Axborot xati jizzax viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish


Download 1.54 Mb.
bet1/4
Sana11.11.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1767200
  1   2   3   4
Bog'liq
AXBOROT XATI 2023 Pedagogika





AXBOROT XATI
JIZZAX VILOYATI PEDAGOGLARNI YANGI METODIKALARGA O‘RGATISH
MILLIY MARKAZI




Jizzax viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida 2023 yil 15 noyabr kuni onlayn tarzda “Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari” kafedrasida Sifatli ta`limni tashkil etishda shaxs kreativ potensialini oshirishning dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish.
“Sifatli ta`limni tashkil etishda shaxs kreativ potensialini oshirishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish.
mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-nazariy anjumanini o‘tkazish va ilmiy maqolalar to‘plamini chop etish rejalashtirilgan.
Ilmiy maqolalar to‘plamida quyidagi masalalar talqini ko‘zda tutilmoqda:
1. Ta’lim sifat va samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalar;
2. Ta’lim sohasida zamonaviy yondashuvlar va innovasiyalar;
3. Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishning dolzarb muammolari;
4. O ‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish va ta’lim sifatini baholash;
5. Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar;
6. Filologiya;
7. Pedagogika va psixologiya;
8. Tabiiy va aniq fanlar;
9. Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim;
10. Barcha sohalar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari;
Bu ilmiy maqolalar to‘plamiga professor-o‘qituvchilar, stajor-tadqiqotchilar, aspirantlar va magistrantlarning ilmiy ish natijalari, tezis, maqolalar, shuningdek talabalar tomonidan BMI mazmuni aks etgan maqolalar qabul qilinadi.
Anjumanga taqdim etilayotgan ilmiy maqolalarga qo‘yiladigan talablar va rasmiylashtirish tartibi:
- Maqola va tezislar hajmi 3-6 bet. Microsoft Word, Times New Romanda 14 shriftda, 1,5intervalda, chap tomondan 3 sm, o‘ng tomondan 1,5 sm, yuqoriva past tomondan 2 sm qoldirilgan holda yoziladi. Fayl nomlari sho‘ba nomi, muallifning ismi familiyasi bilan nomlanadi.

  • Tezis mavzusi bosh harflarda (14 shriftda) o‘rtaga yozilib, keying satrda muallif(lar) ismi-sharifi, ish joyi, ilmiy darajasi va unvoni. Undan 1,5 interval pastda xat boshidan tezis matni yoziladi;

  • Barcha iqtiboslar kvadrat qavsda beriladi [3;112];

-foydalanilgan adabiyotlar tezis oxirida alfavit tartibida keltiriladi;

Anjuman materiallari elektron shaklda 2023 yil 1- noyabrga qadar (+99899) 048 81 12 (Хaydarov Sherzod Homidovich), (+99891) 188 22 82 (Mo'minjonova Muhayyo G'ulomovna), (+99893) 650 15 91( Rizayeva Shalola Mamir qizi) telefon raqamidagi telegram akkaunti orqali qabul qilinadi.
Anjuman tashkiliy qo‘mitasi maqola, tezislarni saralashni o‘z zimmasiga oladi. Ko‘rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan maqola, tezislar chop qilinmaydi hamda muallifga qaytarilmaydi.
Mazkur anjuman materiallari to‘plam shaklida nashr etiladi.
Tashkiliy qo‘mita kelib tushgan materiallarni tanlab olish huquqiga ega. Matnning tahririy jihatlariga muallif ma’suldir.

Barcha ro‘yxatdan o‘tgan anjuman ishtirokchilari elektron manziliga tezis va to‘lovlar tasdiqlangandan so‘ng 6 ish kunidan so‘ng ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi axborot jo‘natiladi, ayrim sabablar bilan axborot jo‘natilmay qolsa, tashkiliy qo‘mita bilan bog‘laning. Maqolalaro‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Maqolaning saviyasi, imloviy va ishoraviy xatolari uchun muallifning o‘zi ma’sul.

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling