Axborot xavfsizligi va uni ta’minlash usullari reja


Axborotni himoyalash konsepsiyasi


Download 42.51 Kb.
bet3/3
Sana21.04.2023
Hajmi42.51 Kb.
#1368655
1   2   3
Bog'liq
Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborot xavfsizligini taminlash usullari

Axborotni himoyalash konsepsiyasi


Konsepsiya–axborot xavfsizligi muammosiga rasmiy qabul qilingan qarashlar tizimi va uni zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda yechish yo„llari.
Konsepsiyada ifodalangan maqsadlar, masalalar va ularni bo„lishi mumkin bo„lgan yechish yo„llari asosida axborot xavfsizligini ta‟minlashning muayyan rejalari shakllantiriladi.
Konsepsiyani ishlab chiqishni uch bosqichda amalga oshirish tavsiya etiladi.

Axborot himoyasi konsepsiyasini ishlab chiqish bosqichlari



Birinchi bosqichda himoyaning maqsadli ko„rsatmasi, ya‟ni qanday real boyliklar, ishlab chiqarish jarayonlari, dasturlar, ma‟lumotlar bazasi himoyalanishi zarurligi aniqlanishi shart. Ushbu bosqichda himoyalanuvchi alohida ob`ektlarni ahamiyati bo„yicha tabaqalashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ikkinchi bosqichda himoyalanuvchi ob`ektga nisbatan bo„lishi mumkin bo„lgan jinoiy harakatlar tahlil qilinishi lozim. Iqtisodiy josuslik, terrorizm, sabotaj, buzish orqali o„g„irlash kabi keng tarqalgan jinoyatchiliklarning real xavf-xatarlik darajasini aniqlash muhim hisoblanadi. So„ngra, niyati buzuq odamlarning himoyaga muhtoj asosiy ob`ektlarga nisbatan harakatlarining ehtimolligini tahlil qilish lozim.
Uchinchi bosqichning bosh masalasi – vaziyatni, xususan o„ziga xos mahalliy sharoitni, ishlab chiqarish jarayonlarini, o„rnatib qo„yilgan himoyaning texnik vositalarini tahlil qilishdan iborat.

Axborot xavfsizligini ta‟minlash iyerarxiyasi



Axborot xavfsizligi bo„yicha tadbirlar kompleksining asosini axborot himoyasining strategiyasi tashkil etishi lozim. Unda ishonchli himoya tizimini qurish uchun zaruriy maqsadlar, mezonlar, prinsiplar va muolajalar aniqlanadi.
Axborot himoyasi umumiy strategiyasining muhim xususiyati xavfsizlik tizimini taqiqlashdir. Ikkita asosiy yo„nalishni ajratish mumkin: • Himoya vositalarining tahlili;
• Hujum bo„lganini aniqlash.
Axborot xavfsizligini ta‟minlash iyerarxiyasidagi ikkinchi masala siyosatni aniqlashdir. Uning mazmuni eng ratsional vositalar va resurslar, ko„rilayotgan masala maqsadi va unga yondashishni tashkil etadi.
Bu hujjat matnni bir nechta sahifalaridan iborat bo„lib, tarmoq fizik arxitekturasini shakllantiradi, undagi axborot esa himoya mahsulotini tanlashni aniqlaydi.
Axborot xavfsizligining siyosatini ishlab chiqishda, avvalo himoya qilinuvchi ob`ekt va uning vazifalari aniqlanadi. So„ngra dushmanning bu ob`ektga qiziqish darajasi, hujumning ehtimolli turlari va ko„riladigan zarar baholanadi. Nihoyat, mavjud qarshi ta‟sir vositalari yetarli himoyani ta‟minlamaydigan ob`ektning zaif joylari aniqlanadi.
Odatda ko„p sonli foydalanuvchilarga ega bo„lgan korporativ kompyuter tarmoqlari uchun maxsus “Xavfsizlik siyosati” deb ataluvchi, tarmoqda ishlashni ma‟lum tartib va qoidalarga bo„ysindiruvchi (reglamentlovchi) hujjat tuziladi.
Siyosat odatda ikki qismdan iborat bo„ladi: umumiy prinsiplar va ishlashning muayyan qoidalari. Umumiy prinsiplar Internetda xavfsizlikka yondashishni aniqlasa, qoidalar nima ruxsat etilishini va nima ruxsat etilmasligini belgilaydi. Qoidalar muayyan muolajalar va turli qo„llanmalar bilan to„ldirilishi mumkin.
Hozirgi kunda axborotni himoyalashning tashkiliy choralari, shuningdek dasturiy va texnik vositalar yetarli samara bermay qoldi. Shu bois, huquqiy, jumladan, jinoiy-huquqiy himoya vositalari xavfsizlikning qo„shimcha choralari sifatida yuzaga keldi.
O‟zbekiston Respublikasining 2007 yil 25 dekabrdagi «Axborotlashtirish va ma‟lumotlar uzatish sohasida qonunga xilof harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi munosabati bilan O‟zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o„zgartish va qo„shimchalar kiritish to„g„risida»gi qonunga1 asosan O‟zbekiston Respublikasi JK va MJTKlariga o„zgartirishlar kiritildi va axborotlarni himoya qilish masalalari yanada mustahkamlandi.
O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining «Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarining kompyuter xafvsizligini ta‟minlash borasidagi qo„shimcha choratadbirlar to„g„risida»gi 2005 yil 5 sentabr 167-sonli qaroriga muvofiq kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi
«O‟zinfokom» huzurida «Kompyuter hodisalariga chora ko„rish xizmati» (UZCERT) tashkil etilgan.
UZ-CERT xizmati milliy axborot tizimlari va Internet resurslari foydalanuvchilarini xabardor qiladi. Bundan tashqari, guruh axborot tahdidlarini oldini olish bo„yicha maslahatlar va texnik yordam beruvchi yagona markazdir.
Shunday qilib axborot texnologiyalarini, xususan, kompyuter tizimlarini kasbiy faoliyatda har qanday ko„rinishda qo„llash bilan bir qatorda axborot xavfsizligini ta‟minlash ishlariga ham alohida e‟tibor qaratish zarur.

1



Download 42.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling