Axborot xavfsizligiga tahdidlar va ularning tahlili


Atayin qilinadigan tahdidlar


Download 87.61 Kb.
bet4/10
Sana18.06.2023
Hajmi87.61 Kb.
#1590589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-mavzu. Tarmoq xavfsizligiga zamonaviy tahdidlar

Atayin qilinadigan tahdidlar niyati buzuqning maqsadga yo‘naltirilgan harakatlari bilan bog‘liq. Niyati buzuq sifatida tashkilot xodimini, qatnovchini, yollangan kishini va h. ko‘rsatish mumkin. Avvalo tashkilot xodimining niyati buzuq bilan tushungan holda hamkorlik qilishiga e’tibor berishi lozim. Bunday hamkorlikka undovchi sabablar quyidagilar:

  • tashkilot xodimining rahbariyatga qasdlik qilish maqsadida;

  • niyati buzuq qarashlarning haqqoniyligiga ishongan holda;

  • xodimning tashkilot rahbariyatining noqonuniy faoliyat yuritilayotganligiga ishongan holda;

  • yolg‘on harakatlar, ta’magirlik, shantaj, xarakterning salbiy jihatlaridan foydalanish, zo‘rlash yo‘li bilan hamkorlikka undash va h.

Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda zaifliklar va tahdidlar
Zaifliklar tashkilot aktivlari bilan assotsiyatsiyalangan himoyaning kuchsizliklarini ifodalaydi. Ushbu kuchsizliklar nomaqbul mojarolarga sabab bo‘luvchi bitta yoki bir necha tahdidlar tomonidan foydalanishi mumkin. Zaiflikning o‘zi zarar yyetkazmaydi, ammo aktivlarga zarar yetkazishga imkon beruvchi sharoit yoki sharoitlar to‘plami hisoblanadi. Boshqacha aytganda, zaifliklar – tahdidlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga imkon beruvchi har qanday omillar. Shu sababli zaifliklarni baholash uchun mavjud xavfsizlik mexanizmlarini identifikatsiyalash va ularning samaradorligini baholash zarur.
Aktivlarga zarar yetkaza oluvchi mojarolarga sabab bo‘lish uchun tahdidlar va zaifliklar birlashishlari lozim. Shuning uchun tahdidlar bilan zaifliklar orasidagi bog‘liqlikni aniqlash zarur. Quyida xavfsizlikning turli jabxalaridagi zaifliklarga va ulardan foydalana oladigan tahdidlarga misollar keltirilgan.




Download 87.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling