2-Ma’ruza
Mavzu: Tarmoq xavfsizligiga zamonaviy tahdidlar
Reja:
Axborot xavfsizligiga tahdidlar va ularning tahlili
Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda zaifliklar va tahdidlar
Tarmoqdagi axborotga bo‘ladigan namunaviy xujumlar
Tayanch iboralar: tahdid, zaiflik, xavfsizlik, server, tarmoq, tizim, haker, internet, TELNET, FTP, DNS server, DDOS .
Axborot xavfsizligiga tahdidlar va ularning tahlili
Axborot xavfsizligiga bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni tahlillash yaratilayotgan himoyalash tizimiga qo‘yiladigan talablarning to‘liq to‘plamini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Odatda tahdid deganda (umumiy ma’noda) kimningdir manfaatlariga zarar yyetkazuvchi hodisa (ta’sir, jarayon yoki voqea) tushuniladi. Axborot tizimiga tahdid deganda esa axborot tizimining xavfsizligiga bevosita yoki bilvosita zarar yetkazuvchi ta’sir imkoni tushuniladi.
Zamonaviy axborot tizimida saqlanuvchi va ishlanuvchi axborot juda ko‘p omillarning ta’siriga duchor bo‘lishligi sababli tahdidlarning to‘liq to‘plamini tavsiflash masalasini formallashtirish mumkin emas. Shuning uchun tahdidlarning to‘liq ro‘yxatini emas, balki tahdidlar sinfining ro‘yxatini aniqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Axborot tizimiga bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni tasniflashni ularning quyidagi alomatlari bo‘yicha amalga oshirish mumkin:
1. Paydo bo‘lish tabiati bo‘yicha quyidagilar farqlanadi:
axborot tizimiga ob’ektiv fizik jarayonlar yoki tabiiy xodisalar ta’sirida paydo bo‘luvchi tabiiy tahdidlar;
inson faoliyati sabab bo‘luvchi axborot tizimiga sun’iy tahdidlar.
2. Namoyon bo‘lishining atayinligi darajasi bo‘yicha quyidagilar farqlanadi:
xodimning xatosi yoki loqaydligi tufayli paydo bo‘luvchi tahdidlar, masalan himoya vositasidan noto‘g‘ri foydalanish; xatoli ma’lumotlarni kiritish va h.;
Do'stlaringiz bilan baham: |