Axborot va uning turlariga turli sohalardan misollar keltiring va uni fan uchun ahamiyati, xususiyatlari


Download 297.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana08.01.2022
Hajmi297.03 Kb.
#238799
1   2   3   4   5
Bog'liq
Axborot va uning turlariga turli sohalardan misollar keltiring va uni fan uchun ahamiyati

Тayanch  so’z  va  iboralar:  axborot  tizimi,  elementlar  (ob'ektlar),  tarmok,  tizim, 

texnik  vositalar,  moddiy  va  nomoddiy  ne'matlar,  boshqaruv  tizimi,  kibernetik 

yondashuv,  boshkaruv  apparati,  komponent,  axborot  okimlari  (T  va  A), 

avtomatlashtirish,  sun'iy  intellekt  usullari,  ekspert  tizimlari,  zamonaviy 

telekommunikatsiya vositalari, elektron pochta, telekonferentsiyalar, yalpi va lokal 

xisoblash  tarmoklari,  loyixalashtirish,  tashkiliy  boshqaruv,  texnologik  jarayonlar. 

Ushbu o‘quv qo‘llanma sonli hisoblash usullarini o‘rganishga va bu usullar asosida 

masalalarni  yechimini  kompyuterda  hisoblashning  algoritmi  hamda  dasturlarini 

tuzishga bag‘ishlangan. 

O‘quv  qo‘llanma  11  bobdan  iborat  bo‘lib,  I  bobda  xatoliklar  nazariyasi,  xatolik 

manbalari,  xatolikni  baholash  va  funktsiyani  va  ba’zi  bir  trantsendent 

funktsiyalarning qiymatini qator yordamida taqribiy hisoblash usullari shuningdek 

Gorner  usulida  ko‘phad  qiymatini  hisoblash  berilgan.  II  bobda  algebraik  va 

trantsendent  tenglamalarning  ildizi  yotgan  oraliqlarni  aniqlash  va  ildizni  taqribiy 

hisoblashning  vatarlar,  urinmalar,  ketma-ket  yaqinlashish,  kesmani  ikkiga  bo‘lish 

usullari hamda ular asosida misol va  masalalarni yechish algoritmi keltirilgan. III 

bobda  chiziqli  tenglamalar  sistemasini  Gauss  usulida  yechish  va  bu  usul  asosida 

determinant  qiymatini  hisoblash  va  teskari  matritsani  topish  hamda  chiziqli 

tenglamalar  sistemasini  taqribiy  hisoblashning  iteratsiya  usullari  yoritirilgan.  IV 

bobda chiziqsiz tenglamalar sistemasini yechiminitopishda Ng‘yutonning iteratsiya 



usullari  keltirilgan.  V  bobda  Lagranj  va  Nyuton  interpolyatsiyalash  ko‘phadlarini 

topish va sonli differentsiallash qoidalari berilgan, VI bob kichik kvadratlar usulida 

chiziqli va chiziqsiz bog‘lanishlarni aniqlashga bag‘ishlangan bo‘lib, ular misollar 

yordamida yoritilgan. VII bobda aniq integralni taqribiy hisoblaning to‘rtburchaklar, 

trapetsiya  va  Simpson(parabolalar)  hamda  Monte-Karlo  usullari  berilgan,  VIII 

bobda  karrali  integrallarni  taqribiy  hisoblashning  to‘rtburchaklar,  urinmalar, 

trapetsiya  va  Simpson  hamda  Monte-Karlo  usullarida  hisoblashlar  keltirilgan,  IX 

bobda oddiy differentsial tnglama va tnglamalar sistemasi uchun Koshi masalasining 

yechimining  qiymatlarini  taqribiy  hisoblashda  Eyler  va  Runge-Kutta  usullaridan 

foydalanilgan,  X  bobda  hususiy  hosilali  differentsial  tnglamalar  yechimini  chekli 

ayirmalar-to‘r usuli asosida elliptik tenglamalar uchun Direxli masalasi, parabolik 

tenglama  uchun  aralash  masalani,  giperbolik  turdagi  tenglamalarni  yechimini 

taqribiy hisoblash usullari yoritilgan. XI bobda Beysik va Paskal algoritmik tillari 

haqida ma’lumotlar misollar asosida yoritib berilgan. 

Har  bir  bobda  namuna  uchn  birnicha  blok  sxema  va  hisoblash  usullari  asosida 

masalalarni  yechimini  kompyuterda  hisoblashning  Beysik  va  Paskal  tilidagi 

dasturlari  tuzilgan.  Shuningdek  hisoblash  masalalarini  yechishda  zamonaviy 

dasturlardan  biri  Maple  7  dasturidan  foydalanib  har  bir  bobda  namuna  uchn 

masalalar yechib ko‘rsatilgan. Har bir bo‘lim va boblarda mustaqil ishlash uchun 

variantlar berilgan. 

Axborotlashtirish,  bu  umumjahon  jarayoni  bo‘lib,  taraqqiy  etgan  mamlakatning 

jahon  bozoridagi  peshqadamligi,  iqtisodiy  o‘sishi  va  milliy  xavfsizligini  ta'min 

etadi. Ma'lumki, globallashuv jarayoni obyektiv va qonuniy jarayon bo‘lib, o‘ziga 

xos  bir  qancha  ijobiy  xususiyatlarga  ega.  Bu  jarayon  birinchi  galda  davlatlarga 

xalqaro  maydonga  erkin  chiqishga,  boshqalar  bilan  yaqindan  hamkorlik  olib 

borishga hamda  o‘z  milliy  manfaatlarini turli  xil  xalqaro  va nodavlat  tashkilotlar 

doirasida ta'minlashga keng imkoniyatlar beradi. 

Shuni aytish kerakki, vaqt o‘tishi bilan globallashuv jarayonining o‘ziga xos ijobiy 

tomonlari  bilan  birga,  bir  qator  salbiy  jihatlari  ham  namoyon  bo‘la  boshlaydi. 



Davlatlarning bir-biriga sezilarli darajada o‘sgan bog‘liqligi shuni ko‘rsatmoqdaki, 

bir  mintaqadagi  xoh  salbiy,  xoh  ijobiy  voqea  -  hodisalar  dunyoning  boshqa  bir 

mintaqasiga juda tez tarqalib, o‘z ta'sirini ko‘rsatmoqda. Buning oqibatida, mintaqa 

xavfsizligi  va  barqarorligiga  jiddiy  tahdidlar  vujudga  kelmoqda.  Vaziyatning 

keskinlashuvi,  tashqi  tahdidlarning  ichki  tahdidlar  bilan,  ya'ni  an'anaviy  tahdidlar 

bilan o‘zaro qo‘shilishi, ular orasidagi masofa yaqinlashuvi hamda ularning o‘zaro 

bog‘liqligi  o‘sishi  kuzatilmoqda.  Bu  holat  esa  milliy  va  mintaqaviy  xavfsizlikni 

ta'minlashda jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. 

Mutaxassislarning  fikricha,  hozirda  axborot  iqtisodiyotning  eng  serdaromad 

manbaiga 

aylanib 

bormoqda. 

AQSh 

Strategik 



tadqiqotlar 

institutining 

ma'lumotlariga  ko‘ra,  axborot  mahsulotiga  sarflangan  har  bir  dollar,  yoqilg‘i-

energetika sohasiga sarmoya qilingan 1 dollardan ko‘ra bir necha barobar ko‘p foyda 

berar  ekan.  Bu  faqat  uning  iqtisodiy  jihati,  uning  siyosiy  jihati  esa  o‘z  shaxsiy 

manfaatlariga o‘ta arzon, o‘ta qulay yo‘llar bilan erishish sifatida qaralmoqda. Shu 

nuqtai nazardan bugungi kunda axborot omili ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan 

ayrim  kuchlar  manfaatiga  aylanib  bormoqda.  Shuning  uchun  ham  yangi  mustaqil 

davlatlarning  milliy  xavfsizligini  ta'minlashda  siyosiy,  iqtisodiy,  harbiy  omillar 

bilan bir qatorda uning axborot jihatlari borgan sari dolzarblashmoqda. 

Prezidentimiz  aytganlaridek,  axborot  omili  yadroviy  poligonlardan  ham  dahshatli 

omilga  aylanib  borayotir.  Agar  mazkur  omilga  alohida  e'tibor  berilmas  ekan,  u 

borgan  sari  kuchayib  boradi.  Natijada,  ayrim  kuchlar  qo‘lida  asosiy  "qurol"ga 

aylanadi.  Bu  esa  nafaqat  davlatlar  yoki  mintaqalarda  keskin  vaziyat  vujudga 

kelishiga sabab bo‘ladi, balki xalqaro miqyosda ham o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. 

Xalqaro  munosabatlar  tizimida  yuz  berayotgan  o‘zgarishlar  natijasida  milliy 

xavfsizlik, mintaqaviy xavfsizlik va xalqaro xavfsizlik kabi tushunchalar mohiyatini 

tushinishga, ularning o‘zaro bog‘liqligini anglashga e'tibor ortib bormoqda. Bugungi 

dunyoning  axborot  xavfsizlik  holati  "Xavfsizlik"ka  bo‘lgan  zamonaviy 



yondashuvlarni  ishlab  chiqishga  va  milliy,  mintaqaviy  va  xalqaro  xavfsizlikka 

nisbatan konseptual qarashlarni rivojlantirishga undamoqda. 

Bugungi  globallashuv  asrida  axborotga  bo‘lgan  talab  har  qachongidan  ko‘ra, 

kuchayib  bormoqda.  Shunday  ekan,  xolis  va  haqqoniy  axborotlarni  tarqatish, 

ommaning  bu  mahsulotga  bo‘lgan  ehtiyojini  qondirish  har  qachongidan  ko‘ra 

bugungi  kunda  dolzarb  ahamiyat  kasb  etadi.  Ma'lumki,  demokratik  jamiyatda 

ommaviy axborot vositalari, tele-radio kanallar odamlarni xolis va haqqoniy axborot 

yetkazadigan, gumanistik qarashlar, ilg‘or g‘oyalarni ifoda qiladigan erkin minbar 

sifatida e'tibor beriladigan vositadir. Aslida ham shunday. Bugun jahon miqyosida 

bo‘layotgan olamshumul o‘zgarishlar, iqtisodiy taraqqiyot, ilm-fandagi inson aqlini 

lol qoldiradigan yangiliklaru ixtirolar barcha-barchasi ommaviy axborot vositalari 

orqali  ma'lum  bo‘lmoqda.  Demak,  OAV,  matbuot  yaxshilikka,  ezgulikka  xizmat 

qilmoqda. Lekin ming afsuslar bo‘lsinki, o‘tgan asrning oxirlari, XXI yuz yillikning 

dastlabki  yillarida  G‘arb  matbuotida  biz  aytgan  ezgulikka  xizmat  qilish  o‘rniga 

boshqa buyurtmali "ezgulikka" xizmat qilish hollari ham kuzatilmoqda. Ayniqsa, bu 

holni  sobiq  ittifoq  parokanda  bo‘lgach,  uning  o‘rnida  tashkil  topgan  mustaqil 

respublikalar,  xususan,  Markaziy  Osiyo,  ayniqsa,  O‘zbekiston  bilan  bog‘liq 

jarayonlarda uchratish mumkin. 



 

Download 297.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling