Axborot xati o‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti


Download 34.85 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi34.85 Kb.
#1519216
1   2   3   4
Bog'liq
AXBOROT XATI (3)

Anjumanning maqsadi: Matematika va informatika, ularni o‘qitish muammolari va tatbiqlari bo‘yicha olingan oxirgi natijalar hamda o‘qitish metodikasi istiqbollarini muhokama qilish. Jahonda hamda Respublikamizda aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishni zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar, amalga oshirilayotgan tadqiqot natijalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish asosida takomillashtirish muammolarini o‘rganish va tegishli takliflar tayyorlash.
Anjumanda quyidagi masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan:
1-shoba: Matematika va uni o‘qitishning muammolari;
2-shoba: Informatika va uni o‘qitishning muammolari;
Anjumanning ishchi tili: qoraqalpoq, o‘zbek, rus, ingliz tillari.
Materiallarni tayyorlashga q o‘yiladigan talablar:
- tezis mavzusi bosh harflarda (14 shriftda) o‘rtaga yozilib, keyingi qatordan muallif(lar) ismi-sharifi, ilmiy darajasi, kafedra nomi yoziladi. Undan 1,5 interval pastda xat boshidan tezis matni yoziladi.
- tezislar Microsoft Word, Times New Romanda 2-3 bet hajmida (qoraqalpoq, o‘zbek, rus va ingliz tillarida) 14 shrift, 1,5 intervalda, chap tomondan 3 sm, o’ng tomondan 1,5 sm, yuqori va past tomondan 2 sm qoldirilgan holda yoziladi;
- matnda matematik formulalar maxsus “formulalar redaktori(ya’ni Mat’Type)” yordamida kiritiladi;
- barcha ko‘chirmalar kvadrat qavsda berilib, muallif familiyasi ko‘rsatiladi: [A.Igilikov.27];
- foydalanilgan adabiyotlar tezis oxirida alfavit tartibida keltiriladi;
- tezis elektron va qog’oz nusxada ekspert xulosasi bilan q o‘shib topshiriladi. Ekspert xulosasi berilmagan tezislar qabul etilmaydi;
- tezislarning mazmuniga, ko‘rsatilgan manbalarning to‘g’riligiga mualliflar javobgar.
- anjumanning rasmiy tillari: qoraqalpoq, o‘zbek, rus va ingliz tillari.
- anjuman materiallari to‘plam holida nashr qilinadi. Tezisning har bir beti uchun badal puli 15 000 so‘m
To‘lovni naqd va onlayn tarzda amalga oshirish mumkin. Click orqali to‘lov amalga oshirish xizmati +998913931879 (A. Janabergenova)
Talabga javob bermaydigan materiallar anjuman dasturiga va to‘plamga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.
Tezislar 2023-yil 12-aprelgacha qabul qilinadi.
Ekspertlar xulosasi va ma’ruza tezislarining elektron matni 2023 yil 12 aprelgacha Ajiniyoz nomidagi NDPI matematika o‘qitish metodikasi kafedrasida hamda kudenovtemurbek509@gmail.ru elektron, +998913931879, +99890 594 58 59, +99899 450 58 59 telegram manzillari orqali qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun manzil: Nukus shahri T o‘rtkul guzori ko’chasi 134-uy, NukDPI 3-binosi, 3-qavat, Matematika o‘qitish metodikasi kafedrasi, 2-qavat, Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi.
Murajat uchun telefonlar: Matematika o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri B.Prenov +99890 654 80 44, Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri M.Alaminov +99890 734 76 98, kafedralar o‘qituvchilari A.J.Janabergenova+99891 393 18 79, T.Kuanıshbaev +998 93 881 04 14, O.Zaripov +99897 474 91 49, T.Kudenov +99890 594 58 59, T.Davletbaev +998 94 671 46 53, G.Allambergenova +99897 355 28 45

Download 34.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling