Axborot va pedagogik texnologiyalar integratsiyasi


www.scientificprogress.uz


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana05.05.2023
Hajmi1 Mb.
#1431043
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
axborot-va-pedagogik-texnologiyalar-integratsiyasi-asosida-texnika-oliy-ta-lim-muassasalari-talabalarining-kasbiy-kompetentligini-rivojlantirish

www.scientificprogress.uz
 
Page 331
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, 
pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llash  orqali talabalarining 
kasbiy kompetentligini rivojlantirishga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib 
bormoqda [1]. An’anvaiy ta’limda talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga 
o’rgatilgan bo’lsa, axborot va pedagogik texnologiya integratsiyasi asosida 
talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish orqali talabalarning zamonaviy 
texnologiyalarni puxta o’zlashtirishlari, egallayotgan bilimlarini musatqil o’rganib, 
tahlil qilishlariga, zamonaviy ishlab chiqarish, kashfiyot, loyihalash, tadqiqotchilik, 
psixologo-pedagogik yondashuvlardagi nazariy jihatlar va bo’lajak muhandislarda 
axborot va pedagogik texnologiya integratsiyasi asosida kasbiy faoliyatdagi yuzaga 
keluvchi muammolarni hal etishda ijodkorlik faoliyati, mantiqiy fikrlash, mustaqil 
tayyorgarlik, ilmiy izlanish qobiliyati, ma’naviy va ilmiy qadriyatlarni e’zozlash, 
tanqidiy fikrlash, boshqaruv qobiliyatlarini va shu bilan birga bo’lajak muhandislarning 
kasbiy kompetentligini rivojlantiradi [4]. 
Oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish 
ma’lum mutaxassislik bo’yicha kasbiy faoliyatni amalga oshirishni talab etadi [1]. 
Axborot va pedagogik texnologiya integratsiyasi asosida talabalarning kasbiy 
kompetentligini rivojlantirish talabaning mavzuni tushunishga, muayyan jamiyat 
sharoitida shaxsiy va professional hayotda natijalarga erishishga imkon beradigan 
qobiliyati bo’lib, ular fanni o’zlashtirishda va fanlararo o’zaro munosabatlarda 
o’qituvchining samarali hamkorligini ta’minlaydi [9]. 
Kasbiy faoliyatni o’zlashtirish jarayonida axborot texnologiyalarini 
o’zlashtirishda tahliliy yondoshuvni amalga oshirish qobiliyati, shuningdek bilimlarni 
aniqlashtirish va rivojlantirish qobiliyatiga ega bo’lish muhim ahamiyatga ega [1]. 
O’qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va 
tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, 
yo’naltiruvchilik funksiyasini bajaradi [2]. Pedagogik va axborot texnologiyalarini 
o’quv jarayonida qo’llash orqali talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish 
bugungi zamonaviy pedagog oldida bir qancha o’ziga hos vazifalarni qo’ymoqda. 
-yangi pedagogik texnologiyalarni bilish [7]; 
-o’qish jarayoni ishlariga ijodiy yondashish [6]; 
-o’z fanining akademigi bo’lish; 
-horijiy adabiyotlar bilan va tajribalar bilan tanishish
-fanni o’qitishda ihtisoslikka mos savol va misollar tanlash [6]. 
Axborot va pedagogik texnologiya integratsiyasi asosida talabalarning kasbiy 
kompetentligini rivojlantirish borasida hozirgi kunda o’qitishda Matlab, Matcad va 
Maple kabi dasturlar o’qitish jarayonida keng qo’llab kelinmoqda. Aytish joizki, bu 
dasturlar nafaqat fan rivoji, balki ihtisoslik boýicha qanday qilib va qayerda qo’llash 
kerakligi masalalarini hal qilib beradi [5].


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 7 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling