Axborotlarni matn muxarriridan foydalangan holda qayta ishlash dasturlari
Download 22.38 Kb.
|
1 2
Bog'liqAXBOROTLARNI MATN MUXARRIRIDAN FOYDALANGAN HOLDA QAYTA ISHLASH DASTURLARI
AXBOROTLARNI MATN MUXARRIRIDAN FOYDALANGAN HOLDA QAYTA ISHLASH DASTURLARI Reja: Iqtisodiy axborotlarni matn redaktorlari vositalaridan foydalangan holda qayta ishlash dasturlari. Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari Iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning ro’li. Zamonaviy texnik qurilmalar taxlili. So'ngi vaqtlarda "raqamli iqtisodiyot" tushunchasi juda ko'p marta qo'llanilmoqda. Darhaqiqat, ko'plab rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiy ularning rivojlanish omillariga sezilarli darajada ta'sir o'tkazgan. Jamiyat hayotida raqamli iqtisodiyot muhim rol o'ynaydi. Demak, ushbu maqola raqamli iqtisodiyot haqida bo'ladi. Una "Raqamli iqtisodiyot nima?", "Raqamli iqtisodiyot vazifalari va maqsadlari", "Raqamli iqtisodiyotni O'zbekistonda rivojlanishdagi to'siqlar" kabi muhim savollarga javob izlashga harakat qilamiz. Ushbu mavzuni yoritishdan avval, kundalik hayotimizda ro'y berishi mumkin bo'lgan bir holatni qarab chiqsak. Tasavvur qiling, juma kuni ishdan uyga keldingiz, oila a'zolaringiz davrasidasiz, birdan shanba va yakshanba dam olish kunlari mashinada Samarqand viloyati va Samarqand shahriga sayohat qilish fikri paydo bo'ldi. Lekin Sizning shaxsiy mashinangiz yo'q. Shunda Siz kompyuter yoki smartfoningiz orqali mashinalarni ijaraga taqdim etuvchi kompaniyalar saytlari yoki mobil ilovalariga kirib, ism-sharifingiz, haydovchilik guvohnomangiz raqamini kiritib, ikki kunga 6 kishilik oilaviy mashina buyurtma berdingiz. Endi sayohat yo'nalishi tanlash kerak. Qayerlarga boriladi, qaysi muzey, tarixiy obidalarga tashrif buyuriladi. Shunda Siz sayyohlik xizmatini ko'rsatadigan agentliklar saytlari yoki mobil ilovalariga kirib, oila a'zolaringiz sonini kiritib, o'zingizga va oila a'zolaringizga qiziq bo'ladigan sayyohlik yo'nalishini tanlaysiz. Shunda shanba kuni ertalab uyingiz oldida 6 kishilik mashina, smartfoningizda muzey va tarixiy obidalarga kirish chiptalari va mehmonxonada tunab qolish uchun oldindan buyurtma qilingan joy bo'ladi. Siz hech qayerga bormasdan, hech kimga qo'ng'iroq qilmasdan ikki kunga oilaviy, mashinada, sayohatni tashkil qildingiz. So'ng Samarqandga yo'l oldingiz. U yerda ikki kun aylangan so'ng, yakshanba kuni uyga qaytishda ozgina charchaganingizni sezdingiz, bundan tashqari dushanba kuni ishga borish kerak. Shunda Siz smartfoningizni olib darrov o'zingizga va oila a'zolaringizga Afrosiyob tezyurar poyezdlariga chipta olib, vokzalga borasiz va uyga yo'l olasiz, mashina vokzalda qoldiriladi... Raqamli iqtisodiyot tushuncha nisbatan uzoq bo'lmagan vaqtda, 1995-yili Massachusets universiteti amerikalik olimi Nikolas Negroponte tomonidan aniqlab berilgan. Olim axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini intensiv rivojlanishi ortidan eski iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga o'tishda, qanday o'zgarishlar ro'y berishi mumkinligini aytib o'tgan. Raqamli iqtisodiyot - bu xo'jalik faoliyatini yuritish bo'lib, bunda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko'rinshidagi ma'lumotlar bo'lib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishdir. Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko'rsatish, elektron tulovlar amalga oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog'langan faoliyatdir. Asosan raqamli iqtisodiyotni rivojlanishining asosiy elementi sifatida elektron tijorat, internet banking, elektron tulovlar, internet reklama va shu bilan birga, internet o'yinlari ko'riladi. Axborot texnologiyalarini rivojlanishi va tadbiq qilinishi evaziga kundalik hayotimizda juda ko'plab qulayliklar paydo bo'lmoqda. Deylik ovqatlanmoqchimiz, lekin uni tayyorlashni xohlamaymiz, muommo emas, internetdan uyga ovqat yetkazib berish xizmati orqali xohlagan taomni onlayn buyurtma qilishimiz mumkin. Yoki do'stimizga pul o'tkazishimiz kerak, bunda atelabga bank yoki moliya muassasalariga borishga hojat yo'q, biz pulni mobil bank orqali o'tkazishimiz mumkin. Shu kabi ko'plab xizmat turlarini onlayn, smartfon yoki kompyuter orqali amalga oshirishimiz mumkin. Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari Albatta, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, zamonaviy texnologiyalarning hayotimizga tadbiq etilishi har bir inson hayotida ko'plab ijobiy imkoniyatlar berishi mumkin. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi ortidan inson, unga kerakli xizmatdan tezroq foydalanishi, internet orqali o'ziga kerakli mahsulotlarni arzon sotib olish bilan ko'plab pul mablag'larini tejashi mumkin. Masalan biron bir kitobning elektron ko'rinishda sotib olish Sizga, shu kitobni chop etilgan ko'rinishini sotib olish ancha arzonga tushishi mumkin. Yoki bo'lmasa oddiy iste'molchi o'zi ham tadbirkor bo'lishi, uyidan chiqmagan holda onlayn savdo-sotiq bilan shug'ullanishi mumkin. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini boshqa afzalliklari quyidagicha bo'lishi mumkin: ishlab chiqarishda mehnat samadorligini oshishi; kompaniyalarning raqobatbardoshligini o'sishi; ishlab chiqarishdagi harajatlarning kamayishi; yangi ish o'rinlari yaratilinishi; yangi zamonaviy kasblar paydo bo'lishi; kambag'allikni yengish va ijtimoiy tengisizlikni yuqolishi. Bular raqamli iqtisodiyotning bor yo'gi bir nechta afzalliklari holos. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bizning kundalik hayotimizga ijobiy ta'sir qiladi, oddiy foydalanuvchiga ko'plab qo'shimcha imkoniyatlar beradi va qolaversa, bozorni o'sishi va rivojlanishini ta'minlab berishi mumkin. Raqamli iqtisodiyot keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan xavflar Kiber hujum xavfi, shaxsiy ma'lumotlar himoyasi bilan bog'liq muommolar; "raqamli qullik" (millionlab insonlar ma'lumotlaridan keyinchalik ularni o'zlarini tutishini boshqarish uchun foydalanish); ishsizlikni oshishi, axborot texnoloiyalarini rivojlanishi va uni tadbiq qilinishi ortidan bir qancha sohalar va kasblar yo'q bo'lib ketishi mumkin. Raqamli iqtisodiyoti rivojlangan dunyo davlatlari "Raqamli" davlatlar bugungi kunda Norvegiya, Shvetsiya va Shvetsariya hisoblanishadi. Raqamli iqtisodiyot rivojlangan 10 ta davlatlar qatoriga AQSH, Buyuk Britaniya, Daniya, Finlandiya, Singapur, Janubiy Koreya va Gonkong kiradi. Raqamli iqtisodiyotda davlatning o'rni Dunyo tajribasini o'rganish natijasida shu narsa aniq bo'ldiki, raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotda davlat(hukumat) bozor "o'yin" qoidalarini o'yinning barcha ishtirokchilari uchun belgilaydi va bunda davlatning eng muhim vazifasi sifatida o'yin ishtirokchilari uchun bir xil, teng huquqli va imkoniyatli sharoit yaratib berish hisoblanadi. Ya'ni, bozorda katta kompaniya bo'ladimi yoki kichik biznes, ular teng huquqli hisoblanadi. Ularga bir xil imkoniyatlar beriladi. Davlat qoidalarga amal qilinishi va oxir oqibatda oddiy iste'molchi sifatli, zamonaviy xizmat yoki mahsulot olishi ta'minlanadi. Demak, raqamli iqtisodiyot rivojlanishi uchun davlat hamma uchun teng sharoit yaratib berishi, iloji boricha bozor qoidalari, qonunlar, shartnomalar shaffof bo'lishi, qonunlar bozor talabidan kelib chiqqan holda(ya'ni bozordagi rivojlanish tendensiyalarini oldindan aniqlay olishi va kerakli normativ hujjatlarni qabul qilishi) o'yin ishtirokchilari uchun erkinlik berishi zarur. Raqamli iqtisodiyot O'zbekistonda Dunyo mamlakatlari kabi O'zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot rivojlanmoqda. Kundalik hayotimizga axborot texnologiyalarni tadbiq qilinishi ortidan oddiy insonlar uchun ko'plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Hozirga kunda uydan chiqmasdan ko'plab oziq-ovqat mahsulotlari va taomlariga buyurtma berishimiz, ularni uyimizgacha yetkazib berishlari mumkin. Lekin shuni ta'kidlash kerak-ki, O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot O'zbekiston potensialiga nisbatan bir necha barobar sekinroq rivojlanmoda. Ya'ni imkoniyat bor, kerakli resurslar mavjud lekin rivojlanish ancha sust. Bunga sabab sifatida raqamli iqtisodiyotni O'zbekistonda rivojlanishini bir qancha to'siqlarini ko'rsatib o'tish mumkin. ko'plab sohalardagi monopoliya; internet tezligini pastligi va uni sifatsizligi; axborot texnologiyalari sohasida qonununchilikning zamondan orqada qolganligi; fuqarolarda kompyuter savodxonligining o'ta pastligi; qonunchilikning shaffof emasligi; axborot texnologiylari bo'yicha mutaxassislarning yetishmasligi yoki ularni boshqa mamlakatlarga ketib qolishi; axborot madaniyati, axborot gigiyenasi pastligi; axborot texnologiyalari xavfsizligi yaxshi emasligi; boshqaruv organlarida sohani tushunadigan mutaxassislarning kamligi yoki(ba'zilarida) ularning umuman yo'qligi; ilm-fan va ayniqsa aniq fanlarning rivojlanishi sustligi(yoki rivojlanishdan to'xtab qolganligi). Yuqorida keltirilgan muommolar bosqicha-bosqich, tizimli, dunyo tajribasidan kelib chiqib hal qilinsa, O'zbekiston ham bemalol raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda biri bo'la oladi. Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash bazasini tashkil qilish tamoyillari. Axborotga bo`lgan talablarning turli-tumanligi, masalalar ko`lamining tobora ortib borishi va boshqalar zamonaviy ATlari oldiga bir qator talablar qo`ymoqda. Bunday talablar jumlasiga quyidagilar kiradi: Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash bazasining aniqligi. Ma`lumki, ma`lumotlar bazasi tеgishli sohaning axborot modеlini tashkil qiladi. Shu sababli ham MB da saqlanayotgan axborotlar ob`еktlarning holati, xususiyati va ular o`rtasida aloqalarni to`liq va aniq ifodalash lozim. Aks holda tashkil qilingan MB xatarli bo`lishi va zarar kеltirishi mumkin. Tеzkorlik va unumdorlik. Tizimning tеzkorligi qo`yilgan talabga javob bеrish vaqti bilan aniqlanadi. Bunda nafaqat EHM ning tеzkorligini, balki ma`lumotlarning joylanishi, izlash usullari, talabning qiyinligini va boshqa olimllarni ham hisobga olish zarur. Tizimning unumdorligi esa vaqt birligi ichida bajarilgan talablarning miqdori orqali aniqlanadi. MBdan foydalanishning odiyligi va qulayligi. Bu talab tizimdan foydalanuvchi barcha is`tеmolchilar tomonidan qo`yiladi. Shu sababli ham MB dan foydalanishning oson, sodda va qulay usullarini yaratish muhim ahamiyatga ega. Ma`lumotlarni himoyalash. Tizim ma`lumotlar bazasida saqlanilayotgan axborot va dasturlarni tashqi ta`sirlardan, bеgona foydalanuvchilardan himoyalashni ta`minlashi lozim. Tizimning rivojlanishi. Tizim tarkibi doimo yangi elеmеntlar, dasturlar bilan taxminlanishi, axborot massivlari o`zgartirilishi va yangilanib borishi zarur. Axborot texnologiyasi deganda, mavjud axborotlar negizida yangi sifatdagi axborotni olish jarayoni uchun uchun zarur bo'lgan vositalar va uslublar jamlanmasi tushuniladi. Axborot texnologiyasining maqsadi - inson tomonidan tahlil qilish va uning asosida qandaydiy xatti-harakatlarni bajarish bo'yicha aniq qaror qabul qilish uchun zarur bo'lgan axborotni ishlab chiqarishdan iborat ekan. Turli texnologiyalarni qo'llagan holda bitta moddiy resursning o'zidan bir nechta buyum yoki turli sifatdagi mahsulotlarni olish mumkin bo'lsa, bu holat axborotni qayta ishlash texnologiyalari uchun ham o'rinlidir. Axborot texnologiyasi jamiyatning axborot resurslaridan foydalanish jarayonining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi vaqtga kelib u bir nechta evolyutsiya bosqichlaridan o'tdi, bu bosqichlarning almashinishi asosan ilmiy-texnika taraqqiyotining rivojlanishi, axborotni qayta ishlashning yangi texnik vositalari paydo bo'lishi bilan belgilanadi. Shaxsiy kompyuter zamonaviy jamiyatda axborotni qayta ishlash texnologiyasining asosiy texnik vositasi bo'lib xizmat qiladi, u texnologik jarayonlarni qurish va foydalanish konsepsiyasiga ham, natijali axborot sifatiga ham jiddiy ta'sir o'tkazdi. Axborot sohasiga shaxsiy kompyuterni joriy etish va aloqaning telekommunikatsiya vositalari qo'llanishi axborot texnologiyalarining rivojlanishida yangi bosqichni belgilab berdi va oqibatda "yangi", "kompyuter" yoki "zamonaviy" sinonimlaridan birini qo'shish hisobiga uning nomini ham o'zgartirdi. Elektron jadvallar inson xayotining xar xil soxasida uchraydigan, xisoblash va iqtisodiy masalalarni yechishda, jumladan, berilganlarni tez o’zgartirib turuvchi masalalarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda, masalan, bank xujjatlari bilan ishlash kabi keng ko’lamli masalalarni yechishda qo’llaniladigan uta kuvvatli vosita xisoblanadi. Хisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979 yili Visicals (Visiblencalculators-ko’rinib turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Arts firmasida yaratilgan. Bu dastur Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va ko’p jixatdan uning bozorda ommabobligi aniqlangan.1981 yili IBM PS kompyuteri paydo bo’lishi bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila boshlandi.Visicals va Supercals dasturlarining yangi ko’rinishlari paydo bo’ldi, shu bilan birgalikda Microsoft - Multiplan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo bo’ldi va u elektron jadvallar yangi avlodining yorqin yulduziga aylandi. Хisoblashlar natijalarini ko’rgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan grafik rejimlarining paydo bo’lishi bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi qadami b’ldi. 1983 yil LOTUS firmasining 1-2-3 paketlari chiqib, kutilgandan xam ziyodrok muvaffakiyatga erishdi. Ammo 1997 yil Microsoft firmasi tomonidan EXCEL dasturi taqdim etildi, u xozirgi kunda xam o’z sinfidagi eng quvvatli dastur xisoblanadi. Bu dastur ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va hokazolarni) qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingiz natijasini bezash, ko’rgazmaliroq ko’rsatish va chop etish imkoniyatini beradi.Bunda Win Word dasturidagi taxrirlash vositalardan foydalanish mumkin.EXCEL ning ommaviy imkoniyatlarini o’zlashtirish qiyin emas,ammo dasturning murakkabligi va imkoniyatlarining juda kengligi sababli , ular bilan tanishish uzoq davom etishi mumkin, binobarin, aynan ish jarayonida uning yangi-yangi imkoniyatlarini ko’rish mumkin. EXCEL bugungi kunda mashhur elektron dasturlash jadvallaridan biridir. Undan ishbilarmonlar,o’qimishli kishilar,xisobchilar va jurnalistlar foydalanadilar. U yordamida turli xildagi ro’yxatlar, kataloglar, jadvallar, moliyaviy va statik otchyotlar,jamoa fikrini xisobga olish biznes korxonalarni rejalashtirish, ilmiy eksperimentlar natijasini ishlab chiqish, prezentatsion materiallar tayyorlash mumkin. Хullas, YeХSEL qulay elektron jadvaldir. Jadvallarni jihozlash turli xil bo’ladi, formatlashda berilgan imkoniyatlar xuddi yaxshi tekst protsessordek, shriftlarni o’zgartirish mum-kin, rasm chizishni, qatorlar ajratishni, qatorli yoki aloxida yacheykalardagi tekstni rang bilan ko’pincha agar sizda rangli printer bo’lsa, ramkali va chiziqli, oblastlarni ranglash, berilgan jadvallarda grafik va diagramalar ko’rish, jadvallarda kartinkalar qo’ya bilish va hokazolarni bajarish mumkin. Shuni aytish lozimki, bu dastur xaddan tashqari kuchli,imkoniyatlari juda ko’p, ko’pincha oxirgi versiyalar (5.0 va 7.0 WINDOWS 95 uchun) mikesida berilgan. Biz, albatta o’zimizga kerakli bo’lgan tushunchalarni ko’rib chiqamiz, shuningdek, uning ishlash prinsipini xam, boshqa qolgan juda ko’p ma’lumotlarni kerakli vaqtda biz kengaytirilgan xolatdagi EXCEL sistemasidan qidirishimiz mumkin. Mikroprotsessor (MP) shaxsiy kompyuter (SHK)ning markaziy bloki bo’lib, u mashinaning barcha bloklari ishini boshqarish hamda axborot ustida arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo’ljallangan. Mikroprotsessor tarkibiga quyidagi qurilmalar kiradi. Boshqarish qurilmasi (BQ): mashinani hamma bloklariga kerakli vaqtda aniq boshqarish signallarini shakllantiradi va uzatadi (boshqaruvchi impulslarni), bu signallar bajarilayotgan amal xususiyati va oldingi amallar natijalari bilan belgilanadi; bajarilayotgan amal ishlatadigan xotira yacheykalari adreslarini shakllantiradi va bu adreslarni EHM ni mos bloklariga uzatadi; boshqarish qurilmasi impulslarning tayanchli ketma-ketligini taktli impulslar generatoridan oladi. Arifmetik-mantiqny qurilma (AMK) — sonli va belgili axborot ustida barcha arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo’ljallangan (SHK larning ba’zi modellarida amallarni bajarilishini tezlashtirish uchun qo’shimcha matematik soprocessor ulanadi). Mikroprotsessorli xotira (MPX) — mashina ishlashining eng yaqin taktlaridagi hisoblashlarda bevosita ishlatiladigan axborotni qisqa vaqt saqlash, yozish va uzatish uchun mo’ljallangan; MPX registrlar asosida quriladi va mashinaning yuqori tezkorligini ta’minlash uchun ishlatiladi, negaki asosiy xotira (AX) tez ishlovchi mikroprotsessorning samarali ishlashi uchun kerak bo’lgan ma’lumotni yozish, qidirish va o’qish tezligini har doim ham ta’minlayvermaydi. Registrlar — turli xil uzunlikdagi xotiraning tez ishlovchi yacheykalari (1 bayt standart uzunlikka ega bo’lgan va tezkorligi nisbatan pastroq AX yacheykalaridan farqli o’laroq). Yuqorida kеltirilgan talablarga javob bеradigan MB quydagi tamoyillarga asoslangan holda tashkil qilinishi mumkin: Ma`lumotlarning intеgratsiyalashtirish tamoyili. Bu tamoyilning mohiyatiga ko`ra o`zaro bog`lanmagan axborotlar yagona ma`lumotlar bazasiga birlashtiriladi. Buning natijasida ma`lumotlar foylalanuvchi va uning amaliy dasturlariga axborot massivlari ko`rinishida taqdim etiladi. Axborat massivlaridan foydalanilganda kеrakli ma`lumotlarni qidirish, qayta ishlash jarayonlarini boshqarish osonlashadi, ma`lumotlarning ortiqchaligi kamayadi, MBni yuritish yеngillashadi. Ma`lumotlarning yaxlitligi tamoyili. Bu tamoyil orqali MBda saqlanayotgan axborotlarning aniqligi ortadi, ya`ni ularning xususiyatlari va tavsifnomalari tеgishli soha ob`еktlari to`liq ifodalaniladi. Ma`lumotlarning yaxlitligi noto`g`ri axborotni kiritish yoki uning ma`lum bir qismini xotiradan o`chirib tashlash natijasida buzilishi mumkin. Shuning uchun ham kiritilayotgan axborotlarni nazorat qilish, saqlanayotgan ma`lumotlarni doimo tеkshirish, maxsus tizim yordamida tiklash va boshqa tadbirlar orqali MB ning yaxlitligini taxminlash mumkin. Ma`lumotlarning aloqadorligi tamoiyli. Bu tamoyilning mohiyatiga ko`ra MBdagi barcha axborotlar o`zaro bog`langan bo`lib, ob`еktlar o`rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Axborot turlari va ular o`rtasidagi munosabatlar majmuasi ma`lumotlarning mantiqiy tuzilishini tashkil qiladi. Ma`lumotlarning yеtarli bo`lish tamoyili. Bu tamoyilning mohiyatiga ko`ra, tеgishli axborotlar MBda yagona nusxa saqlanadi va ular istalgan masalani yеchish uchun o`zaro bog`lanadi hamda yetarli bo`ladi. Masalan, avtonom fayllardan iborat bo`lgan AATda ba`zi bir axborotlar takrorlansa, MB da esa ularning takrorlanishi butunlay barham topadi. MBni boshqarishini markazlashtirish tamoyili. Bu tamoyilga ko`ra ma`lumotlarni boshqarishning barcha funktsiyalari yagona boshqarish dasturi-ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT)ga bеriladi. Bu tamoyilga rioya qilish asosida ATdan foydalanishning samaradorligi barcha jarayonlar MBBT orqali amalga oshiriladi. Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash bazasining ifodalanishini ularni qayta ishlash jarayonlaridan ajratish tamoyili. Bu tamoyilga ko`ra, ma`lumotlarning ifodalanishi amaliy dasturlardan tashqarida tayyorlanadi va MB da saqlanadi. Bu esa o`z navbatida dasturlash jarayonini yеngillashtiradi, dastur uchun zarur bo`lgan holda axborotlarning hajmini kamaytiradi. MBni yuritishni yaxshilaydi va x.k. Download 22.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling