Axborot xati chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurtida 2023 yil 26 aprel kuni
Download 205.12 Kb. Pdf ko'rish
|
Ахборот хати ЧОТҚМБЮ-03.04.23
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy-uslubiy anjuman sho‘balari: Harbiy-kasbiy fanlar; Tabiiy va umutexnik fanlar. Konferensiyaning muloqot tili: o‘zbek, rus va ingliz. 2023 yil 26 aprel
- 2023 yilning 20 aprel sanasigacha tabiiy-ilmiy@mail.ru elektron manzil, yoki +
AXBOROT XATI Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurtida 2023 yil 26 aprel kuni “Oliy harbiy ta’lim muassasalarida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazish samaradorligini oshirish yo‘nalishlari, o‘qitish uslubiyotlarining integratsiyasi” mavzusida respublika ilmiy-uslubiy konferensiya o‘tkaziladi. Konferensiyaning maqsadi harbiy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, oliy harbiy ta’lim muassasalarida tabiiy-ilmiy va harbiy-kasbiy fanlarni integratsiyalab o‘qitish mexanizmlarini yaratish, o‘qitishning an’anaviy va zamonaviy innovatsion usullari, axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishning o‘rni va ahamiyati hamda harbiy ta’limning dolzarb muammolari yuzasidan fikr almashish va bu borada professor-o‘qituvchilar tashabbuskorligini oshirishdan iborat. Konferensiyada ilmiy maqola va tezislari bilan qatnashish uchun O‘zbekiston Respublikasi oliy, oliy harbiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining yetakchi mutaxassislari, professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchi hamda magistratura talabalari taklif qilinadi. Ilmiy maqola va tezislar to‘plami quyidagilarni qamrab oladi: oliy harbiy ta’lim muassasalarida tabiiy-ilmiy, umumkasbiy va mutaxassislik fanlarni o‘qitishda amaliy yondoshuvlar, fanlarni integratsiyalab o‘qitish mexanizmlari, amaliy mashg‘ulotlarda innovatsion shakl va usullarni qo‘llash tajribalarini tatbiq etish. Ilmiy-uslubiy anjuman sho‘balari: Harbiy-kasbiy fanlar; Tabiiy va umutexnik fanlar. Konferensiyaning muloqot tili: o‘zbek, rus va ingliz. 2023 yil 26 aprel kuni soat 15.00 da o‘tkaziladi. Ilmiy-uslubiy konferensiya materiallari to‘plamida chop etish uchun yuboriladigan ilmiy maqolalarga qo‘yiladigan talablar: materiallar konferensiya yo‘nalishiga oid dolzarb mavzularda bo‘lishi va ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalarni o‘zida mujassam qilishi lozim; stilistik, grammatik va mazmun-mohiyati tomonidan talablarga javob bermaydigan materiallar qabul qilinmaydi hamda qaytarib yuborilmaydi. Taqdim etiladigan material matnlari tahrir qilingan holda: bir nusxada va elektron shaklda maqola ko‘rinishida, lotin yozuvida Word 97-2003 formatida Times New Roman, 14 kegl, satrlar oralig‘i 1,5 sm, sahifalar chapdan 3 sm yuqoridan, pastdan va o‘ngdan 2 sm qoldirilgan holda bo‘lishi shart; birinchi qatorda, sahifaning o‘rtasida bosh va qalin harflar bilan maqolaning nomi, 2-qatorda muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi, 3-qatorda muallifning ish joyi, ilmiy darajasi va unvoni, 4-qatorda annotatsiya va kalit so‘zlar, 5-qatordan asosiy matn yoziladi; asosiy matn satrlar orlig‘i 1,5 sm intervalda, satr boshi - 1 sm, satrlarni eniga to‘g‘rilash, so‘zlarni boshqa qatorga ko‘chirish-avtomatik tarzda bo‘lishi lozim; adabiyotlarni to‘liq ro‘yxati asosiy matndan so‘ng, matn ichida keltirilgan ketma-ketlikda ko‘rsatilishi lozim; taqdim etilayotgan maqola va tezislar 3-5 betdan ko‘p bo‘lmagan hajmda o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi; konferensiyada ishtirok etish uchun maqolalar yuqoridagi talablarga mos ravishda elektron shaklda tayyorlangan holda, 2023 yilning 20 aprel sanasigacha tabiiy-ilmiy@mail.ru elektron manzil, yoki +998 91 778 65 28, +998 99 844 57 43 telegramm kanallari orqali qabul qilinadi. Tashkiliy qo‘mita manzili: Toshkent viloyati, Chirchiq shahri 111715, Amir Temur ko‘chasi, 15-uy. Ilmiy-uslubiy konferensiyaga oid savollar bilan murojaat uchun telefonlar: 70 716-50-50, +998 91 778 65 28,. +998 99 844 57 43. Siz bilan konferensiyamiz ishtirokchilari orasida, albatta uchrashamiz deb umid qilamiz! Download 205.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling