ishonchli kafolat bo`lib, kerak bo`lgan hollarda shartnoma, bitim shaklida rasmiylashtiriladi. Biroq, bizning mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan davrda og`zaki bitimlarning kafolati past va tavakkalchilik kuchlidir.
Venchur biznesi, ya`ni innovastion tadbirkorlik keyingi vaqtda ancha rivojlandi va u tavakkal biznesi turiga kiradi. Biznesning bu turi yangi texnologiyalarning joriy etilishi bilan bog`liq. Venchur biznesi yuqori texnologiya sohasida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar natija-larini tijoratlashtirish bilan bog`langan. Bu sohalarda samara olinishi kafolatlanmagan. Ya`ni ma`lum tavakkalchilik mavjud. Yangi va eng yangi texnologiyalarni joriy qilish bilan shug`ul-lanuvchi ilmiy-texnika firmalarga venchur firmalar deyiladi. Ularning daromadi kafolatlanmagan bo`lib, faoliyati tavakkal kapital bilan bog`liq.
Shuni ta`kidlash kerakki, kichik korxonalar innovastion tadbirkorlikni rivojlantirishda katta rol o`ynaydi. Venchur biznesi o`zining egiluvchanligi bilan innovastion ishbilarmon-likning boshqa shakllariga qaraganda qator ustuvorlikka egadir.
O`zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik to`g`risida» gi qonuninng 5-moddasiga binoan tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud:
yakka tartibdagi tadbirkorlik;
xususiy tadbirkorlik; – jamoa tadbirkorligi; – aralash tadbirkorlik.
Barchamizga yaxshi ma’lumki, joriy yilning 20 avgust kuni alqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Bunday shakldagi uchrashuv Vatanimiz tarixida ilk bor o‘tkazildi. Unda yangi O‘zbekistondagi islohotlar va o‘zgarishlarga befarq bo‘lmay, tashabbus va faollik ko‘rsatayotgan tadbirkorlardan 600 nafari bevosita ishtirok etgan bo‘lsa, 1 ming 800 nafari hududlarda, 8,5 ming nafari tuman va shahar studiyalarida, jami 10 mingdan ortiq ishbilarmonlar qatnashdi.
Tadbirda, shuningdek, Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, barcha vazirlik va idoralar mutasaddilari ishtirok etdi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan. So‘nggi besh yilda bu sohani rivojlantirishga qaratilgan 2 mingga yaqin qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi.
Ularga asosan, 114 ta litsenziya va ruxsatnoma bekor qilindi, 33 ta faoliyat turi xabardor qilish tartibiga o‘tkazildi. Ruxsatnomalarni rasmiylashtirish tartiblari soddalashtirilib, muddatlari o‘rtacha 2 baravarga qisqartirildi. Ortiqcha tekshirishlar, naqd pul, valyuta va xomashyo bo‘yicha ko‘plab cheklovlarga barham berildi.
Bunday qulaylik va imkoniyatlar natijasida yangi sub’ektlar keskin ko‘payib, avvaldan ishlayotganlari faoliyatini kengaytirmoqda. Oxirgi besh yilda tadbirkorlar soni qariyb 3 baravar oshdi. Ko‘p ishbilarmonlar o‘z biznesini butun mamlakat miqyosida kengaytirib, minglab ish o‘rinlari yaratib, nufuzli yirik kompaniyalarga aylandi. Ichki va tashqi bozorda o‘z nufuzi va brendiga ega tadbirkorlar sinfi shakllana boshladi.
Mazkur ochiq muloqotga tayyorgarlik doirasida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Respublika shtabi tashkil qilindi. Shtab 20 iyuldan 10 avgustgacha tunu kun faoliyat olib bordi. Unga tadbirkorlardan 15 mingdan ziyod murojaat kelib tushdi. Murojaatlar ko‘pligi sabab ularni qabul qilish jarayoni uzaytirildi.
Murojaatlarning 40 foizi biznesni moliyalashtirish, kreditlash va subsidiya ajratish, 21 foizi yer va bino ajratish, 5 foizi biznesni boshlash bo‘yicha g‘oyalar, shuningdek, infratuzilmaga ulanish, ruxsatnoma, litsenziya olish, soliq tizimi, savdo masalalariga taalluqli. Bugungi kungacha ularning 12 mingdan ortig‘i, ya’ni 82 foizida ko‘tarilgan masalalar ijobiy yechimini topgan. Tadbirkorlarning muammolari, savol va takliflarini hal etishda Namangan, Surxondaryo, Samarqand, Buxoro viloyatlari namuna bo‘ldi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tadbirkorlar murojaatlari bilan ishlash, ularning qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish, shuningdek, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlashni kuchaytirish maqsadida institutsional tuzilmalar shakllantirildi. Xususan, Savdo-sanoat palatasi, Biznes Ombudsman institutlari, Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha qabulxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ayni paytda davlat xizmatlari markazlarida ko‘rsatilayotgan 160 turdagi davlat xizmatidan 75 tasi bevosita tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq. Bu soha vakillari faoliyatiga yanada yengillik yaratmoqda.
Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti mazkur yo‘nalishda mutlaqo yangi tashabbus bo‘ldi. Ishbilarmonlarimiz yillab orziqib kutgan mazkur uchrashuv chinakam muloqot maydoniga aylandi.
Davlatimiz rahbari avvalo azmu shijoatli va fidoyi tadbirkorlar xalqimizga madadkor bo‘layotgani uchun ularga minnatdorlik bildirdi.
– Besh yil ilgari mazkur tizimga e’tibor yo‘q edi. Bitta narsani yuragimdan aytmoqchiman, tadbirkorlarga sharoit yaratish bo‘yicha armonlarim bor edi. Men ham viloyatlarda hokim bo‘lganman, Bosh vazir bo‘lganimda ham harakatlar natijasiz edi. Qog‘oz bor edi, amalda hech narsa yo‘q edi. Bu – haqiqat. Shu bois, mazkur muloqotni tashkil qildik. Tadbirkorlar sezsinki, ular yangi O‘zbekistonning zamini. Mana shu ochiq muloqotimizga tayyorgarlik jarayonida ko‘rdik, ulardan juda ko‘p tashabbuslar kelib tushdi. Bu tashabbuslar Prezident uchun juda ham kerak. Albatta ko‘p ishlar qildik, bular – boshlanishi. O‘zbekiston sharoitida tadbirkorlar emin-erkin ishlashi uchun hali ko‘p ish qilishimiz kerak. Biz xalqimizni rozi qilamiz desak, tadbirkorlarga ko‘makchi, yelkadosh bo‘lishimiz, qonunchilikka kerakli o‘zgartishlarni kiritishimiz lozim, – dedi Shavkat Mirziyoev.
Prezidentimiz o‘z nutqida tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan muammolarni hal qilishga qaratilgan 7 ta muhim yo‘nalishni ko‘rsatib o‘tdi. Birinchi yo‘nalish – biznesni moliyalashtirish, ikkinchisi – soliq tizimini takomillashtirish va biznesga soliq yukini kamaytirish, uchinchisi – yer ajratish, to‘rtinchisi – infratuzilma, beshinchisi – eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, oltinchisi – transport-logistika, yettinchisi – sohadagi tartib-taomillarni soddalashtirish masalalariga qaratildi.
Davlatimiz rahbari har bir yo‘nalish bo‘yicha dolzarb vazifalarni ko‘rsatib, yangi tashabbuslarni ilgari surdi.
Masalan, murojaatlarning 40 foizi biznesni moliyalashtirish va moliya-kredit masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan. Jumladan, kredit stavkalarining yuqoriligi va ko‘plab kreditlar qisqa muddatga, tadbirkor uchun noqulay shartlarda berilayotgani qayd etilgan. Shuningdek, xorijiy valyutadagi kreditlar valyuta kursining muntazam o‘sishi hisobiga tadbirkor uchun qo‘shimcha xarajatlarni yuzaga keltirmoqda.
Shu bois banklarning kapitalini oshirish choralari belgilandi. Xususan, kelgusi yilda banklarga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan bozor tamoyillari asosida qo‘shimcha 600 million dollar ajratiladi. Xalqaro moliya bozorlarida 5 trillion so‘mlik milliy valyutada yevrobondlar chiqariladi. Xorijiy banklar kirib kelishiga keng imkoniyatlar yaratiladi.
Yana bir muhim yangilik – banklar resursni qanday valyutada jalb qilishidan qat’i nazar, tadbirkorlarga kreditni so‘mda va maqbul foizlarda berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Shu maqsadda Moliya vazirligi huzurida Valyuta xatarlarini boshqarish kompaniyasi va hududlarda uning filiallari tashkil etiladi.
Ma’lumki, so‘nggi uch yilda soliqlar turi 16 tadan 9 taga qisqardi. Yaqingacha Pensiya, Maktab va Yo‘l jamg‘armalariga biznes uchun og‘ir yuk bo‘lgan 3,2 foizli yig‘imlar to‘lanar edi. Ushbu yig‘imlar korxonalarning foydasidan qat’i nazar, oborotdan olinib, ularning miqdori korxonalarning kamida 25-30 foiz foydasiga teng edi. Mol-mulk, daromad solig‘i va ijtimoiy soliqlar stavkalari 2 barobarga kamaytirildi.
Prezidentimiz bu sohada ham tadbirkorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratilishini qayd etdi. Jumladan, 2020 yil fevral oyida “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingunga qadar iqtisodiy zonalarda ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlarga berilgan imtiyozlar saqlab qolinadi.
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha qismini 7 kun ichida qaytarib berish tartibi joriy qilinadi. Bu ularga aylanma mablag‘larini ko‘paytirish imkonini beradi.
Bundan tashqari, chetdan olib kelingan tovarlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini 120 kun davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lashda tadbirkorlarga foiz hisoblanmaydi va garov talab etilmaydi.
Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarga yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2 barobarga kamaytiriladi.
Davlatimiz rahbari pandemiya sharoitida xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidlab, o‘tgan yili berilgan imtiyozlar muddatini uzaytirishga ko‘rsatma berdi. Umumiy ovqatlanish korxonalari yil yakuniga qadar yer va mulk solig‘idan, turizm kompaniyalari va mehmonxonalar 2 yil muddatga turistik yig‘imlardan ozod qilinadigan bo‘ldi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, tadbirkorlar qo‘shilgan qiymat solig‘idagi farqni qaytarish uchun soliq idoralariga alohida murojaat qilishga majbur. Bu – 14 ming tadbirkorga tegishli bo‘lib, ular uchun qo‘shimcha vaqt, ortiqcha sarsongarchilik, degani.
Shu bois mutasaddilarga kelgusi yildan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qo‘shimcha hujjatsiz qaytarish tartibini joriy etish vazifasi qo‘yildi.
Tadbirkorlarni qiynayotgan muammolardan yana biri yer ajratish bilan bog‘liq. Bu masala bo‘yicha Prezidentga 4 mingdan ziyod murojaat bo‘lgan.
Joriy yil 16 avgust kuni “Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek, yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qonun qabul qilindi. U bilan yerlarni iqtisodiy oborotga kiritish, ularni oldi-sotdi va garov ob’ektiga aylantirish uchun mustahkam huquqiy zamin yaratildi.
Endi qishloq xo‘jaligi yerlari ochiq tanlov asosida faqat ijaraga beriladi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer maydonlari esa faqat auksion orqali sotiladi.
Ko‘pchilik tadbirkorlarni o‘z korxonasi joylashgan yer maydonining taqdiri o‘ylantirishi tabiiy. Prezidentimiz ushbu korxonalarga hozirda egallab turgan yer maydonlari mulk qilib rasmiylashtirib berilishini ta’kidladi.
Biznes sub’ektlarini infratuzilma bilan ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Qayd etilganidek, kelgusi yil 1 yanvardan boshlab, qiymati 200 milliard so‘mga teng loyihalar bo‘yicha elektr, tabiiy gaz, suv tarmoqlari va yo‘l infratuzilmasini yetkazib berish to‘liq davlatning zimmasida bo‘ladi. Bu imtiyoz hozirgi kungacha faqatgina 50 million dollardan oshadigan xorijiy investorlar loyihalariga qo‘llanib kelinmoqda.
Shuningdek, kelgusi 2 yilda respublika bo‘yicha qo‘shimcha 200 ta sanoat zonalari tashkil etilib, ularga ham kommunal va yo‘l infratuzilmasi davlat tomonidan yetkazib beriladi. Ushbu maqsadlar uchun kelgusi yilda budjetdan 2 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi.
Tadbirkorlar e’tiroziga sabab bo‘layotgan yana bir muammo – elektr tarmoqlariga ulanishda kichik korxonalarga ham yirik zavodlar bilan bir xil talablar qo‘yilgan.
Shu bois kelgusi yil boshidan bu borada qulay tizim joriy etiladi. Elektr tarmog‘iga ulanish to‘liq elektron platformaga o‘tkaziladi va barcha jarayonlar bir bosqichga tushiriladi. Tadbirkorlarni elektr tarmog‘iga ulash muddati 20 kilovattgacha bo‘lgan quvvatlar uchun – 10 kun, 50 kilovattli quvvatlar uchun esa 20 kun etib belgilanadi. Agar, elektr ta’minoti korxonasi ishlarni muddatida yakunlamasa, tadbirkorlarga kompensatsiya to‘laydi.
Davlatimiz rahbari eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, kichik biznesni eksport faoliyatiga jalb qilish bo‘yicha ham qator tashabbuslarni ilgari surdi.
Masalan, o‘tgan yili pandemiya davrida to‘qimachilik korxonalariga eksportdan valyuta tushumini kutmasdan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarib berish tartibi joriy etilgan edi. Endi ushbu tartib barcha tarmoqlarning halol va intizomli eksportyorlariga nisbatan ham tatbiq etilishi aytildi.
Shuningdek, yiliga 20 million dollardan ortiq eksport qiluvchi korxonalarga 5 million dollargacha imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Hozirgi kunda ayrim xomashyolar importi uchun boj stavkalari yuqori ekani ko‘rsatib o‘tildi. Oqibatda ular asosida mahsulot ishlab chiqarishdan ko‘ra chetdan olib kelish arzonroq bo‘lmoqda.
Shu bois, hukumatga xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar uchun import boji stavkalarini pasaytirish bo‘yicha topshiriq berildi.
Transport-logistika xizmatlarini rivojlantirish, tadbirkorlarning yuklarini tashishni yengillashtirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Yuk avtomobillari va temir yo‘l vagonlarini olib kirish bo‘yicha berilgan imtiyozlar yana 3 yilga uzaytirilishi ma’lum qilindi.
Tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvlarni qisqartirish, subsidiyalar olish jarayonini osonlashtirish bo‘yicha ham ko‘plab ko‘rsatmalar berildi.
Ochiq muloqotda barcha hududlardan tadbirkorlar so‘zga chiqib, faoliyatida duch kelayotgan muammolarni, taklif va mulohazalarini aytdi. Ular tarmoq mutasaddilari va hokimlar ishtirokida muhokama qilindi.
Prezidentimiz bunday muloqotlarni an’anaga aylantirib, har yili tashkil etish, 20 avgustni mamlakatimizda “Tadbirkorlar kuni” deb e’lon qilish taklifini bildirdi. Bu takliflar keng qo‘llab-quvvatlandi.



Download 30.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling