Axborot xavfsizligini ta’minlashda amalga oshiriladigan dastlabki
Download 1.06 Mb.
|
1-Mustaqil ish
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: xavfsizlik yorliqlari va ogohlantiruvchi signallar. Yorliqlar xavfsizlik darajasi turlicha bo‘lgan axborotdan foydalanishda ruxsatlarni cheklash uchun qulay hisoblanadi. Buning uchun, tashkilotdagi ma’lumotlarga xavfsizlik yorliqlari beriladi. Quyidagi xavfsizlik yorliqlari mavjud:
ochiq ma’lumotlar (unclassified); chegaralangan ma’lumotlar (restricted); konfidensial ma’lumotlar (confidential); maxfiy ma’lumotlar (secret); o‘ta maxfiy ma’lumotlar (top secret). Axborotdan foydalanishdan oldin uning yorlig‘iga qarab, ruxsatning borligi yoki yo‘qligi aniqlanadi, agar ruxsat bo‘lsa undan foydalanish mumkin. Ogohlantiruvchi signallardan, odatda, tashkilotdagi ko‘p sonli xodimlarning ruxsatsiz harakatlarini cheklash uchun foydalaniladi. Ogohlantiruvchi signallarga “TAQIQLANGAN HUDUD” (RESTRICTED AREA), “OGOHLANTIRISh” (WARNING), “XAVFLI” (DANGER) iboralarini misol tariqasida keltirish mumkin (4.22-rasm). 4.22-rasm. Ogohlantiruvchi belgilar Fizik xavfsizlikni nazoratlash: video kuzatuv vositalari tashkilot aktivlarining fizik xavfsizligini ta’minlashda muhim komponent hisoblanadi. Video kuzatuv moslamalari odatda tashkilotning kirish eshiklarida, zallarida va ishchi hududlarida o‘rnatilib, kirish va chiqish harakatlarini kuzatishga yordam beradi. Zamonaviy video kuzatuv vositalari nafaqat harakatlarni qaydlashga, balki nomaqbul harakatlarni aniqlash imkonini ham beradi. Masalan, taqiqlangan jixoz olib kirilayotgan yoki olib chiqilayotgan holatni aniqlaydi yoki janjal bo‘layotgan holatni aniqlab, ogohlantirish signalini yuboradi. Video kuzatuv vositalari sifatida hozirgi kunda quyidagi kameralardan foydalanib kelinmoqda (4.23-rasm). a) Dome CCTV b) Bullet CCTV c) C-mount CCTV 4.23-rasm. Kuzatuv kameralari Day/ night CCTV Fizik xavfsizlikni nazoratlash: fizik xavfsizlik siyosati va muolajalari. Har bir tashkilot samarali fizik xavfsizlikni amalga oshirish uchun talab qilingan fizik xavfsizlik siyosatini va muolajalarini amalga oshirishi zarur. Turli tashkilotlar uchun fizik xavfsizlik siyosati turlicha bo‘lishi mumkin. Xususan, tashkilot fizik xavfsizligining siyosati o‘zida quyidagilarni mujassamlashtiradi: xodimlarning huquq va vazifalari; foydalanishlarni boshqarishning nazorati; qaydlash va audit. Fizik xavfsizlik muolajalari o‘z ichiga quyidagilarni oladi: qulflash tizimini boshqarish; suqilib kirish insidentlarini qaydlash; tashrif buyuruvchilarni boshqarish; konfidensial materiallarni yo‘q qilish; qog‘ozdagi axborot uchun toza stol siyosatini va axborotni ishlashda toza ekran siyosatini amalga oshirish. Toza stol siyosatiga ko‘ra tashkilot uchun muhim bo‘lgan axborotni xodimlar tomonidan nazoratsiz qoldirilmasligi va ish joyidan tashqariga olib chiqmasligi zarur. Toza ekran siyosati esa xodim o‘z kompyuteridan foydalanishi davomida uni nazoratsiz qoldirmaslikka e’tibor qaratadi. Boshqa fizik xavfsizlik choralari: yoritish tizimlari. Yoritish tizimlari tashkilot binosi xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tashkilot binolarining atrofini yetarlicha yoritmaslik boshqa xavfsizlik vositalarining samaradorligiga salbiy ta’sir etadi. Masalan, agar tashkilotning kirishida, mashina turar joylarida yoki kuzatuv kamerasi o‘rnatilgan boshqa hududlarda yoritish tizimi talabga javob bermasa, ushbu hududlardagi noqonuniy harakatlarni aniqlash imkoniyati kamayadi. Muhitning yoritish tizimi holat va sezuvchanligiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling