Interfaol usullar


Download 44.5 Kb.
bet2/3
Sana08.01.2023
Hajmi44.5 Kb.
#1084566
1   2   3
Bog'liq
Innovatsion texnalogiyalar, interfaol usullar asosida o‘quvchila

Dumaloq stol” usuli

Stol ustiga vaziyatli masala (mavzuga oid savol) yozilgan qog’oz tashlanadi. Har bir talaba o’zining javob variantini yozib boshqa talabaga qog’ozni uzatadi. Hamma o’z javobini yozib bo’lgandan keyin tahlil qilinadi: noto’g’ri javoblar o’chirilib, to’g’ri javoblar muhokama qilinadi, talabalar bilim darajasi baholanadi. Bu usul nafaqat yozma, balki og’zaki holda ham olib borilishi mumkin. O’qituvchi tomonidan savol to’liq va aniq berilishi lozim.



Galereya bo’ylab sayohat” usuli
Guruh talabalri kichik 2-4 guruhlarga bo’linadi va har bir kichik guruhlarga bittadan muammoli (vaziyatli masala) savol yozilgan qog’oz beriladi. O’qituvchi amaliy mashg’ulotlarda rangli qog’ozlardan foydalanadi. Har bir kichik guruh 10 daqiqa davomida o’zlarining fikrlarini yozib, boshqa guruhdagi javob varaqalari bilan almashadilar. Keyingi guruh oldingi guruhning javobini baholab, agar javob to’liq bo’lmasa, o’zining variantini taklif etadilar. Talabalar o’z javoblarini berganlaridan keyin tengdoshlari javoblariga qo’shimcha kiritganlaridan keyin ular birgalikda tahlil qilinadi va eng to’g’ri javoblar tanlab olinib, baholanadi.


Qor bo’lakchalari” usuli

Bu usulda guruh kichik 2 guruhchaga ajratiladi va sardorlar tanlanadi – har bir talaba o’ziga boshqa kichik guruhdan raqobatdosh tanlanadi. Har bir talaba raqibiga mavzuga oid 3 ta savol beradi va o’ziga berilgan 3 savolga javob beradi. 2 guruhdan iborat bo’lgan talabalar o’zaro muammoli savollarga javob beradilar – bu javoblar o’qituvchi tomonidan muhokama qilinadi, tahlil qilinadi. Har qanday to’g’ri javob shu guruhga “qor bo’lakchasi” ko’rinishida ball keltiradi.




Qor uyumi” usuli

Bu usulda talabalar 2-4 kichik guruhlarga bo’linadi, 1 – kichik guruh 2 – kichik guruhidan bir talabaga savol beradilar ( kichik guruh talabalar soniga qarab 4,5,6 ta). Talaba bilan savoliga javob javob beradi. Bu usulga “ qor uyumi” deyishdan maqsad “bir uyum”ning (kichik guruh) bir talabaga beradigan savollariga asoslangan.




Download 44.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling