Interfaol usullar


Download 44.5 Kb.
bet1/3
Sana08.01.2023
Hajmi44.5 Kb.
#1084566
  1   2   3
Bog'liq
Innovatsion texnalogiyalar, interfaol usullar asosida o‘quvchila


Innovatsion texnalogiyalar, interfaol usullar asosida o‘quvchilarni baholash loyihalari.
Reja:

  • Stol ustida ruchka” usuli

  • Dumaloq stol” usuli

  • Galereya bo’ylab sayohat” usuli

  • Qor bo’lakchalari” usuli

  • Qor uyumi” usuli

  • Kim ko’proq, kim tezroq” usuli

Bu usullardan biri “Miya shturmi” deb nomlanadi. U ko’pgina yangi va turli-tuman fikrlarni “to’plashga” juda mos keladi. Ish kichik guruhlarda tashkil qilinadi, rahbarlar ishtirokchilar bilan teng huquqda ishtirok etganlari ma’qul. 10-15 daqiqa davomida guruhlarda aniq bir masala muhokama qilinadi. Har bir ishtirokchi o’z fikrini taqdim etadi, shu bilan birga, ishtirokchilardan biri go’yalarni kartochkalarga yozib boradi. Vaqt tugagach, fikrlarni guruhlarga ajratish lozim. Bu bosqichda endi bahs va munozaralar o’tkazish mimkin.
Shturm maqsadiga muvofiq, fikrlar guruhlangach, har bir guruhga nom berish mumkin. So’ng esa eng dolzarb, muhimlarni ajratib olish, rejalashtirish va hokazo.
Ikkinchi usul “Ong xaritasi” deb ataladi. Bu usul biror-bir kompleks muammoni hal etishda uning barcha sohalarini yaqqol ko’rishga, ba’zi bir muhim fursatlarni ko’zdan yo’qotmaslikka imkon beradi. Bu usul guruhlarda va yakka holda ishlashga mos keladi.
Biror-bir aniq ish faoliyati uchun mavjud (yoki kelajakda zarur bo’ladigan) shaxs fazilatlarini hamkorlikda aniqlah bo’yicha guruh bo’lib ishlash uslubini taqdim etamiz. Uslubning qimmati – uning o’yin shaklida amalga oshirilishi, ko’rgazmali bo’lishi va guruhda munozara qilish imkoniyatini bera olishdir.
Stol ustida ruchka” usuli

Tahsil olayotgan guruh talabalari 2 ta guruhchaga ajratiladi. Talabalarga savol yozilgan qog’oz beriladi va talabalar qog’ozga ism shariflarini yozadilar. O’qituvchi mashg’ulotni diqqat bilan kuzatadi, agar talaba qog’ozdagi savolga javobni bilmasa, qo’lidagi ruchkani stol o’rtasiga qo’yadi. Boshqa talaba javob berishga kirishadi. Talaba javob bera olmay o’z ruchkasini stol o’rtasiga 3 marta qo’ysa, amaliy mashg’ulotning nazariy qismini o’zlashtirmagan talaba sifatida savol-javoblarda qatnashmaydi, ammo amaliyotni bajarishda ishtirok etadi, mashg’ulotning nazariy qismidan ball olib bo’lmaydi. Bu usulda bitta talabaga 5-6 ta savol yozilgan qog’oz beriladi va barcha qog’ozlarga talabalar ism shariflarini va javobni yozadilar.





Download 44.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling