Faoliyat sohasi
Download 32.64 Kb.
|
1 2
Bog'liqFaoliyat sohasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faoliyat sohalarini belgilashdan maqsad - o‘qituvchi va amaliyot o‘qituvchining turli xil vazifalaridan tipik vazifalarini ajratish va ta’riflash.
- O‘quv - didaktik materiallarning turlari
“Faoliyat sohasi” tushunchasi:Amaliyot o‘qituvchisi va nazariya o‘qituvchining turli hil vazifalaridan tipik vazifalalarini ajratish mumkin. Ular ta’limga oid faoliyat bilan o‘zaro bog‘liq. O‘zaro bog‘liq bilimlar, strategiya, texnika va tadbirlardan iborat bunday tuzilishni (strukturani) biz “faoliyat sohasi”deb nomlaymiz. Ammo buni o‘qituvchi yoki instruktorning yuqorida ko‘rsatilgan didaktik xatti-harakatlar bilan adashtirish mumkin emas, chunki didaktik xatti-harakatlar aynan nazariy dars yoki instruktajlarning sikli bilan bog‘liqdir. Faoliyat sohasi ko‘proq narsani o‘z ichiga oladi. Faoliyat sohalarini belgilashdan maqsad - o‘qituvchi va amaliyot o‘qituvchining turli xil vazifalaridan tipik vazifalarini ajratish va ta’riflash. Bunday faoliyat sohasi turli vazifalar miqdorini o‘z ichiga olishi mumkin, ya’ni u keng ham tor ham bo‘lishi mumkin. Albatta, faoliyat sohasi o‘z ichiga didaktik xatti-harakatlarni qamrab olgan, lekin bu harakatlar uning faqat bir qismini tashkil qiladi. Seminarning keyingi bo‘limlarda o‘quv materiali faoliyat sohalarga bo‘lingan. Biz faoliyat sohalarini keng ko‘lamli qilib tuzdik va ulardan mazmunlarni tuzish asosi sifatida foydalandik. O‘quv - didaktik materiallarning turlari O‘quv - didaktik materallar (yoki o‘quv vositalari) deganda, o‘qitilishi va o‘rganilishi lozim bo‘lgan bilimlarni beruvchi har qanday axborot tashuvchilarni tushunamiz. Ular axborot olish va axborotni qayta ishlash uchun ishlatiladi. Azariy darslarda ular asosan matnli vizual vositalardan, misol uchun o‘quv kitoblari va kartotekalardan tashkil topadi. Amaliy mashg‘ulotlarda ular kurs materiallari, qo‘llanma kitoblar, jadvalar, ekspluatasiya bo‘yicha qo‘llanmalar kabilardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Bunday o‘quv va didaktik materiallarga qo‘shimcha tarzda tasviriy-vizual vositalardan (fotosuratlar, rasmlar, chizmalar, grafiklar...) dan ham foydalaniladi. Ular umumiy va keng qamrovli tasavvurni vujudga keltirishni osonlashtiradi. Ta’lim mazmuni, metodi va tashkil etilishini takomillashtirish masalasi dolzarb masaladir. Shu bois ta’lim jarayoni pedagogikada yangi texnologiyalar yaratilishini taqozo etadi. Tadqiqot jarayonida zamonaviy, ba’zi hollarda yangi pedagogik texnologiya iborasini ishlatib keldik. Aslida bizning tasavvurimizda har ikkala termin sinonim o‘xshashlikka ega deb hisoblangan holda ish ko‘rdik. Yangi pedagogik texnologiya mazmuni o‘quv maqsadlarini nazarda tutgan texnologik ishlanmalar, o‘quv maqsadlarni nazoratda tutuvchi o‘ziga xos tasniflagichlar, internet tizimi va elektron darsliklar, test topshiriqlari, virtual laboratoriyalar, kompyuter texnologiyalardan foydalanish to‘liq o‘zlashtirish imkonini beradi. Buning uchun biz ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanamiz, ya’ni ilg‘or pedagogik texnologiyalar yordamida talabalar mustaqil o‘quv faoliyatlarini rivojlantirishga hissa qo‘shamiz. Innovatsion pedagogik texnologiya ta’lim tizimining ratsional yo‘llarini ishlab chiqaruvchi va loyihalashtiruvchi jarayon bo‘lib, unda professor-o‘qituvchilar ma’sul shaxs hisoblanadi. Chunki uning asosiy vazifasi axborotni talabalarga tez, aniq, lo‘nda va tushunarli tarzda yetkazib berishdan iboratdir. Talabalarning yangiliklarni qabul qilishlari va bunga moyilliklari hamda fe’l-atvori har xil bo‘lishiga qaramay professor-o‘qituvchilar talabalarni mustaqil fikrlash, mushohada qilish, xulosa chiqarishga o‘rgatishi lozim. Bunda talaba asosiy harakatlantiruvchi kuch bo‘lib, o‘qish, mutoala qilish, chizma chizish, proeksiyalarni, formulalarni tushunish, asboblardan to‘g‘ri foydalana olish va ishlata bilish, bir-birlari bilan hamkorlikda qo‘yilgan muammolarni yechishda ustoz shogirtd sifatida asosiy vazifalari hisoblanadi. Oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan o‘zgarish va yangilanishlar talabalarga yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni berish bilan bir qatorda, yoshlarimizning o‘ziga va boshqa insonlarga, jamiyatga, davlatga, tabiatga nisbatan o‘zgarishini, vatanparvarlik g‘oyalarini ongiga va qalbiga singdirishini ham ko‘zda tutiladi. Demak, ta’lim muassasalarimizni faoliyati asosan talabalarimizni demokratik jamiyatda mustaqil fikrlaydigan, o‘z dunyoqarashiga ega ma’naviy-komil inson bo‘lib shakllanishiga qaratilgan bo‘lishi kerak. Professor-o‘qituvchilar o‘z oldiga qo‘yilgan murakkab, mas’uliyatli va dolzarb vazifalarni bajarish uchun ta’lim-tarbiya jarayoniga bo‘lgan yangicha qarashlarni shakllantirishi quyidagi xislatlarga ega bo‘lishi kerak: • zamonaviy, ilmiy va madaniy-marifiy taraqqiyotning mohiyatini chuqur tushuna bilishi; • dunyo va inson haqidagi bilimlar tizimini chuqur va keng nuqtai nazardan anglashi; • axborot ta’lim texnologiyalarini va o‘qitish vositalarini ta’lim berishda tatbiq etishi; • internet tarmog‘i to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lishi va undan o‘z bilimini oshirishda foydalana olishi; • pedagogik mehnatning samaradorligini tahlil etish yo‘llarini bilishi va o‘z-o‘ziga baho bera olishi; • oilaviy ta’lim-tarbiya muammolari bo‘yicha tasavvurlarini rivojlantirishi; • umuminsoniy, milliy madaniy va qadriyatlar; • milliy g‘oya va milliy mafkura hamda iqtisodiy islohotlar mohiyatini tushunib yetishi; • yangi pedagogik texnologiyalarning asl mohiyatini tushunib olishga; • dars jarayonida pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish yo‘llarini bilishi; • talabalarning fikrlashlari va bir-birlari bilan fikr almashishlari hamda do‘stona muhit yaratish uchun sharoit yaratishi; • dars mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirish uchun laboratoriya jihozlaridan foydalanish va mashg‘ulotlar o‘tkazishni o‘zlashtirib olgan bo‘lishi; • texnik vositalar va o‘quv vositalardan foydalanish yo‘llarini bilishi; Professor-o‘qituvchilarga qo‘yiladigan yuqorida keltirilgan zamon talablari majmuini amalga oshirish uchun har bir professor-o‘qituvchi yangicha fikrlash tafakkurini o‘stirishi, pedagogik texnologiyalarni mustaqil o‘rganishi, uning maqsad va vazifalari nimalardan iborat ekanligini chuqur bilib olishi kerak. Talabalar mustaqil ishi-o‘quv rejasida muayyan fanni o‘zlashtirish uchun belgilangan o‘quv ishlarining ajralmas qismi bo‘lib, unga ajratilgan vaqt meyorida berilgan topshiriqlarni talaba tomonidan professor-o‘qituvchilarning ishtirokisiz bajarilishidir. Talabalar mustaqil ishining asosiy maqsadi-o‘qituvchining rahbarligi va nazorati ostida muayyan o‘quv, o‘quv-metodik, ilmiy va ilmiy-pedogogik ishlarni mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir. “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan talabalarning mustaqil ishini tashkil etishda mashg‘ulot turiga tegishli mustaqil talim soatiga mos keladigan topshiriqlar tuziladi. Ma’ruza mashg‘ulotining har bir bo‘limiga tegishli mustaqil ish topshiriqlarini tuzishda soddadan murakkabga qarab boriladi va topshiriqlar shunday tuziladiki, uning 60-70% foizi belgilangan standart talablarini bajarsin, bunda talaba o‘z imkoniyatlari darajasida yuqori ko‘rsatkichlarga erishishi mumkin. Topshiriqlar to‘plamiga asos qilib ma’ruzada o‘tilgan tayanch so‘z va iboralar, ularning lug‘ati, sharhi, mazmuni va shunga o‘xshashlarni olish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari o‘qitishning kompyuterlashgan, axborot va boshqa zamonaviy texnologik vositalardan (turli animasiyalar, virtual laboratoriyalar va boshqalar) foydalanish hozirgi zamon talabidir. Muxtasar qilib aytganda, hozirgi vaqtda shaxsiy rivojlanishga asoslangan bunday texnologiyalarga ehtiyoj bor: ijodiy va tanqidiy fikrlash, tahlil qilish, qaror qabul qilish, jamoada hamkorlik qilish. Yuqoridagi omillarga tayanadigan pedagogik texnologiyalardan foydalanish talabalarda bilim ko‘nikma malaka kabi talablarni egallashi uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Pedagogik dasturiy vositalarga qo‘yiladigan didaktik talablarga quyidagilar kiradi: ilmiylik, tushunarli, qat’iy va tizimli bayon etilishi bilan birgalikda (pedagogika, psixologiya, informatika, ergonomikaning asosiy tamoyillarini, zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga olib, o‘quv faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini ta’minlash), uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari o‘rganilgan bilimlarning mantiqiy oqibati hamda to‘ldiruvchisi hisoblanadi), izchillik, muammolilik, ko‘rgazmalilik, faollashtirish (o‘qitish mustaqilligi hamda faollilik xususiyatining mavjudligi), o‘qitish natijalarini o‘zlashtirish mustahkamliligi, muloqotning interfaolliligi, o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va amaliyotning yaxlit birligi. Metodik talablarga quyidagilar kiradi: aniq o‘quv fanining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, ma’lum bir faning o‘ziga xosligini hisobga olish, axborotni zamonaviy metodlari o‘zaro bog‘liqliligi, o‘zaro aloqadorliligi, turlitumanligi, amalga oshirilishi. Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin: o‘rgatuvchi dasturlar – o‘quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltiradi; test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo‘llaniladi; mashq qildirgichlar - avval o‘zlashtirilgan o‘quv materialini takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi; o‘qituvchi ishtirokidagi virtual o‘quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar (Virtual borliq tizimlari). Virtual borliq (Virtualnaya realnost) tushunchasini Jaron Lanier (Lane) taklif etgan. Virtual borliq immersivlik va interfaollik tushunchalari bilan bog‘liq. Immersivlik deganda odamning virtual borliqda o‘zini faraz qilishini tushunish lozim. Interfaollik foydalanuvchi real vaqtda virtual borliqdagi ob’ektlar bilan o‘zaro muloqotda bo‘lib ularga ta’sir ko‘rsatishga ega bo‘ladi. Virtual borliq tizimi deganda – biz imitatsion dasturiy va texnik vositalarni qabul qilamiz. Interfaollikni ta’minlash uchun, virtual tizim boshqaruvchi amallarni qabul qilishi kerak. Bu amallar ko‘p modallikga, ya’ni ko‘z bilan ko‘radigan, tovush orqali qabul qiladigan bo‘lishi kerak. Bu amallarni amaliyotda bajarish uchun zamonaviy tizimlarda turli tovush va videotexnologiyalardan foydalaniladi. Masalan, kata hajmli tovush va videotizimlari, shuningdek odamning bosh qismiga o‘rnatiladigan shlem va ko‘zoynak displeylar, hid sezadigan sichqonchalar, boshqaruvchi qo‘lqoplar, kibernetik nimchalar simsiz interfeys birgaligida ishlatiladi. Yuqoridagilar ekzotik qurilmalarga tegishli [22,23,24],. Pedagogik faoliyatda foydalaniladigan amaliy dasturiy vositalar. Multimediali elektron o‘quv kurslarni yaratish imkoniyatini beruvchi pedagogik dasturiy vositalar ichida yuqori reytingga ega bo‘lgan iSpring dasturi haqida to‘xtalib utamiz. iSpring Free dasturi .PPT, .PPTX, .PPS, .PPSX formatdagi fayllarni Flash (.SWF) va HTML5 formatiga konvertatsiyalash imkoniyatini beradigan mualliflik dasturi hisoblanadi. Pedagogik faoliyatda amaliy dasturiy vositalardan foydalanish Elektron ta’lim muhitida laboratoriya ishlarini tashkillashtirishning o‘ziga xos muammolari mavjud. Aynan bu muammoni virtual laboratoriya ishlaridan foydalangan holda tashkillashtirish mumkin. Bu o‘quv modulimizda aynan yuqorida keltirilgan muammoni hal qilishga harakat qilamiz. Bu modulda keltirilgan pedagogik dasturiy vositalar Toshkent axborot texnologiyalari universitetining fizika kafedrasida 2005-yildan buyon keng qo‘llanilib kelinmoqda va o‘quv jarayonida talabalarning fanni o‘zlashtirishini ijobiy natijalarga olib keldi. Pedagogik dasturiy vositalardan (biror bir jarayonni vizulallashtirish imkoniyati beruvchi pedagogik dasturiy vosita- simulyator) foydalanish jarayonida talabalar ma’ruza vaqtida o‘rgangan nazariiy bilimlarini virtual bo‘lsada hayotga tadbiq qiladilar. Ushbu tadqiqotlar jarayonida bilimlarini yanada mustahkamlash bilan bir qatorda nazariya hamda Hayotiy tadqiqotlarning rivojlanishiga bevosita xissa qo‘shadilar. Bundan tashqari o‘sha simulyatorlarning ham yanada rivojlanishiga, yanada haqiqiy Hayotiy tadqiqotlarga yaqin natijalar beradigan darajaga chiqarishda o‘z xissalarini qo‘shishlari mumkin. Bu o‘z o‘rnida talabalarni faqatgina tinglovchi vazifasida qolmasdan, bevosita ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashuvchilarga aylantiradi va talabalarda tadqiqotlarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada ortishiga olib keladi. Hozirgi kunda fan-texnikaning katta sur’atlarda rivojlanishi real-hayotiy tadqiqot uskunalarini ushbu rivojlanish bilan bir qatorda ketishida qiyinchilik tug‘diradi. Xususan, simulyatorlarda esa bunday to‘siqlar mavjud emas va xatto ushbu―virtual tadqiqotxonalar fan-texnika rivojlanish tezligiga qo‘shimcha tezlik qo‘shadi. Albatta, har sohada bo‘lgani kabi simulyatorlardan foydalanishga nisbatan ham qarshi fikrlar mavjud. Ulardan eng birinchisi simulyatorlarning haqiqiy ob’ekt va jarayonlarni to‘la-to‘kis ifoda eta olmasliklaridir. Bu simulyatorlar yordamida olingan natijalar bilan hayotiy tajribalardan hosil bo‘lgan natijalar o‘rtasida tafovutlar paydo bo‘lishiga olib keladi [35, 58-b.]. Ba’zi simulyatorlar esa o‘yin shaklida yasalgan, masalan, uchuvchilik simulyatorlari. Ular foydalanuvchilarda doimiy ishqibozlik kelib chiqishiga olib keladi va natijada tadqiqotdan ko‘ra ko‘proq o‘yin tarafi ustun keladi. Shunga qaramasdan simulyatorlardan foydalanishning salbiy tomonlari ijobiy tomonlariga nisbatan ancha kuchsiz hamda ularni bartaraf etish imkoniyatlari mavjud. Shuning uchun ular simulyatorlardan foydalanishning qandaydir ma’noda cheklanishiga asosiy sabab bo‘la olmaydi. Korxona ma’muriyati, yollovchi, mulkdor yoxud ular vakolat bergan boshqaruv idorasi korxonada mehnatni muhofaza qilish standartlari, qoida va me’yorlarining talablari, shuningdek jamoa shartnomasida ko‘zda tutilgan majburiyatlar bajarilishini ta’minlaydi. Korxonalarning xodimlari respublikaning tegishli qonunlari va me’yoriy hujjatlari, jamoa shartnomalarida belgilangan mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yoriy talablariga rioya etishlari talab qilindi. Moliyaviy ta’minlash - davlat tomonidan, shuningdek mulk shaklidan katiy nazar jamoat birlashmalari, korxonalarning ixtiyoriy badallari hisobiga amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi. Download 32.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling