Axborotlarni kriptografik himoyalash usullari
Kalit bo‘yicha oddiy o‘rnini almashtirish shifri
Download 331.26 Kb.
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- OBYEKT BUGUN KASAL
- Mustaqil ta’lim savollari Kriptografiya va uning vazifasi
- Shiflashda kalit tushunchasi
Kalit bo‘yicha oddiy o‘rnini almashtirish shifri
Bu usul oldingisiga nisbatan deshifrovka qilish uchun ancha murakkabdir. Bu usulda jadval ustunlari kalit bo‘luvchi so‘z, ibora, jumla orqali o‘rin almashtiriladi. Misol tariqasida UCHRASHUV INDINGA XIVA KINOTEATRIDA matnini TEGIRMON so‘zini kalit sifatida qabul qilib, O‘rnini almashtirish shifrini qo‘llab shifrlaylik. Matnda 32 ta va kalitda 8 ta harflar borligi uchun 8x4 jadval tuzamiz. Endi kalit orqali 8x6 jadval tuzib kalitdagi harflarni alfavit bo‘yicha raqamlab chiqamiz. Raqam bo‘yicha ustunlar o‘zgartiriladi. Qator bo‘yicha 4 tadan bloklarga bo‘lib, simvollar ketma-ketligidagi shifrlangan matnni olamiz. Shuni e’tiborga olish kerakki, agar qatorda ketma-ket ikkita bir xil harf kelsa, chap tarafdan kelayotgan harf birinchi raqamlanadi, keyin esa ikkinchisi raqamlanadi va shifrlangan matn hosil qilinadi. Natijada quyidagi shifrlangan matn hosil bo‘ladi: VAIK RTXU ISNI IEIC NHGN DAVN DUAO ATAR Shifrni ochishda teskari jarayon amalga oshiriladi. Shifrlangan matnning ochilishini yanada murakkablashtirish uchun u qaytadan shifrlanishi mumkin. Bu usul ikki tomonlama o‘rin almashtirish shifri deyiladi. Bu usulda kalit sifatida ustun va qatordagi harflar tartibidagi sonlardan foydalaniladi. Avvalam bor kalit simvollariga qarab jadval tuziladi va ochiq matn joylashtirilib chiqiladi. so‘ngra raqamlar navbatma-navbat tartiblanib, avval ustun, keyin qatorlar o‘rni almashtiriladi va jadvaldagi ma’lumot qator bo‘yicha o‘qilib, shifrlangan matnga ega bo‘linadi. Masalan: «OBYEKT BUGUN KASAL» ochiq matni shifrlash talab etilsin. Bu yerda kalit bo‘lib 1342 va 2341 xizmat qiladi. 4x4 jadval yaratib, ochiq matn qator bo‘yicha yoziladi Endi qator va ustunlar tartib bo‘yicha o‘rinlari almashtiriladi. Oxirgi jadvalga asosan shifrlangan matnni yozamiz va bloklarga bo‘lib chiqamiz. EOBY LASA UKTB KGUN Ikki tomonlama almashtirishda jadval kattaligiga qarab variantlar ham ortib boradi. Jadval o‘lchamining kattaligi shifr chidamliligini oshiradi: 3x3 jadvalda 36 ta variant, 4x4 jadvalda 576 ta variant, 5x5 jadvalda 14400 variant. Mustaqil ta’lim savollari
Download 331.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling