Axborot xavfsizligi ta’lim y о‘nalishi talabalari uchun individual loyihani bajarish va rasmiylashtirish b


Download 351.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/25
Sana17.06.2023
Hajmi351.81 Kb.
#1536291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
3.4. Individual loyihada 
qо‘llaniladigan ilmiy apparat 
Individual 
loyihada 
ilmiy 
apparatdan 
foydalanish 
nashr 
etishga 
tayyorlanayotgan ilmiy-uslubiy ishlar talablariga javob berishi kerak. 
Individual loyihani yozish jarayonida talaba shu sohaga oid 
о‘quv adabiyotlari 
va boshqa ilmiy nashrlardan, ma’lumotnomalardan foydalanganda quyidagilarga 
rioya qilishi lozim: 
− Individual loyihani yozish davomida foydalanilgan adabiyotlar va boshqa 
manbalardan ma’lumotlar bir xil tartibda yoritilishi kerak;
− matnda foydalanilgan manbalardan ma’lumotlar keltirish sahifa ostidagi 
izoh tarzidagi yozuv yoki kvadrat qavs ichida [1] foydalanilgan adabiyotlarda 
keltirilgan 
rо‘yxat bо‘yicha manba tartib raqamini va sahifasini kо‘rsatilgan tarzda 
amalga oshirilishi mumkin;
− sahifa ostidagi izoh tarzidagi yozuvda vaqtli nashrlar, kitoblar, maqolalar 
nomi 
qо‘shtirnoqsiz yoziladi; 
− sahifa ostidagi izohni 1.0 interval orqali amalga oshirilishi lozim.


8
4. Ilmiy va 
о‘quv adabiyotlardan foydalanish 
Individual loyihani sifatli bajarishning muhim shartlaridan biri mavzu 
bо‘yicha 
mavjud adabiyotlarni batafsil va taxliliy 
о‘rganish hisoblanadi. Bunda kо‘rib 
chiqilayotgan masalalarga aloqador 
bо‘lgan barcha asosiy manbalarni (ilmiy 
jurnallarni, ukuv kullanma va darsliklarni, ilmiy maqolalar 
tо‘plamlarini, ilmiy 
anjumanlar materiallarini, statistik ma’lumotnomalarni) 
о‘rganib chiqish zarur. 
Adabiyotlarni 
о‘rganish jarayonida asosiy e’tiborni birinchi navbatda maqola 
yoki 
о‘quv adabiyotining Individual loyiha bilan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bog‘liq bо‘lgan 
qismlariga (boblarga, paragraflarga) qaratish kerak. Shu bilan birga Individual 
loyihani yozish jarayonida kerak 
bо‘lib qolishi mumkin bо‘lgan masalalarni tushirib 
qoldirmaslik maqsadida har bir 
о‘rganilayotgan adabiyotni tegishli joylarini batafsil 
kо‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Adabiyotlarni о‘rganish va taxlillash 
jarayonida Individual loyihani bajarish bilan bog‘liq 
bо‘lgan materiallardan 
parchalar 
kо‘chirib olinishi mumkin. U holda har bir parchada uning manbasi va 
manbadagi sahifasi 
kо‘rsatilgan bо‘lishi tavsiya etiladi. Adabiyotlar bilan tanishish 
jarayonida muallif 
о‘z xulosalarini isbotlash uchun foydalangan tahlilning texnik 
usullarini (jadvallar, shakllar, statistik ma’lumotlarni guruhlarga 
bо‘lish va 
hakozolarni) xotira uchun yozib 
qо‘yishi maqsadga muvofiqdir, chunki ularning 
ba’zi-birlaridan Individual loyihani yozish davomida foydalanish mumkin. 
О‘rganilayotgan adabiyotlardan kо‘chirib olinayotgan parchalarni alohida 
qog‘ozning faqat bir tomoniga, yozuv uchun hoshiya qoldirgan holda yozib borish 
kerak 
bо‘ladi. Adabiyotlar bilan tanishish jarayonida vujudga kelgan fikr va 
g‘oyalarni shu ondayoq yozib 
qо‘yish maqsadga muvofiqdir, chunki hayolga kelgan 
kerakli fikr boshqa qaytib kelmasligi mumkin. 
Individual loyihani talab darajasida yozish uchun tavsiya etilgan adabiyotlarni 
о‘rganib chiqish va о‘rganish talab qilinganligi sababli parchalar shaklida 
tо‘plangan ma’lumotlarni tartibga solib turish lozim. Bunday tartibga solish 
turlaridan biri quyidagicha 
bо‘lishi mumkin. har bir parcha ma’lum bir raqam bilan 
belgilab 
qо‘yiladi. Masalan, «1,2» raqami parchadan Individual loyihaning 1-chi 


9
bо‘limi 2-chi paragrafini yozish davomida foydalaniladi degan ma’noni bildiradi. 
Tо‘plangan ma’lumotlarni har bir paragraf ichida yoritiladigan savollar bо‘yicha 
ham tartibga solish maqsadga muvofiq. 
Agar adabiyotlar manbalari bilan ishlash talaba tomonidan oqilona amalga 
oshirilsa, u qaysi masalalar 
bо‘yicha qanday ilmiy-amaliy ma’lumotlar tо‘plash 
kerakligini va bu ma’lumotlarni qaysi 
yо‘nalishda qayta ishlash va tahlil qilish 
kerakligini yaxshi biladi. 

Download 351.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling