Axborotlarni izlash va ajratib olish fanidan mustaqil ish Mavzu


Download 443.32 Kb.
bet1/11
Sana11.09.2023
Hajmi443.32 Kb.
#1675707
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazm (1)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI





AXBOROTLARNI IZLASH VA AJRATIB OLISH FANIDAN
Mustaqil ish
Mavzu: Amaliyotda axborotni izlashda Veb resurslarning avfzallikklari.

Toshkent 2020




Reja:


  1. Internet tarmog‘ining bibliografik resurslari.

  2. Internetda axborot-qidirish tizimlari.

  3. Axborotlarni parametrlari bo‘yicha qidirish usullari.

  4. Mashhur internet qidiruv tizimlari va ixtisoslashgan axborot qidiruv tizimlari.

  5. Web hujjatlarni izlash usullari va so’rovlarni tuzish.

Xulosa
Adabiyotlar


1.Internet tarmog‘ining bibliografik resurslari


Web-sahifa tushunchasi va shakli. Manzil qatori (adresnayastroka). Internetga sayohat qilishdan oldin kerakli manzil tanlanadi(masalan, yandex.ru), so‘ng Enter tugmasi bosiladi. Sahifalarni yangilash uchun manzilni yangidan kiritish kerak bo‘lmaydi,ishni sichqoncha yordamida davom ettiramiz.Manzil qatoridagimanzilning to‘liq shakli quyidagicha bo‘lishi mumkin, ammo,h ttp ://prefiksini yozish ko‘p hollarda shart emas, chunki umanzildan oldin avtomatik ravishda qo‘yiladi, ba’zan WWWni ham yozish shart bo‘lmaydi, negaki, brauzer uni o‘zi qo‘shib, manzilni aks ettiradi. Elektron manzilni yozayotganda harflarning katta yoki kichikligi ham muhim emas. Internetda davomiy ishlab, turli sahifalardan foydalanish natijasida brauzerning manzil qatori kengayib, keyingi safar manzillar kiritilganda, brauzer foydalanuvchiga yordam tariqasida o‘xshash e-manzillarning ro‘yxatini taklif etadi, bu esa, o‘z navbatida, ish faoliyatini ancha yengillashtiradi.Internet manzili (UPL) bilan bir xil ma’noda belgilanuvchi mantiqiy birlik. U web-saytning tarkibiy qismidir. Web-sahifa biror voqelik, hodisa yoki obyekt to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘zida jamlagan fayldir. Web serverlar bazasi web-saytlardan iborat bo‘lsa, web saytlar esa, o‘z navbatida, sahifalardan iborat bo‘ladi. Fizik nuqtayi nazardan u HTML turidagi fayldir. Web-sahifalar matn, tasvirlar, animatsiya va dastur kodlari va boshqa elementlardan iborat bo‘lishi mumkin. Sahifa statik va dinamik shakllantirilgan bo‘lishi mumkin. Freymlardan (qismlar) iborat sahifalarda har bir freymga alohida sahifa mos keladi.
Web-sayt tushunchasi va shakli. Inglizcha «site» (joy, joylashish) so‘zining o‘zbekcha talaffuzi. Umumjahon o‘rgimchak to‘ri ma’lum axborotni topish mumkin bo‘lgan va noyob URL manzillar bilan belgilangan virtual joy. Ushbu manzil web-saytning bosh sahifasi manzilini ko‘rsatadi. O‘z navbatida, bosh sahifada web-saytning boshqa sahifalari yoki boshqa saytlarga murojaatlari mavjud bo‘ladi. Web-sayt sahifalari HTML, ASP, PHP, JSP texnologiyalari yordamida yaratilib, matn, grafik, dastur kodi va boshqa ma’lumotlardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Web-saytni ochish uchun brauzer dasturidan foydalanib uning manzil maydoniga kerakli web-saytning manzili kiritiladi. Web-sayt shaxsiy, tijorat, axborot va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Web-portal tushunchasi. Web-portal (ing. «portal» — darvoza so‘zidan olingan) — bu Internet foydalanuvchisiga turli interaktiv xizmatlarni (pochta, izlash, yangiliklar, forumlar va h.k) ko‘rsatuvchi yirik web-sayt. Portallar gorizontal (ko‘p pejani qamrovchi) va vertikal (ma’lum mavzuga bag‘ishlangan, masalan, avtomobil portali, yangiliklar portali), xalqaro va mintaqaviy (masalan, uznet yoki runetga tegishli bo‘lgan), shuningdek, ommaviy va korporativbo‘lishi mumkin.
Web-saytlarning toifalari va vazifalari. Web-saytlarning asosiy vazifasi shundan iboratki, ular biror faoliyat, voqea va hodisa yoki biror shaxsning Internetdagi imijini yaratadi. Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan saytlarni bir necha xil toifalarga ajratish mumkin:
1. Ta’lim saytlari. Bu turdagi saytlarga ta’lim muassasalari, ilmiytadqiqot muassasalari va masofaviy ta’lim saytlari kiradi, masalan, edu.uz, eduportal.uz
2. Reklama saytlari. Bu turdagi saytlarga, asosan, reklama agentliklari va reklamalarni joriy qilish saytlari kiradi.
3. Tijorat saytlari. Bu turdagi saytlarga Internet do‘konlar, Internet to‘lov tizimlari va Internet konvertatsiya tizimlari saytlari kiradi, masalan, websum.uz, webmoney.ru, egold.com
4. Ko‘ngilochar saytlar. Bu turdagi saytlarga kompyuter o‘yinlariga, fotogalereyalarga, sayohat va turizmga, musiqa va kinonamoyishlarga bag‘ishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan, mp3.uz, melody.uz, cinema.uz
5. Ijtimoiy tarmoqlar saytlari. Bu turdagi saytlarga tanishish, do‘stlarni qidirish, anketalarni joylashtirish va o‘zaro muloqot o‘rnatishga bag‘ishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan, sinfdosh.uz, ud.uz, odnok1assniki.ru
6. Korxona va tashkilotlar saytlari. Bu turdagi saytlarga davlat korxonalari, xo‘jalik va boshqaruv organlari saytlari kiritiladi.

Download 443.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling