Axborot xavfsizligi” kafedrasi «Simmetrik kalitli kriptoalgoritmlarning xavfsizliklari tahlili» mavzusida individual loyihasi 2
Simmetrik kriptotizimlardagi muammolar
Download 140.35 Kb.
|
kursh ishi 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Simmetrik kriptotizimlarda kalit uzunligi
- Ochiq kalitli kriptotizimlar
Simmetrik kriptotizimlardagi muammolar
Simmetrik shifrlash tizimlari ma’lumotni shifrlashda va deshifrlashda aynan bir kalitdan foydalanadi. Bu esa tarmoq bo’ylab shifrlangan ma’lumotni uzatishdan oldin shifrlash kalitini uzatishni taqoza etadi. Boshqacha aytganda, kalitlarni tomonlar orasida xavfsiz uzatish simmetrik kriptotizimlar oldidagi asosiy muammo sanaladi. Bundan tashqari, bir foydalanuvchi qolganlari bilan ma’lumot almashmoqchi bo’lsa, ularning har biri bilan alohida-alohida kalitlarga ega bo’lishi talab etiladi. Bu esa foydalanuvchiga ko’p sonli kalitlarni xavfsiz saqlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Simmetrik kriptotizimlarda kalit uzunligi Amalda foydalanish uchun kriptografik tizimlarning kalit uzunligiga qat’iy talablar qo’yiladi. Ushbu talablar vaqt o’tishi bilan hisoblash qurilmalari imkoniyatining o’zgarishiga bog’liq holda o’zgarib boradi. Kriptotizimlarda foydalanilgan kalitni joriy vaqtdagi hisoblash qurilmalari orqali hisoblab topishning imkoniyati bo’lmasligi zarur. Bu yerda kalitni topish deganda biror uzunlikdagi kalitni bo’lishi mumkin bo’lgan barcha variantlarini hisoblab chiqish nazarda tutiladi. Masalan, kalit uzunligi 4 bitga teng bo’lsa, u holda bo’lishi mumkin bo’lgan variantlar soni 24 = 16 ga teng bo’ladi yoki, umumiy qilib aytganda, 𝑛𝑛 bitli kalitlarni bo’lishi mumkin bo’lgan variantlari 2𝑛𝑛 ga teng bo’ladi. Hozirgi kunda simmetrik kriptotizimlarda foydalaniluvchi kalitlarning uzunligi kamida 128 bitli bo’lishi zarur. 3-jadvalda turli uzunlikdagi kalitlarni bo’lishi mumkin bo’lgan barcha variantlarini hisoblash uchun turli qiymatdagi qurilmalardan foydalanganda sarflanadigan vaqt keltirilgan. Ko’rsatilgan natijalar 2005 yildagi narx asosida keltirilgan [20]. 3-jadval Qurilma narxi Kalit uzunligi Ochiq kalitli kriptotizimlar Simmetrik kriptotizimlardagi mavjud muammolardan biri – maxfiy kalitni xavfsiz uzatish va saqlash. Quyida kalitlarni uzatish va xavfsiz saqlash bilan bog’liq muammolarni bartaraf etgan, assimetrik yoki ochiq kalitli deb ataluvchi kriptotizimlar bilan tanishib chiqiladi. Ochiq kalitli kriptotizimlarda maxlumotni shifrlash bir kalit bilan amalga oshirilsa (ochiq kalit deb ataladi), uni deshifrlash boshqa bir kalit (shaxsiy kalit deb ataladi) bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun, ochiq kalitli kriptotizimlar simmetrik kriptotizimlarda mavjud bo’lgan kalitlarni taqsimlash muammosini o’zida bartaraf etgan. Biroq, ochiq kalitli kriptografik tizimlarning ham o’ziga xos muammosi mavjud. Ochiq kalitli kriptotizimlarni yaratishda “qopqonli” bir tomonlama funksiyalarga asoslaniladi. Bu o’rinda “bir tomonlama” iborasining ma’nosi – funksiya bir tomonlama osonlik bilan hisoblanadi. Biroq, ushbu funksiyani teskarisini hisoblash juda ham murakkab (ya’ni, hisoblash mumkin emas). Bu yerda “qopqonli” deyilishiga asosiy sabab, hujumchi ochiq axborotdan (masalan, ochiq kalit) shaxsiy axborotni (masalan, shaxsiy kalitni) tiklashda foydalana olmaydi. Mazkur bir tomonlama funksiyalarga misol sifatida faktorlash amalini olish mumkin. Ya’ni, tub bo’lgan ikkita p va q sonlarni generasiyalash va 𝑁𝑁 = 𝑝𝑝 ∗ 𝑞𝑞 ni hisoblash oson. Biroq, N soni yetarlicha katta bo’lganda uni ikkita tub sonning ko’paytmasi shaklida ifodalash murakkab vazifa va u yuqori hisoblash imkoniyatini talab etadi. Simmetrik kalitli shifrlarda ochiq matn 𝑃𝑃 shifrlansa, shifrmatn 𝐶𝐶 hosil bo’ladi degan shartli belgilash kiritilgan edi. Ochiq kalitli shifrlash tizimlarida esa xabar 𝑀𝑀 shifrlansa, 𝐶𝐶 shifrmatn hosil bo’ladi deb shartli belgilash kiritiladi. Ochiq kalitli kriptografik tizimlardan foydalanish uchun, B tomon ochiq kalit va unga mos bo’lgan shaxsiy kalit juftiga ega bo’lishi talab etiladi. B tomonning 46 ochiq kaliti kimga ma’lum bo’lsa, u ma’lumotni shifrlab yuborishi mumkin. Shifrlangan xabarni ochish faqat shaxsiy kalit egasi bo’lgan B tomonga joiz. Download 140.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling