Axborot xavfsizligi” kafedrasi «Malumotlarni shifrlash va deshifrlash dasturini ishlab chiqish» mavzusida individual loyihasi 1 Raislar


Download 0.97 Mb.
bet15/17
Sana13.01.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1090633
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
loyiha

TAOMGA OID ILOVALAR. Taomga buyurtma berish. Taomning sifatiga va ko’rsatilgan xizmatiga baho berish. Restoran yoki kafelarning aniq manzilini bilib olish. Turli taomlarning rasmlar va videoinstruksiyalar orqali qadamma-qadam tayyorlash retseplarini (yo’llarini) bilib olish, o’z retseptini Internetga joylashtirish hamda tanlovlarda qatnashish.
SPORTGA OID ILOVALAR. Sport yangiliklari, statistik ma’lumotlar, e’lonlar, mutaxassis fikrlari, sport muxlislari bilan muloqot. Sport tadbirlariga chiptalar sotib olish. Totalizatorlarda ishtirok etish.
YANGILIKLAR. Gazetalar, jurnallar va boshqa ommaviy axborot vositalaridan yangiliklar olish. Onlayn yangiliklar bilan tanishish.
Mobil ilova (inglizcha “Mobile app”) – mobil qurilmalarda ishlatish maq-sadida yaratilgan dasturiy ta’minot. Mobil ilova qurilmada avvaldan o’rnatilgan, onlayn magazinlardan yuklab olingan yoki boshqa yo’llar bilan (bepul, sotib olish va qurilmadan qurilmaga ko’chirib olish va h.k.) o’rnatilgan bo’ladi. Onlayn magazinlarga App Store, BlackBerry App World, Google Play, 1mobile market, Windows Phone Store, Yandex storelar misol bo’lishi mumkin. Dastlab mobil ilovalar asosan elektron pochtani ko’rish uchun ishlatilgan bo’lsa, keyin esa turli sohalarda (masalan, mobil telefonlar uchun o’yinlar, GPS-navigatsiya, muloqot, Internetdan foydalanish, videolarni ko’rish va h.k.) ham ilovalarga bo’lgan talabning oshishi tufayli turli xil imkoniyatga ega bo’lgan turli xil mobil ilovalar keng ko’lamda yaratila boshlandi. Bu jarayon hozir ham davom etmoqda. Mobil ilova atamasi shunchalik ommalashib ketdiki, uni 2010-yil Ameraka dialektika jamiyati “Yilning so’zi” ro’yxatiga kiritdi. Hozirgi paytda inson o’pkasining parametrlarini, yurak urishining chastotasini, qon tahlilini bilib olish imko-niyatlariga ega bo’lgan mobil ilovalar mavjud. Bundan tashqari, elektron tijoratning, o’quv jarayonining, xususan, masofaviy ta’limning samaradorligini oshiradigan mobil ilovalar yaratilgan va ulardan muvaffaqiyatli foydalanilmoqda.
Mobil Internet – mobil qurilmalarda ishlaydigan Internet. U deyarli har qanday joydan Internet tarmog’iga qo’shilish (kirish) imkonini beradi. Bugungi kunda barcha mobil texnologiyalar Internetdan foydalanish sohasida o’z xizmatlarini taklif etadi. Mobil Internetning paydo bo’lishi va rivojlanishi mobil texnologiyalarning taraqqiyoti bilan bevosita bog’liq. Mobil telefon orqali birinchi Internetga bog’lanishlar CSD (Circuit Switched Data – GSM standarti uchun ma’lumotlarni uzatish texnologiyasi) aloqa texnologiyasi yordamida amalga oshirilgan. Bu aloqa texnologiyasida trafik Internetdan foydalanish vaqtiga ko’ra hisoblangan va u o’sha vaqtlar juda qimmat bo’lgan. Internetga bog’lanish vaqtida har bir qurilmaga yagona manzil berilgan va bunda qurilma go’yoki serverga aylangan. Bu texnologiya o’sha paytlar yangi aloqa usullariga yo’l ochib berdi, masalan, ICQ (inglizcha I seek you – «men seni izlayman») dasturidan foydalanish. Vaqt o’tishi bilan GPRS (General Packet Radio Service – «umumiy foydalanishning radioaloqa paketi») rivojlanib, nisbatan tezkor EDGE (Enhanced Data rates for GSM Evolution – mobil aloqada ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasi) texnologiyasiga aylandi. EDGE asosida bugungi kunda borgan sari tezkorroq bo’layotgan 3G, 4G, 5G texnologiyalari ishlab chiqilib foydala- nilmoqda. Bu yerda yana shuni e’tirof etish kerakki, hozirgi paytda deyarli barcha mobil qurilmalarda Wi-Fi (Wi-Fi Alliance (uyushma) tomonidan standartlashtirilgan yuqori sifatli simsiz aloqa) texnolo- giyasi ishlatilmoqda. Bu texnologiyadan foydalanib “kirish nuqtasi” yordamida kinolar ko’rish, musiqa tinglash, turli ma’lumotlarni izlash va h.k. kabi ishlarni amalga oshirish mumkin. Mobil Internetning eng muhim ahamiyati shundaki, u statsionar Veb-serverlardagi saqlanib turgan juda katta hajmdagi turli-tuman axborotlardan foydalanishga imkon beradi. Bunda mobil qurilmalar mobil tarmoqning tuguniga aylanadi hamda istalgan paytda istalgan joyda tugunlardagi abonentlar kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Mobil Internet imkoniyatlari Internetga bog’lanish mohiyatini tubdan o’zgartirib yuboradi, endi Internetga istalgan paytda istalgan joyda bog’lanish mumkin. Mobil Internetning afzalligi shundaki, u abonentning talabini vaqt va makondan qat’iy nazar bajaraveradi. Mobil Internet terminal asbob-uskunalar o’lchamining kichiklash-ganligi, sotali aloqa xizmatining arzonlashganligi va Internetda axborot resurs-larining nihoyatda ko’payganligi hamda kengayganligi hisobidan vujudga keldi. Mobil Internet – bu yagona (unikal) yangi industriya bo’lib, qayd (fiksirlan- gan) etilgan Internet va mobil aloqa yutuqlarining uyg’unligidir. Mobil qurilmalar uchun zamonaviy operatsion sistemalar quyidagilardir: Android, iOS, Windows Phone, BlackBerry OS, CyanogenMod, Cyanogen OS, Fire OS, Flyme OS, Firefox OS, Sailfish OS, Tizen, Ubuntu Touch. Bugungi kunda ishlatilmayotgan va eskirgan operatsion sistemalar quyidagilardir: Symbian, Windows Mobile, Palm OS, webOS, Maemo, MeeGo, LiMo. Axborot almashish uzoq tarixga ega axborot texno-logiyalari. An'anaviy ma'lumot almashish jo'natuvchi va qabul qiluvchi o'rtasida ma'lumotlarning birma-bir almashinishini nazarda tutgan. Onlayn ma'lumot alma-shish korxonalarga onlayn almashish asosida bo'lajak strategiyalar uchun foydali ma'lumotlarni beradi. Bular axborot almashinuvilar o'nlab ochiq va xususiy mulk orqali amalga oshiriladi protokollar, xabar va fayl formatlari. Elektron ma'lumotlar almashinuvi (EDI) bu 1970-yillarning oxirlarida boshlangan va hozirgi kunga qadar ishlatib kelinayotgan tijorat ma'lumotlar almashinuvini muvaffaqiyatli amalga oshirishdir.


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling