Interfaol usullar


Kim ko’proq, kim tezroq” usuli


Download 44.5 Kb.
bet3/3
Sana08.01.2023
Hajmi44.5 Kb.
#1084566
1   2   3
Bog'liq
Innovatsion texnalogiyalar, interfaol usullar asosida o‘quvchila

Kim ko’proq, kim tezroq” usuli

Bu usul “Miya shturmi” usuliga o’xshash bo’lib, bunda o’qituvchi talabalarga mavzuga oid savol beradi. Qaysi talaba berilgan savolga javob berish uchun birinchi bo’lib qo’l ko’tarsa va to’g’ri javobni aytsa, maqsadga muvofiq hisoblanadi. Darsga tayyor talabalar 3-5 marta birinchi bo’lib qo’l ko’tarib, to’g’ri javob berishsa, ular yuqori ball bilan baholanadilar.



Kuchsiz zveno” usuli

Guruh talabalari kichik 4-8 guruhchalarga bo’linadi va o’qituvchi bitta muammoli savolni yoki vaziyatli masalani aytadi va qum soatchasi yordamida ma’lum vaqt belgijaydi. Qaysi kichik guruh savolga birinchi bo’lib aniq, to’g’ri javobni bersa, rag’bat kartochkasi beriladi.


Mashg’ulotda 5-6 marta rag’bat kartochkasi olgan kichik guruh baland ball bilan baholanadi, savollarga javob topa olmagan kichik guruh mashg’ulutdan chetlashtiriladi va past ball bilan baholanadi.

DISSKUSSIYA “ USULI


Guruhdan 2 nafar sardor tayinlanadi. Har bir sardor o’zining kichik guruhiga talabalar o’rtasidan talaba tanlaydi. 2 ta kichik guruh ajralgach, har bir kichik guruh talabasi o’ziga 2- kichik guruhdan raqib tanlaydi. Bu usulda talabalar o’zaro bir-birlariga mavzugaoid savol beradilar va raqibi tomonidan berilgan savollarga javob beradilar. O’qituvchi mashg’ulotni diqqat bilan kuzatadi, chunki har bir savol muammoli, jumboqli, mavzuga oid va qiziqarli bo’lishi, berilayotgan javoblar to’g’ri, aniq, ravshan bo’lishi kerak.
Bu usulda talabalar:

  • mavzuni muhokama qiladilar:

  • mavzuni ochib beradilar:

  • talabalar o’z bilimlarini tekshiradilar:

  • diskussiya qilib bilimlarini oshiradilar:

  • mashg’ulotni o’yin usulida o’tkazadilar:

  • har bir talaba mashg’ulotda qatnashadi va o’zini erkin his qiladi.



MIYA SHTURMI”

U ko’pgina yangi va turli –tuman fikrlarni “to’plashga” juda mos keladi. Ish kichik guruhlarda tashkil qilinadi, rahbarlar ishtirokchilar bilan teng huquqda ishtirpk etganlari ma’qul. 10-15 daqiqa davomida guruhlarda aniq bir masala muhokama qilinadi. Har bir ishtirolchi o’z fikrini taqdim etadi, shu bilanbirga, ishtirokchilardan biri g’oyalarni kartochkalarga yozib boradi. Vaqt tugagach, fikrlarni guruhlarga ajratish lozim. Bu bosqichda endi bahs va munozaralar o’tkazish mumkin.


Shturm maqsadiga muvofiq, fikrlar guruhlangach, har bir guruhga nom berish mumkin. So’ng esa dolzarb, muhimlarni ajratib olish, rejalashtirish va h.k.
Download 44.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling